Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti
– ilmiy va ilmiy-pedagog
xodimlarga
muayyan mutaxassislik bo’yicha ishlab chiqarishdan ajralgan holda ilmiy
tadqiqot olib borib, doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish uchun
zarur shart-sharoitni yaratib berish maqsadida oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot
muassasalarida tashkil etiladigan oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. Mazkur
ta’lim shakli dasturlari bo’yicha ta’lim olgan, zarur me’yoriy talablarni to’liq bajarib,
doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan ilmiy va ilmiy-pedagog
xodimlar “fan doktori” ilmiy darajasiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |