Shahrisabz shahar 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan davra suhbati
B A YO N N O M A S I
2022 yil 23-aprel Shahrisabz shahar
Yig’ilish raisi: S.Yuldasheva maktab direktori
Yig’ilish kotibi: F.Aminova
Ishtirok etdi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz shahar
bo’linmasi rahbari L.Abdullayeva, bosh mutaxasssisi N.Majidov, va
Turon fanlar akademiyasi a’zolari Bozor Boltayev, Abdusamad
Vohidov, journalist yozuvchi Qurbonali Azizov,Safiya Azoqovalar va
maktab direktori S.Yuldasheva maktab MMIBDO’ F.Hamidov,
maktab psixologi A.Egamova,targ’ibotchi F.Aminova 9-10-11-sinf
o’quvchilari
K U N T A R T I B I:
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar haqida
Uch avlod uchrashuvi
Maktabda 9-10-11 sinf o‘quvchilari ishtirokida Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.. Davra suhbatini maktab direktori S.Yuldasheva kirish so‘zi bilan ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi.
Birinchi masala yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz shahar bo’linmasi rahbari L.Abdullayeva so’zga chiqib o’z so’zida Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish.
Kasbiy ta’lim bilan tizimli ravishda shug‘ullanish masalalarini to‘liq ravishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish.
Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, jami 1 million nafar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish.
Umumta’lim maktablarining kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish.
Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish.
O‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2026-yilda 8 foizga, shu jumladan 2022-yilda 3 foizga oshirish.
2022 — 2026-yillarda 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabini rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish.
Yoshlarni san’at dunyosiga oshno etish, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan ortiq bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Chekka hududlarda maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalarigacha transport qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangani va o’quvchi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi, bo’sh vaqtlarini ma’zmunli o’tkazish, ko’proq kitob o’qish kerakligi haqida aytib o’z fikrini yakunladi.
2-masala yuzasidan Turon fanlar akademiyasi a’zosi Bozor Boltayev so’zga chiqib o’z fikr va mulohazalarini bildirdi. Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.
Turon fanlar akademiyasi a’zosi Qurbonali Azizov ham hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Davra suhbati mazmunli yakunlandi
YIG‘ILISH QAROR QILADI:
O‘quvchilar o‘rtasida Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar haqida tushuntirish ishlari olib borilsin
O‘quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash , ularda ogohlik hissini kuchaytirish, ma’naviy immunitetlarini kuchaytrish maqsadida mutasaddi tashkilotlar xodimlari yozuvchi va shoirlar ishtirokida, o‘quv yili davomida, reja asosida davra suhbatlari, tadbirlar tashkil etib borilsin.
Maktab direktori: S.Yuldasheva
Yig’ilish kotibi: F.Aminova
Do'stlaringiz bilan baham: |