E =σ/(2
0
)
(4.8)
Bunda σ – yuzadagi zaryadning zichligi (yuza birligiga to‘g‘ri keladigan
zaryad). Biroq izolyasiyalangan o‘tkazuvchi obyekt uchun elektr maydoni ikki
marta kuchliroq bo‘ladi:
E =σ/
0
(4.9)
(4.8) va (4.9) tenglamalar o‘rtasidagi farq zaryadlangan obyektlarning
geometriyasidagi farqlar bilan izohlanadi: birinchisi – cheksiz uzunlikdagi
plastinka, ikkinchisi – ixtiyoriy formadagi jism. Elektr zaryadlari zaryadlangan
jismning faqatgina tashqi yuzasi bo‘ylab taqsimlanishi Gauss qonunining muhim
oqibati bo‘lib hisoblanadi. Bu bir nomdagi zaryadlar o‘rtasida itarish kuchlarining
ta’siri natijasida sodir bo‘ladi, shu sababli hamma bir xil zaryadlangan zarrachalar
bir-biridan maksimal mumkin bo‘lgan masofaga uzoqlashishga harakakt qiladi.
Buni qilishning birdan-bir yo‘li – obyektning eng uzoq nuqtasiga, ya’ni uning
yuzasiga ko‘chishdir. Obyektning yuzasidagi barcha joylardan zaryadlarning
joylashishi uchun (eng uzoqda joylashish uchun) eng katta bo‘rtik joylar qulay
bo‘lib hisoblanadi, aynan shu erda kuch chiziqlarining eng katta konsentratsiyasi
kuzatiladi (4.2D- rasm). Faradey silindri – yoki erga ulangan tok o‘tkazuvchi
listlar, yoki metall to‘r bilan qoplangan kamera juda foydali ilmiy va muhandislik
qurilmasi bo‘lib hisoblanadi. Tashqi elektr maydoni qanchalik kuchli bo‘lishidan
qat’iy nazar, bunday qurilmaning ichida elektr maydoni amalda nolga teng bo‘ladi.
Aynan shu sababli avtomobillar va metall kemalar momaqaldiroq paytida eng
yaxshi pana joy bo‘lib hisoblanadi, chunki ular xuddi Faradey virtual qurilmasi
kabi ishlaydi. Biroq har doim shuni esdan chiqarmaslik kerakki, garchi bunday
qurilmalar elektr maydonlaridan ajoyib himoya bo‘lib hisoblansada, agar ularning
142
devorlari qalin ferromagnit materiallardan ishlangan bo‘lmasa, ular magnit
maydonlari qarshisida mutlaqo befoyda bo‘ladi.
Elektr dipoli –
bu bir-biridan 2
a
masofada joylashgan ikkita turli nomdagi
zaryadlarning kombinatsiyasidir (4.3A- rasm). Zaryadlarning har biri kiritilgan test
zaryadiga ularning
E
1
va
E
2
elektr maydonlari bilan belgilanadigan kuch bilan
ta’sir qiladi. Dipolning
E
natijalovchi elektr maydoni ikkita maydon kuchlanganlik
vektorlarining yig‘indisidan aniqlanadi.
E
vektorning modulini quyidagi
tenglamadan topish mumkin:
E =
(4.10)
Bunda
r –
dipolning markazidan bo‘lgan masofa.
4.2 rasm. Cheksiz uzunlikdagi ingichka sterjen atrofidagi elektr maydoni, (A)-
cheksiz uzunlikdagi plastinka atrofidagi elektr maydoni, (B)-elektr maydonining
turlicha konsentratsiyaga ega bo‘lgan, (D)-obyekt geometriyasining o‘zgarishini
aks ettiradigan kuch chiziqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |