Ko’rgazmali (yoki ko’rsatmali) metodlar
–
muayyan voqea, hodisa, jarayonlar
mohiyatini tabiiy va sun’iy muhit, ko’rsatmali qurollar, mulajlar, gerbariylar,
stendlar, plakatlar hamda video tasvirlar yordamida yorituvchi metodlar. Bu kabi
metodlarning namoyish, tasvirlash, ekskursiya kabi turlari mavjud. Ko’rgazmali
metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim: ko’rgazmalilikning
o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan
obyektlarning barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi; namoyishda boshlang’ich
bosqich va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket,
jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko’rsatish asosida tashkil etilishi;
namoyish va illyustratsiya o’quv materialining mazmuni bilan uyg’un bo’la olishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |