Pedagogik jarayon
– ajdodlarning jamiyatda hayot kechirish va mehnat qilishi
uchun zarur bo’ladigan ijtimoiy tajribalarini avlodlarga yetkazib berish maqsadida
o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi (talaba) o’rtasida tashkil etiladigan o’zaro harakat.
Pedagogik jarayonni loyihalash
– aniq reja, asosiy va xususiy maqsadlar,
samarali shakl, metod va vositalarni tanlash asosida o’quvchi (talaba)lar tomonidan
o’zlashtiriladigan zaruriy bilim, ko’nikma, malakalar, maqsadning natijalanishini
nazarda tutgan holda muayyan faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan
harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |