156
16.1. Ommaviy ovqatlanishda asosiy fondlarning xususiyatlari, ularning
baholanishi va ko’rsatkichlari
16.2. Ommaviy ovqatlanishda aylanma mablag’larni mohiyati,
shakllanishi, ishlatilishi va ko’rsatkichlari
16.1. Ommaviy ovqatlanishda asosiy fondlarning xususiyatlari, ularning
baholanishi va ko’rsatkichlari
Ommaviy ovqatlanish korxona (shaіobcha)larining asosiy fondlari
iqtisodiyotga oid adabiyotlarda umuman tan olingan tarifiga binoan mahsulotlarni
ishlab
chiqarish, sotish va iste’molini tashkil qilish jarayoni uchun zarur bo’lgan
mehnat vositalariga tushuniladi.
Asosiy fondlar faoliyat jarayonida o’z natural-moddiy shaklini
o’zgartirmaydi hamda o’z qiymatini har bir ishlab chiqarish jarayonini takrorlanish
davrida jismoniy va ma’naviy eskirishi me’yoriga qarab, qisman mahsulot
qiymatiga o’tkazib boradi.
Buxgalteriya hisobiga muvofiq ommaviy ovqatlanish
korxonalari asosiy
fondlari (vositalari) deganda «… uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini
yuritishda, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarini bajarish
uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar tushuniladi»
10
.
Buxgalteriya hisobotida
«moddiy aktivlar» qiymat ko’rsatkich sifatida ishlatiladi.
Nazariy jihatdan mehnat vositalari – bu insonni mehnat predmet (buyum,
narsa)lariga ta’sir o’tkazish uchun ishlatiladigan vositalar majmuasidir. Uning
tarkibiga mehnat qurollari (jihozlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqalar);
binolar, inshoatlar, transport vositalari, mehnat buyum (narsa)larini saqlash uchun
qurulmalar va hokazolar. Yer umumiy mehnat vositasi hisoblanadi.
10
¡
разов К.Б. Савдода
бухгалтерия
³
исоби ва соли
ººа аааааа». ааааааа, «аºаааааааа аа
³аºаº аааааа» ааааааа ааа. – 2004. – 220-ааа.
157
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda ommaviy ovqatlanish korxona
(shaіobcha)larining asosiy fondlariga ta’rif berish nazariy va amaliy jihatdan asosli
bo’lib hisoblanadi. Chunki: birinchidan, vosita –
bu natural moddiy shakldir, u
asbob, qurolni anglatadi; ikkinchidan, asosiy fondlarga nafaqat faoliyat jarayonida
bevosita ishtirok etadigan mehnat vositalari qiymati kiradi, unga faoliyat yuritish
uchun zarur bo’lgan ma’muriy, ijtimoiy-madaniy tavsifga ega bo’lgan mehnat
vositalari
qiymati ham kiradi; uchinchidan, asosiy fondlarga ayrim mehnat
vositalari
qiymati kiritilmaydi; to’rtinchidan, asosiy fondlar qiymat ko’rsatkichi
bo’lib, uni natural-moddiy shakli (ko’rinishi) faoliyatda jismonan ishlatiladi;
beshinchidan, «fond» so’zi rus tilidan kelib chiqib, pul mablag’larini anglatadi.
Ayrim hollarda fond - g’amlab qo’yilgan narsa, masalan,
ayrim resurslarga
urug’lik fondi, nisbatan ishlatish amaliyotda qabul qilingan. Bu tushunchalar
umumiy «fond» so’zi mazmunidan istesno deb hisoblaymiz.
Shunday qilib, bizning fikrimizcha,
Do'stlaringiz bilan baham: