B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
 
Kitob  (adabiyot,  manba)  bilan  ishlash 

 
ta’lim  metodlaridan  biri.  Uning 
yordamida  muayyan  mavzu  yoki  muammoning  yechimini  topish  maqsadida  tegishli 
soha, yo’nalishga doir adabiyotlar, manbalarda yoritilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi 
va umumlashtiriladi.   
 
Komenskiy,  Yan  Amos 
(1592-1670  y.y.)
 
–  mashhur  chex  pedagogi,  “Buyuk 
didaktika” asarining muallifi. U 1592 yil 28 martda Ugorskiy Brod (Moraviya) degan 
joyda  tegirmonchi  oilasida  dunyoga  keladi.  Uning  oilasi  “Chex  qardoshlari” 
jamoasining  vakillari  edi.  Bu  jamoa  Chexiya  ozodligi  uchun  kurashuvchi 
vatanparvarlardan  tarkib  topgan  edi.  Ya.Komenskiy  ota-onasidan  juda  erta  ajraldi. 
Shu  sababli  o’z  tengdoshlari  bilan  birga  o’qiy  olmadi.  Yan  16  yoshiga  to’lganda 
“Chex  qardoshlari”  jamoasining  qo’llab-quvvatlashi  bilan  lotin  maktabiga  kiradi. 
Biroq,  maktabdagi  mavjud  ahvol  uni  qoniqtirmaydi.  Maktabni  tugatgach  Xerborn 
universiteti  (Germaniya)da  ta’lim  oladi.  Universitet  tahsilidan  keyin  Geydelberg 
universitetida ma’ruza kursini tinglaydi, Avstriya va Gollandiya kabi mamlakatlarda 
bo’lib,  ularning  hayotini  o’rganadi.  Bu  sayohat  uning  dunyoqarashini  boyitadi. 
Ozodlik  harakatlarini  olib  borganligi  tufayli  1618-1648  yillarda  “Chex  qardoshlari” 
jamoasi  nemis  dvoryanlari  tomonidan  mamlakatdan  haydab  yuborildi.  Bu  vaqtda 
Ya.A.Komenskiy  oilasidan  ajraldi.  Jamoa  Polshadagi  Leshno  shahriga  kelib 
o’rnashgach,  Ya.A.Komenskiy  qardoshlik  maktabiga  rahbarlik  qiladi  va  gimnaziya 
tashkil etadi. Bu yerda umrining oxirigacha yashaydi va pedagoglik faoliyatini davom 
ettiradi. Pedagogika va ilohiyatga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratadi. 
Ya.A.Komenskiy  “Chex  qardoshlari”  jamoasiga  yepiskop  qilib  tayinlangach, 
1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgach yana o’qituvchilik faoliyatini 
davom  ettiradi.  Shu  bilan  birga  bir  necha  yil  Vengriyada  yashaydi.  Bu  yerda  u 
maktablarni  boshqaradi  va  “Hislar  vositasi  bilan  idrok  qilinadigan  narsalarning 
suratlari”  (“Видимый  мир  в  картинках”)  nomli    asarini  yozadi.  1656  yili  Shved-
polyak  urushi  davrida  Leshnodagi  “Chex  qardoshlari”  jamoasi  tor-mor  qilingach, 
Ya.A.Komenskiy  avval  Gamburgga,  keyin  esa  Amsterdamga  o’tadi.  Amsterdam 
shahrida  mashhur  pedagog  katta  bir  muvaffaqiyatga  erishadi.  Ya’ni  Gollandiya 
Senatining buyrug’iga ko’ra uning asarlari to’plami chop etiladi. 
Taniqli  pedagogning  yirik  asarlari  quyidagilardir:  “Tillar  va  hamma  fanlarning 
ochiq eshigi” (1631 yil); “Buyuk didaktika” (1632 yil); “Onalar maktabi” (1632 yil); 
“Pansofiya maktab” (1651 yil); “Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari” (1653 yil); 
“Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan  narsalarning suratlari” (1658 yil); “Kishilik 
jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga taalluqli maslahat”. 
Ya.A.Komenskiyning dunyoqarashida quyidagi yo’nalishlar kuzatiladi: 1. Natur 
falsafasi (unga ko’ra bilish sezishdan boshlanadi; sezish bo’lmagan yerda bilish ham 
yo’q).  2.  Ilohiy  g’oyalarga  tayanib  ish  ko’rish  (u  diniy  g’oyalarga  amaliy  nuqtai 
nazardan  yondashadi).  3.  Dunyoqarashining  shakllanishiga  Uyg’onish  davrining 


 
107 
ta’siri. 
Ya.A.Komenskiyning  pedagogik  qarashlari  negizida    o’rta  asr  yondashuvidan 
farqli ravishda inson, unga bo’lgan muhabbat, kishilarning ezguliklar yarata olishiga 
bo’lgan qat’iy ishonch yotadi. 
Pedagogning  eng  muhim  g’oyalari  quyidagilardir:  1.  Olam  bir  butun  bo’lib, 
unda  jamiki  mavjud  narsalar  bir-biri  bilan  uyg’un  bog’liq.  Yagona  tizimda  alohida 
narsaning  o’zi  yo’q.  Shu  bilan  birga  borliq  bir-biriga  ta’sir  etuvchi  qarama-
qarshiliklardan iborat. Olam doimiy harakatda, shu bois o’sish va rivojlanish mavjud. 
Har  bir  harakat,  o’sish  muayyan  qonuniyatlar  asosida  kechadi.  Mavjud 
qonuniyatlarning asoschisi, butun borliq egasi – Olloh sanaladi. 
2.  Taraqqiyot  asosini  “pan  sofistik”  (yun.  “pan”  –  barcha,  hamma,  “sofiya”  – 
donolik,  aqllilik)  g’oyalar  tashkil  etadi.  Ya’ni  hamma  narsani  bilish  mumkin  va 
barchaga  bilim  berish  zarur.  Barchaga  tabiiy  va  ijtimoiy  qonuniyatlar  to’g’risidagi 
bilimlarni  berishda  maktab  muhim  o’rin  tutadi.  Zero,  maktabda  “hammani  har 
narsaga o’rgatish imkoniyati mavjud”. 
3.  Tarbiya  tabiat  qonuniyatlariga  muvofiq  holda  tashkil  etilishi  lozim.  Chunki 
bolaning  aqliy  va  jismoniy  rivojlanishi  tabiatdagi  o’sish  jarayoniniga  o’xshaydi. 
Bog’bon  niholni  parvarishlab,  voyaga  yetkazishda  uning    o’sish  xususiyatlarini  
hisobga  oladi.  Xuddi  shunday  o’qituvchi  ham  o’quvchilarni  tarbiyalashda  ularning 
yosh  va  psixologik  xususiyatlariga  tayanib  ish  ko’rilishi  zarur.  Ta’lim  va  tarbiya 
jarayonlari  tabiiy  o’sish singari  asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich olib  borilishi 
kerak.  O’rta  asrlar  uchun  insonni  tabiatning  bir  bo’lagi  deb  qarash  ilg’or  g’oya 
sanalardi.  Biroq,  shu  bilan  birga  inson  ijtimoiy  qonuniyatlar  ta’sirida  rivojlanishini 
e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. 
Ya.A.Komenskiyning  pedagogik  qarashlarida  4  raqami  asosiy  timsol  sanaladi. 
Ya’ni: 1. Olamning asosini to’rt unsur tashkil etadi. Bular: tuproq, suv, havo, olov. 2. 
Tabiat ham bir yil davomida to’rt ko’rinishda rivojlanadi. Ular: bahor, yoz, kuz, qish. 
3.  Insonning  rivojlanishi  ham  to’rt  davrda  kechadi.  Bular:  go’daklik,  bolalik, 
o’smirlik, yetuklik. 4. Ta’lim jarayonini ham to’rt bosqichga ajratish mumkin. Ular: 
maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim. 
Ya.A.Komenskiy  yashagan  davrda  barchaga  ta’lim  berish  shart  emas,  deb 
hisoblanardi.  Qobiliyatli  shaxsnigina  o’qishi  zarur,  degan  g’oya  ustuvor  edi.  U  esa 
barchaga  ta’lim  berishni,  barcha  (ayolu  erkak,  o’g’il  va  qiz  bolalar,  turli  millat 
vakillari, turli e’tiqod egalari ham) o’z ona tilida umumiy boshlang’ich ta’limni olishi 
kerakligini  uqtiradi.  Ya.A.Komenskiy  pedagoglarning  zimmasiga  katta  talablarni 
qo’yadi. Uning fikriga ko’ra, har bir bola muayyan darajada u yoki bu ko’rinishdagi 
iste’dod,  qobiliyatga  ega  bo’ladi.  To’g’ri  qobiliyat  bolalarda  turli  darajada  bo’ladi: 
birovda  kam,  birovda  ko’p.  Bolaning  tarbiyasida  asosiy  masul  shaxs  o’qituvchi 
bo’lib,  u  boladagi  iste’dodni  seza  bilishi  va    uni  rivojlantirishi  zarur.  Agarda  bola 
pedagogik  ta’sirdan  chetda  o’ssa,  u  holda  uning  iste’dodi  tasodifiy  ravishda 
rivojlanadi.  Bolaning  bilimlilik  va  tarbiyalanganlik  darajasini  oyna  va  unga 
qo’nadigan changga qiyoslaydi. Garchi oynaning yuzini chang bossa ham inson unda 
o’z aksini xira bo’lsa-da, ko’ra oladi. Biroq, yuzasi toza bo’lgan oynada inson aksini 
yorqin, yaqqol aks etadi.  
Shu  bois  o’qituvchilar  doimiy  ravishda  “oyna  yuzasidagi  changni  artib 


 
108 
turishlari”, ya’ni bola ongiga bilimlarni izchil singdirib, uni aqliy jihatdan o’stirishga 
yordamlashib borishlari kerak. 
Mashhur  pedagogning  ijodida  didaktika    asosiy  o’rinni  egallaydi.  Uning 
yondashuviga  ko’ra  ta’lim  jarayonining  quyidagi  tamoyillar  asosida  tashkil  etilishi 
kutilgan  natijalarni  qo’lga  kiritishga  imkonini  beradi:  1.  Ko’rsatmalilik  tamoyili.  2. 
Onglilik  tamoyili.  3.  Izchillik  va  tizimlilik  tamoyili.  4.  Mashq  qilish,  bilim  va 
malakalarni puxta egallash. 
Ya.A.Komenskiy  pedagogik  fikrlar  taraqqiyoti  tarixida  “Sinf-dars”  tizimining 
asoschisi  sifatida  e’tirof  etiladi.  O’quv  yili,  o’quv  choraklari,  o’quv  haftasi  va 
kunlarini,  ta’tillarni,  maktabga  o’quvchilarni    qabul  qilish  tartibini,  shuningdek, 
darsliklarni yaratishga qo’yiladigan talablarni asoslaydi. 
Mashhur pedagog axloqiy tarbiyani tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratadi va uni 
tashkil  etish vositalarini ko’rsatib beradi. Ular: a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarining 
namunasi;  b)  bolalarga  yo’l-yo’riq  ko’rsatish,  ular  bilan  suhbatlar  o’tkazish;  v) 
bolalarni  yaxshi  xulqqa  o’rgatishda  mashqlar  o’tkazish,  yalqovlik,  o’ylamay  ish 
qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish. 
Mashhur  pedagog  ta’limning  sifatli  va  samarali  bo’lishida  o’qituvchining  roli, 
o’rnini  muhim  deb  hisoblaydi.  Shu bois  uning  zimmasiga  katta  talablarni  yuklaydi. 
Bular:  1.  O’qituvchi  iste’dodsiz,  ma’lumotsiz  bo’lmasligi  lozim.  Zero,  u  inson 
tarbiyasi, kamoloti uchun masul shaxsdir. 2. “Er yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra 
yuqoriroq turadigan  juda  faxrli  kasb”  ega bo’lgan o’qituvchi  shaxsini  hurmat  qilish, 
uning  faoliyatini  qadrlash  lozim.  3.  O’qituvchi  o’z  kasbining  ijtimoiy  ahamiyatini 
munosib  baholay  olishi,  o’z  vazifalarin  sidqidildan  ado  etishi,  o’z  qadr-qimmatini 
haqqoniy  baholay  olishi  zarur.  4.  Har  bir  o’qituvchi  o’zida  axloqiy  (sof  vijdonli, 
ishchan, sabotli, axloqli bo’lish) va kasbiy (o’z ishini sevish, o’quvchilarga otalardek 
muomala  qilish,  o’quvchilarda  bilimlarni  egallashga  intilish  qobiliyatini  shakllantira 
olish  kabi)  fazilatlarni  shakllantira  olgan  bo’lishi  zarur.  4.  Har  bir  ishda 
o’qituvchining o’zi namuna ko’rsatishi, o’quvchilarni o’ziga ergashtira bilishi uning 
birinchi vazifasi bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish