Kreativ pedagogika
– shaxs (o’quvchi, talaba)ni o’qishga, ta’lim olishga ijodiy
yondashish, o’zining va o’z kelajagining yaratuvchisi bo’lishga o’rgatish maqsadini
ilgari suradigan fan.
Kundalik tahlil
– har kuni o’quv jarayonining borishi va natijasi haqida
ma’lumotlarni to’plab, yo’l qo’yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlashga
qaratiladigan faoliyat ko’rinishi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga
o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritiladi. Bu turdagi tahlilning predmetiga o’quvchilarning
har kungi o’zlashtirishlari, intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarlarining
darsga va sinfdan tashqari darslarga qatnashishlari, maktabning tozalik holati, dars
jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |