14-mashq. Berilgan matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z va ifodalarning qaysi uslubga xoslanganini aniqlang.
Saboning eri keyin mashinasiga yetar-yetmas haydovchiga «Motorni qo‘sh!» imosini qildi-yu, uyga – Saboga sim qoqdi.
– Tez bo‘l! – dedi har qanday mulozamatni yig‘ishtirib qo‘yib, nafasi bo‘g‘ziga tiqilgancha. – Tez bo‘l! Donor topilibdi. Tayyorgarligingni ko‘rib, pastga tush! Yigitlar seni kasalxonaga olib kelishadi. Men o‘sha yerga ketyapman. Ha, Shahlo yoningdami? Ovol o‘zing bilan. Qo‘rqma, hammasi joyida bo‘ladi... Sabo xuddi avvaldan o‘ylab
qo‘ygan rejaga amal qilayotgandek shosha-pisha kiyinib, tashqariga chiqdi. (Ulug‘bek Hamdam)
Sana:________________-yil Ona tili fani Sinf: 10
Mavzu. NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Nuqtiy uslublarning turlari. So’zlashuv uslubi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Ona tili darsligi bilan tanishtirish
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni fanga qiziqishini rivojlantirish
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
– kundalik faoliyatda turli jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza olish,
FK1- nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
FK2-lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):
Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning qaysi yosh dagi kishilar nutqida va qanday vaziyatda ishlatilishini ayting.
2-topshiriq. Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga
e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.
1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. (Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! (O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga boorish kerak buni! – dedi ikkin chisi. (O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rding mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.
(O‘. Umar bekov) 5. Ukang mi bu hali? (Erkin A’zam) Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq
shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi. Bunda adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qilishini unut maslik lozim.
15-mashq. Berilgan gaplarda so‘zlashuv uslubiga xos til birliklarini toping. Ulardagi salbiy va ijobiy baholarga asoslanib, so‘zlovchi shaxsi haqida mulohaza yuriting.
1. Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur) 2. Ho‘, men o‘qigan hikoyang bor edi-ku, opkel, bosamiz. (Said Ahmad) 3. Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. Ol, ol, xolang qoqindiq. (Murod Mansur) 4. Sharif akamni Maskovdan olib kelib... shu yerga qo‘ydik (Tohir Malik) 5. E, soching qursin! – derdi opasi. – Qo‘llarim tolib ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak. (Said Ahmad) 6. Attang, bizning serdsa chatoq-da. (Erkin A’zam) 7. Dadasi, shu chigirtkalargayam odamning rahmi keladi-ya! (Sh. Xolmirzayev) 8. Eb-ey, qiyshiq-ku! – dedi Hasan bobo. (Tog‘ay Murod)
16-mashq. Berilgan matndagi faqat og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xoslangan birliklarni aniqlab, ularga izoh bering.
Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-da, joyimda turaverdim. Qancha turdim, bilmayman. Ko‘zimni ochsam, ro‘paramda qizil etik, oq yaktak kiyib, ustidan ko‘k qiyiqni bog‘lab olgan baland bo‘yli bir chol jilmayib turibdi. Qaltirab ketdim. – Qo‘rqma, qo‘rqma, bolam, – dedi u mayin tovush bilan. – Uzum kerak ekan, aytmaysanmi, o‘zim uzib berardim. Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig‘lab yubordim. Ko‘zimdan oqqan yoshni artish uchun qo‘limni ko‘targan edim, ko‘ylagim ishtonbog‘ imdan chiqib ketib, qo‘ynimdagi uzum yer bilan bitta bo‘ldi. Ammo chol e’tibor bermadi. Ko‘rgan bo‘lsa ham o‘zini ko‘rmaganlikka solib, meni yupata boshladi.
– Yig‘lama, nega yig‘laysan, tentak, – dedi u boshimni silab. – Bir bosh olibsanlar, ikki bosh olibsanlar, nima bo‘pti? Kamayib qoladimi? Qara, bu uzumlarni! Qancha, axir. Hammaga yetadi. Qani, bu yoqqa yur! – Chol qo‘limdan ushlab yetaklab ketdi. Bog‘ning o‘rtasidagi ishkomga kirdim. Ishkom to‘la yong‘oqdek-yong‘oqdek keladigan qora charos edi. – Tuzukmi? – dedi chol menga qarab va kulib qo‘ydi. Ko‘kragiga tushib turgan qalin oppoq soqoli silkinib ketdi. – Tuzuk bo‘lsa, shundan uzib beraman. U qiyig‘iga osib qo‘ygan pichog‘ini qinidan sug‘urib uzum uza boshladi.
– Mana, bolam, ol. O‘rtoqlaringga ham olib bor. Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib, ko‘chaga yugurdim. Rahmat aytish ham esimdan chiqibdi. (O‘. Umarbekov)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ovoz so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa. Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qo‘llanadi.
IV.Mustahkamlash
1. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida so‘zlang.
2. So‘zlashuv uslubining qaysi turida (adabiy so‘zlashuv, oddiy so‘zlashuv) qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo‘l qo‘yiladi?
3. Opti, kepti, bo‘sa, na’lat, ko‘ynak kabi so‘zlar qaysi nutqiy uslubda uchraydi?
4. Og‘zaki so‘zlashuv uslubining qaysi turida adabiy me’yorlarga qat’iy amal qilinadi?
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |