1.
249
5-Bob. Datchik turlari va ularning hususiyatlari
5.1. Mavjudlik va harakat datchiklarining tiplari
Mavjud bo‘lish
datchiklari odamlarning (ba’zan esa hayvonlarning ham)
nazorat qilinadigan zonada bo‘lishini detektirlaydi,
harakat detektorlari
esa
faqatgina obyektlarning ko‘chishiga reaksiya ko‘rsatadi. Ularning asosiy farqi shu
bo‘lib hisoblanadiki, mavjud bo‘lish datchiklari obyekt qotib turishi yoki harakatda
bo‘lishidan qat’iy nazar chiqish signallarini ishlab chiqaradi, harakat detektorining
chiqishida esa signal faqatgina obyekt ko‘chgan holatda paydo bo‘ladi. Bunday
datchiklar kuzatish va qo‘riqlash tizimlarida, energiyani boshqaruvchi qurilmalarda
(masalan, elektr chirog‘ini yoqishni/o‘chirishni boshqarish uchun), interfaol
o‘yinchoqlar va hokazolarda qo‘llaniladi. Odamning mavjud bo‘lishini konkret
vaziyatga bog‘liq ravishda uning tanasining ba’zi bir parametrlari yoki o‘zini
qanday tutish tavsiflari bo‘yicha aniqlash mumkin. Masalan, datchik odamning
og‘irligiga, uning tanasidan tarqalayotgan issiqlikka, tovushlarga, dielektrik
singdiruvchanlikning o‘zgarishi va hokazolarga reaksiya ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi kunda odamlarning mavjud bo‘lishi va harakatlarini aniqlash uchun
quyidagi tipdagi datchiklar qo‘llaniladi:
•
Havo bosimi datchiklari:
eshiklar va derazalar ochilganda havo bosimining
vujudga keladigan o‘zgarishlariga reaksiya ko‘rsatadigan detektorlar.
•
Sig‘im datchiklari:
odam tanasi sig‘imining o‘zgarishiga reaksiya
ko‘rsatadigan detektorlar.
•
Akustik datchiklar:
odamlar tomonidan chiqariladigan tovushlarga reaksiya
ko‘rsatadigan detektorlar.
•
Fotoelektrik datchiklar:
harakatlanayotgan obyektlar yorug‘lik nurini kesib
o‘tishiga reaksiya ko‘rsatadigan detektorlar.
•
Optoelektron datchiklar:
qo‘riqlanadigan zonada yoritilganlik darajasi yoki
optik kontrastlik (uyg‘unlik) darajasiga reaksiya ko‘rsatadigan datchiklar.
250
•
Kuchlanish detektorlari:
pol, zinapoya va boshqa konstruktiv elementlarga
kiritilgan deformatsiya datchiklari.
•
Ochilish detektorlari:
eshik va derazalarga o‘rnatilgan elektr kontaktlari.
•
Magnitik ochilish detektorlari:
ochilish detektorlarining kontaktsiz
ko‘rinishi.
•
Vibratsiya
detektorlari:
binolarning
devorlari
yoki
boshqa
konstruksiyalarining vibratsiyasiga reaksiya ko‘rsatuvchi qurilmalar, bunday
elementlar obyektlarning harakatini aniqlash uchun eshiklar va derazalarga ham
o‘rnatilishi mumkin.
•
Infraqizil (IQ) harakat detektorlari:
issiq yoki sovuq harakatlanuvchi
obyektlar tomonidan chiqariladigan issiqlik to‘lqinlariga reaksiya ko‘rsatuvchi
qurilmalar.
•
O‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) detektorlar (mikroto‘lqinli datchiklar):
obyektlardan qaytgan o‘ta yuqori chastotali elektromagnitik to‘lqinlarga reaksiya
ko‘rsatuvchi faol qurilmalar.
•
Ultratovush
datchiklari:
O‘YuCh datchiklarga o‘xshash bo‘lgan
qurilmalar, faqat ularda elektromagnitik to‘lqinlar o‘rniga ulьtratovush
tebranishlaridan foydalaniladi.
•
Yangi obyektlar paydo bo‘lishining videodetektorlari:
qo‘riqlanadigan
zonaning joriy tasvirini xotiraga yozilgan etalon tasvir bilan solishtiradigan
videoqurilmalar.
•
Videotanish
tizimlari:
odamlarning
aft-basharasining
xarakterli
xususiyatlarini ma’lumotlar bazasida saqlanadigan suratlar bilan solishtiradigan
tasvir analizatorlari.
•
Lazer detektorlari:
fotoelektrik detektorlarga o‘xshash bo‘lgan qurilmalar,
ularning farqi shundaki, ular tor yorug‘lik nurlari va qaytargichlar
kombinatsiyalaridan foydalanadi.
•
Elektrostatik detektorlar:
harakatlanuvchi obyektlar tomonidan olib
o‘tiladigan statik elektr zaryadlarini detektirlashga qodir bo‘lgan datchiklar.
251
Odamlarning borligini aniqlaydigan detektorlarning kamchiliklaridan biri
ularning yolg‘ondan ishga tushishi bo‘lib hisoblanadi. Yolg‘ondan ishga tushish
deganda tizim aslida u erda mavjud bo‘lmagan obyektlarni ko‘rsatadigan vaziyat
tushuniladi. Ba’zi bir hollarda, masalan, yorug‘lik bilan boshqariladigan
o‘yinchoqlar yoki qurilmalarda yolg‘ondan ishga tushish katta muammolarni
tug‘dirmaydi. Biroq qo‘riqlash tizimlari va harbiy tizimlarda yolg‘ondan ishga
tushish ham, begonalarning qo‘riqlanadigan zonaga bostirib kirishi ham bir xil
xavfli vaziyatlar bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bunday qo‘llashlar uchun
datchiklarni tanlashda ularning ishonchliligi, tanlovchanligi va xalaqit
beruvchilardan himoyalanganligiga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Qo‘riqlash
tizimlarining ishonchliligini oshirish uchun ko‘pincha o‘zlarining interfeysli
sxemalariga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydigan bir nechta
datchiklardan foydalaniladi. Begonalarning bostirib kirishini aniqlashda xatolarni
kamaytirishning boshqa bir usuli turli fizikaviy tamoyillarga asoslanadigan bir
nechta datchiklarni qo‘llash bo‘lib hisoblanadi (masalan, sig‘im va IQ
detektorlarining kombinatsiyasi juda samarali bo‘ladi, chunki ular uchun
kiritiladigan xalaqit beruvchilarning har xil turlari kritik bo‘lib hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: