Ayrim okeanlar va ulardagi dengizlarda baliq ovi hissasi quyidagicha: Tinch va Atlantika
okeanida 40-45% dan, Xind okeanida 10%
ga yaqin, SHimoliy Muz okeanida 5%. Kenglik
zonalarda baliq ovining joylanishi quyidagi raqamlar bilan ifodalanadi:shimoliy zona (SHimoliy
Muz okeani va Atlantika hamda Tinch okeanlarining shimoliy qismi va ulardagi dengizlar) 40-
45 % ga yaqin, tropik zona (Atlantika va Tinch okeanlarining tegishli joylari va Hind okeani)
30% ga yaqin. Janubiy yarim shar – 10% ga yaqin. Bu raqamlarga qarab xulosa chiqarganda,
mazkur zonalarda oxirgi yillarda baliq ovi nihoyatda notekis bo‘lganini hisobga olish kerak.
Masalan, shimrliy zonada baliq ovlash 50% ga, tropik zonada 4% ga, janubiy yarim sharda 10%
ga yaqin oshgan.
Baliq ovini kelgusida yanada o‘stirish istiqbollari haqida mulohaza qilganda,
quyidagilarni ko‘zda tutish kerak: Jahon okeanining umumiy maydoni nihoyatda katta, u butun
er yuzasining taxminan 71% ni tashkil qiladi. SHu jumladan, chuqurligi 3
ming metrdan ortiq
bo‘lgan dengizlar sathi 50-60%. Baliqlar 10 ming m chuqurlikda ham borligi aniqlangan.
Aytilganlarning hammasi Jahon okeanini cheksiz dengiz mahsulotlari, shu jumladan, baliq ovi
platsdarmi shaklida xarakterlaydi. Biroq hozirgi zamon texnikasi turli chuqurlikda baliq ovlash
imkoniyatini bersa ham baliq manbalari va uni ovlash Jahon okeanining nihoyatda kichik
territoriyasida mumkinligi baliq ovlash praktikasidan ma’lum. Bu uncha chuqur (200 m gacha)
bo‘lmagan shelf yoki materik zinapoyalari deb ataladigan dengiz qirg‘oqlariga yaqin bo‘lgan
zonadir. Jami okeanlar va ulardagi dengizlar shelfining umumiy maydoni Jahon okeani sathining
8% ga teng. Xuddi ana shu shelf oblastida 90% baliq ovlanadi.
SHunday qilib, baliq ovlash
texnikasi qancha rivojlansa ham, shelflar va dengizlarning ochiq qismi orasidagi munosabatning
o‘zgarishi ehtimoldan uzoqdir.
Qimmatbaho o‘tkinchi baliqlarni sun’iy ko‘paytirish ularni tabiiy holatda urchitganda
ko‘plab tuxumi urug‘lanmay qolishiga, tuxumi (ikrasi) va yosh baliqchalari nobud bo‘lishiga
asoslangan. Masalan, Amurda “kuzgi” keta tuxum tashlashida uvildirig‘ining 20-40% yo‘qoladi.
Juda ko‘p yosh baliqchalar hayotning dastlabki davridayoq nobud bo‘ladi: dengizga o‘tish
vaqtida yosh ketalarning faqat 10% qoladi, xolos. Tuxum qo‘yish joylaridan dengizgacha
bo‘lgan yo‘l 1-1,5 ming km bo‘lgani sababli qisman yosh baliqlar shu yo‘lda nobud bo‘ladi.
Natijada dengizga nihoyatda kam, 1% ga yaqin baliqlar etib boradi.
Albatta bunday holatga
e’tibor berish kerak.
Asrimizning boshlaridayoq Uzoq SHarq lososlari bilimdoni V.K.Soldatov bu
qimmatbaho baliqlarni sun’iy urchitishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, chor hukumati unga etarli
ahamiyat bermagan. Keyingi vaqtda baliqlarni ko‘paytirish keng rivojlanadi. Hozirgi vaqtda
o‘tkinchi baliqlar tuxum qo‘yadigan joylarda daryo va dengizlarga qo‘yib yuborish uchun
baliqlardan jinsiy mahsulotini to‘plovchi, sun’iy urchitib, yosh baliq o‘stiruvchi qator baliq
zavodlari qurilgan. O‘tkinchi baliqlar maxsus sun’iy urchitish apparatlarida urchitiladi.
Bizda bundan 100 yil ilgari V.P. Vrasskiy tomonidan taklif qilingan “quruq”
usul deb
ataladigan progressiv metod keng qo‘llaniladi. U spermalar suvda xarakatchanligini tez
yo‘qotishiga va qisman tuxumi urug‘lanmay qolishiga asoslangan. Vrasskiy metodi bo‘yicha
tog‘oraga baliq tuxumi solinib, ustiga erkak jinsiy mahsuloti quyiladi. Keyin tuxum va jinsiy
mahsulot yaxshi aralashishi va urug‘lanish protsenti ko‘payishi uchun ular asta-sekin
aralashtiriladi. SHundan keyin tog‘oraga suv quyiladi.
Urug‘langan tuxumlar maxsus apparatga solinib, mutaxassislar nazoratida o‘stiriladi.
Kasallangan va nobud bo‘lgan tuxumlar muntazam ravishda olib tashlanadi.
Keta tuxumining
inkubatsiya davri 103-120 kun. CHiqqna yosh baliqlar maxsus hovuzlarda saqlanadi, ular
endogen, ya’ni sariqlik xaltasining energetik moddalari hisobiga oziqlanadi. Embrion
chiqqanidan 60-90 kundan keyin xalta so‘rilib ketadi. Keyinchalik ekzogen oziqlanishga o‘tgan
yosh baliqlar dengizga quyiladigan daryolarga qo‘yib yuboriladi.
Baliq ko‘paytiriladigan zavodlarning muvaffaqiyati juda katta. Masalan, keta o‘stiruvchi
zvodlarda tuxumning urug‘lanishi 98-99% ga teng. Inkubatsiya davrida tuxumlarning 4-8%,
yosh baliqlarning ko‘pi bilan 0,5% nobud bo‘ladi. Tabiiy urchish davrida urug‘langan hamma
tuxumlardan daryoga tushgan yosh baliqlar 10% ni tashkil qilsa, sun’iy urshitishda u 90% ni
tashkil qiladi.
Bayon etlgan usul bo‘yicha sun’iy baliq urchitishdan tashqari, daryolarning quyi oqimida
(masalan, Volgada) yarim o‘tkinchi baoiqlar (zog‘ara baliq, leshch) ning tuxum qo‘yish sharoiti
yashilanadi. Bunday sun’iy tuxum qo‘ydirish o‘stirish joylari uchun tabiiy suv xavzalaridan yoki
daryoga yaqin bo‘lgan bir necha yuz gektar maydonda sun’iy xavza barpo etib foydalaniladi.
Bahorda bu joylarga maxsus kanallar orqali daryodan suv keltiriladi. SHu suv xavzalariga
daryoda ovlangan nasl beruvchi baliqlardan 1 gektarga 8 ta zog‘orabaliq, 30-40 ta leshch (jinslar
nisbati 1:1 hisobidan) qo‘yiladi. Bu erda baliqlar tabiiy urchidi va yosh baliqlar o‘sadi. YOz
ohirida pastki shlyuz ochiladi va yosh baliqlar suv bilan daryoga tushadi.
Bir son bilan bir
gektardan daryoga taxminan 50 t zog‘orabaliq (massasi 3 g) va 8 t leshch (masssi 0,5 g)
chiqariladi.
Tabiiy tuxum tashlash joylari qisqargan vaqtda turli xil sun’iy joylar barpo etiladi.
Tuxumini o‘simliklarga qo‘yadigan baliqlar (fitofillar) uchun sun’iy joylar statsionar yoki
suzuvchi bo‘lishi mumkin. Suzuvchi sun’iy tuxum tanlash joyi suvning chuqurligi tez o‘zgarib
turadigan, masalan, suv omborlarida gidroinshoatlar quriladigan joylarda katta ahamiyatga ega.
Tabiiy tuxum tanlash joylaridagi ahvolni yaxshilash tadbirlari ham ko‘riladi. Masalan,
uzoqSHarqning bir qator rayo‘nlarida qor kam bo‘lgan sovuq yillarda tuxum qo‘yish joylaridagi
suv muzlab (uyalaridagi), losos balig‘ining ko‘p tuxumi nobud bo‘ladi. Bunga qarshi kurash
choralari baliqlar tuxum tashlab bo‘lgandan keyin daryoda vaqtincha to‘g‘onlar qurib suv satxini
ko‘tarish, ko‘llar yuzasidagi muz ustida qorni saqlash va boshqalardan iborat.
O‘rta Osiyo sharoitida karp bilan o‘txo‘r baliqlar (oq amur, do‘ngpeshona) birga boqiladi.
Bunda mahsuldorlik 20-24 s/ga, jadal boqilganda 50 s/ga gacha bo‘lishi mumkin. (Hikolskiy va
boshqalar, 1979).
Do'stlaringiz bilan baham: