Pedagogik faoliyat
– pedagog tomonidan kasbiy maqsadga muvofiq tashkil
etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli.
Pedagogik
hamdardlik
– pedagog tomonidan ta’lim jarayonining
ishtirokchilari: o’quvchilar, talabalar, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar, hamkasblarining
xatti-harakatlari, hissiyotlari, hayotiy intilishlari, tabiatlarini tushunish, boshqalar
nuqtai nazarini ma’qullash asosida jamoadagi munosabatlarni bir me’yorda tashkil
etilishini ta’minlovchi holat; pedagogga xos kasbiy sifat. Ushbu sifatga ega bo’lish
orqali pedagog o’quvchi shaxsi, uning istaklarini tushunish asosida o’quvchilarga
samarali ta’sir etish zarurligini anglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |