Ta’lim tizimini boshqaruvchi vakolatli davlat organi
– muayyan davlatda
qonunchilik asoslariga ko’ra ta’lim tizimini boshqarish, ta’lim muassasalari
faoliyatiga rahbarlik, nazorat va tahlil qilish huquqi, vakolatiga ega bo’lgan ijro
etuvchi davlat hokimiyati va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organi. O’zbekistonda
respublika Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Vazirligi,
Xalq ta’limi Vazirligi, Respublika Test markazi, Fan va texnologiyalar Qo’mitasi,
Respublika Ta’lim markazi, Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus kasb-hunar
ta’lim Bosh, viloyat, tuman va shahar boshqarmalari, viloyat, tuman va shahar Xalq
ta’limi bo’limlari, Xalq deputatlari viloyat va tuman hokimliklari ta’lim tizimini
boshqaruvchi vakolatli davlat organlari sanaladi. Ushbu organlar quyidagi
vakolatlarga egadilar: ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish;
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga
rahbarlik qilish; DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga
bo’lgan talablar bajarilishini ta’minlash; o’qitishning ilg’or shakllari va yangi
pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv
jarayoniga joriy etish; o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni
tashkil qilish; ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim
muassasalarida eksternat to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash; davlat oliy ta’lim
muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritish; pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini
oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarga egalik qilish.
Ta’lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishtirok
etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim tizimini boshqarishdagi
vakolatlari quyidagilardan iborat: ta’lim muasssasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlash; ta’lim muassasalarini
tashkil, qayta tashkil etish va tugatish (respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan
mustasno), ularning ustavlarini ro’yxatga olish; o’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini
vakolat doirasida moliyalash miqdorlari va imtiyozlarini belgilash; ta’lim sifati va
darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo’lgan davlat
talablariga rioya etilishini ta’minlash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |