110
qilishga odatlantirish, u asosida muayyan harakatlarni bajarish, ish va bo’sh vaqtdan
to’g’ri foydalanishga o’rgatish uchun xizmat qiladigan mashqlar.
Kvintilian, Mark Fabiy
(e. 35-96 y.y.) – qadimgi Rim mutafakkiri, notig’i,
birinchi professional o’qituvchi, davlat maktabining asoschisi. Mutafakkirning kelib
chiqishi haqida aniq ma’lumotlarga mavjud emas. Bir guruh tadqiqotchilar, uning
Ispaniyadagi taniqli oilada, boshqa guruh olimlari esa unchalik boy va taniqli
bo’lmagan oiladan kelib chiqqanligidan gurvohlik berishadi. Biroq, shunisi aniqki,
uning otasi va bobosi taniqli ritorik (notiq)lar bo’lishgan.
Mark 5-7 yoshlarda bo’lganda xuddi Aristotel kabi uni ham maktabga
tayyorlash
uchun murabbiylar qo’liga topshirishdi. Rimda tahsil olgan Mark o’zini sud notig’i
bo’lishga jiddiy tayyorlay boshladi. Imperatorlar Vespasian, Tit va Domitsianlar
davrida bir necha bor sudda advokat sifatida ishtirok etdi, biroq, u amaliyotchi sud
notig’i sifatida emas, balki nazariyotchi va pedagog sifatida katta shuhrat qozongan.
Kvintilian birinchi professional o’qituvchi, davlat maktabining asoschisi, chiroyli
nutq so’zlovchi professor unvoniga ega shaxs sanaladi. E. 70-yillarida imperator
Vespasian unga davlat xazinasidan ajratilgan mablag’ hisobiga nafaqa tayinlagan.
Mashhur pedagog 20 yil davomida Rimning taniqli va badavlat yoshlariga
notiqlik san’ati asoslari to’g’risidagi bilimlar bergan. Uning o’quvchilari orasida
Kichik Pliniy va Yuvenial (Rimning taniqli hukmdorlari) bo’lgan. Uning tarbiyasiga
imperatorlarning merosxo’rlari topshirilgan. U hatto Rimning eng mashhur qattiqqo’l
va qonxo’r hukmdori Domitsian bilan do’st bo’lib, uni chin dildan sharaflagan. O’z
navbatida Domitsian Kvintilianni moddiy mablag’ bilan qo’llab-quvvatlab, unga
nisbatan hurmat ko’rsatgan. Taxmin qilishlaricha, mashhur pedagog hukmdorning
misli ko’rilmagan “notiq konsuli” bo’lgan. Qanchalik mashhur va badavlat
bo’lmasin, Kvintilianni baxtli deb bo’lmasdi. Chunki uni yolg’iz qoldirgan holda
yosh xotini va navqiron ikki o’g’li erta vafot etadi. Mashhur pedagog hayotining
so’nggi yillari imperator Domitsianning qonxo’rliklari avj olgan vaqtga to’g’ri
kelgan. Imperator u tarbiyalagan o’quvchilarning ota-onalarini surgun qildi. Bundan
norozi bo’lgan Kvintilian ishdan bo’shashga majbur bo’ldi.
Mashhur pedagog bolalar 7 yoshga to’lgunlariga qadar ikki til – yunon va ona
tilini mukammal o’rganishlari shart deb hisoblagan. U bolalar bilan tizimli tashkil
etilgan mashg’ulotlarning qiziqarli bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Pedagog
kichik yoshdagi bolalarni maqtab turish, tengdoshlari bilan musobaqalashishga
undash, ulardan nimalarnidir iltimos qilish, mukofotlarni berishda ziqnalik
qilmaslikni maslahat beradi.
Kvintilian o’zining 12 tomlik “Notiqni tarbiyalash” asarida qadimgi yunon
pedagogik g’oyalarini qayta ishlab, tizimlashtiradi va uni didaktik ko’rsatmalar bilan
boyitadi. Shu sababli mashhur pedagogni birinchi didakt deb nomlash mumkin.
Mashhur pedagogning fikriga ko’ra ta’lim jarayoni quyidagilardan iborat: 1. Taqlid
qilish. 2. Pand-nasihat. 3. Mashq.
Mark Fabiy Kvintilian quyidagi metodik tavsiyalarni ilgari suradi: 1. Bolalarni
savodga o’rgatishda ularga ko’rsatmali qurol yordamida bir vaqtning o’zida harfning
rasmini ko’rsatish va nomini aytish lozim. 2. Ta’limda tizimlilik va izchillikka rioya
etish lozim. 3. Bo’lajak notiqda xotirani rivojlantirish, uni badiiy so’z qudratini his
112
huquqshunoslikka qobiliyat mavjud bo’ladi.
Allomaning fikricha, bolalarni o’qitishni yo’lga qo’yishda faoliyatning o’yin
shaklida uyushtirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ularni o’qitishga o’rgatishda
shoshqaloqlikka yo’l qo’yish yaramaydi. Chunki bola, avvalo, harflar, keyin esa
so’zlar o’rtasidagi bog’liqlikni tutilmasdan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Ular
bir necha bor mashq qilganlaridan keyingina ham to’g’ri, ham tez o’qiy oladi.
Bolalarga yozishni o’rgatishda esa o’qituvchi matnning mazmuniga diqqatni qaratishi
zarur. Bunda matn mazmunining shunchaki quruq pand-nasihatdan iborat bo’lmay,
o’zida axloqiy qoidalarni ifodalashini inobatga olish muhimdir.
Mark Kvintilian o’qituvchi obrazida bilimli, yuksak madaniyatli, bolalarni
sevadigan, ularga chin dildan ta’lim beradigan, o’quvchilarni taqdirlash va jazolashda
nihoyatda ehtiyotkor shaxsni ko’radi. U namunali o’qituvchi sifatida Sitseronni
e’tirof etadi. Ta’limda bo’lgani kabi tarbiya jarayonida ham o’qituvchi o’quvchilar
bilan bir qadar yuqori turib munosabatda bo’lishi, biroq, bunda me’yor chegarasidan
chiqmasligi lozim.
O’quvchilarni jismonan jazolashga rag’bat bildirishdan qochish kerak. Bolalarni
jismonan jazolashdan avval ularni yaxshiliklar qilish va haqiqat uchun kurashishga
o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Faqat keyingina o’quvchilarning u yoki bu talablarni
buzganliklari uchungina jazolash to’g’ri bo’ladi. O’qituvchi va murabbiylar bolalarga
nisbatan ota-onalarcha mehr-muhabbatga ega, ta’lim nazariyasi asoslaridan xabardor
va ma’rifatli inson bo’lishlari zarur.
Mark Kvintilian ijtimoiy tarbiyaning tarafdori edi. Chunki ijtimoiy tarbiya
individual, uy tarbiyasiga ko’ra bir qator afzalliklarga ega. Mashhur pedagog maktab
ta’limining o’quvchilarda o’zaro musobaqalashish, do’stlik munosabatlarini
o’rnatish, jamiyatda ustuvor bo’lgan axloq me’yorlarini o’zlashtirish, qunt bilan
o’qish asosida mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish ko’nikmalarini shakllantirish
mumkinligini ifodalovchi ijobiy omillariga e’tiborni qaratadi. Ijtimoiy tarbiyani
tashkil etadigan o’qituvchi, agar u, tarixchi va notiqlarning ishlari bilan yaqindan
tanish bo’lsa, o’quvchilarning tezda muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi,
diqqatlarini go’zallikka qaratadi, xatolarini to’g’rilaydi, o’quvchilarni doimo mustaqil
fikrlashga o’rgatadi. O’z asarida Mark Kvintilian har predmetning ta’lim tizimidagi
ahamiyatini batafsil yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: