49-mashq. Biror badiiy asardan -lar qo‘shimchasining kesatiq, hurmat, umumlashtirish, gumon va ta’kidlash ma’nolarida qo‘llangan o‘rinlarni toping.
Quyidagi so‘zlarning izohlarini esda saqlab qoling. Ularga ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shib ko‘ring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
KANIZ 1 Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlarsaroyidagi xizmatchi ayol.
MUFTI(Y) Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; fatvo beruvchi lavozimli ulamo.
RABOT 1 Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroqdagi turarjoy.
SUYURG‘OL Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yersuv, mol-mulk.
Do'stlaringiz bilan baham: |