109-110-mavzular. Ravish. Ravishlarning yasalishi. Tub va yasama ravishlar. (2 soat, A2+:3 soat)
111-112-mavzular. Ravish yasovchi qo‘shimchalar. Ravishlarning ma’no turlari. (2 soat)
113-114-mavzular. Holat ravishlari. Payt ravishlari. (2 soat, A2+:3 soat)
115-116-mavzular. O‘rin ravishlari. Miqdor-daraja ravishlari. (2 soat)7
Ravish so’z turkumi uchun ajratilgan mavzularning dastlabkisida ravish haqida umumiy ma’lumot beriladi: “Harakat-holatning bajarilish tarzi,payti, o‘rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va«qanday?», «qachon?», «qayer (-ga, -da, -dan)?», «qancha?»singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘zlar ravish deyiladi”. 8 O’quvchilarga berilgan so’zlarni narsaning va harakat-holatning belgisini ifodalashiga ko’ra farqlashni 1-topshiriq sifatida berilgan. Bundan o’quvchilar qay darajada sifat va ravishni farqlay olishi berilgan. So’ngra 440-mashqda matn keltirilgan, matndan o’quvchilar ravishlarni topishi va ularni o’zi bog’lanib kelgan so’zlar bilan birga daftarlariga yozishlari so’ralgan. 441-mashqdan esa berilgan gaplardagi ravishlarning qanday ma’no anglatayotganligini toppish kerak bo’ladi . Ushbumavzu yuzasidan uyga vazifa qilib 442-mashqni berilgan va u mashqda o’quvchilar adabiyto darsliklarida 10 ta ravish ishtirok etgan gaplarni ko’chirib kelishlari aytilgan. Bundan ko’zlangan maqsad ona tili fanini boshqa fanlar bilan uzviy aloqda o’rganish.
Navbatdagi mavzu ravishlarning yasalishi, tub va yasama ravishlarga bag’ishlanadi. Mavzuga oid 3 ta topshiriq berilgan ular; berilgan so’zlarni tarkibiy qismlarga ajratish, so’zlarni tub va yasama guruhlarga bo’lib yozish. Mavzuga doir qoidalar ham mavjud bo’lib, ular: “Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi. Yasama ravishlar qo‘shimñhalar qo‘shish, asos qismni juft va takror qo‘llash yoki ikki asosni biriktirish yo‘li bilan hosil qilinadi.Tuzilishiga ko‘ra ravishlarning sodda, qo‘shma, juft va takroriy turlari farqlanadi”. Ushbu qoidalar hamda darslikda berilmagan boshqa ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilar e’tiborig havola etilgach, mavzu uchun ajratilgan mashqlarga navbat keladi. 443-mashqda o’quvchilar qay darajada yangi mavzuni tushunganliklari aniqlanadi. Mashqda berilgan gaplardan ravishlarni topish va ularning tuzilishini belgilash so’ralgan. 444-mashqda o’quvchilarning mustaqil mash bajarish ko’nikmalari shakllanadi, ya’ni har bir o’quvchidan mustaqil ravishni ishtirok ettirib gaplar tuzish va ravishlarning yasalishini so’raladi. 445-mashq ham avvalgisiga o’xshash va u mashqda berilgan ravishlar ishtirokida gap tuzish so’ralgan. Bu mavzu yuzasidan uyga topshiriq DTS talablarida mavjud bo’lgan matn tuza olish malakalarini shakllantirishga ximat qiladi. Berilgan mavzu yuzasidan ravishlarni ishtirok ettirib matn hozil qilish – uyga vazifa. Navbatdagi berilgan mavzu: ravish yasovchi qo’shimchalar. Ushbu mavzu oldingi mavzuning uzviy davomi hisoblanib bu mavzuda o’quvchilar avvalgi mavzularda o’rgangan asos va qo’shimchalar va yasama so’zlarni kabilarni yana bir bor takrorlab va mustahkamlab oladilar. Mavzu yuzasidan quyidagi topshiriqlar berilgan:
1-toshiriq.Berilgan ravishlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Eskicha, yangicha, o‘ziñha, yillab, qahramonona, qatorasiga, erkakchasiga, saharlab, vijdonan, bolalarcha.
2-topshiriq.Yuqoridagi yasovchi qo‘shimchalarning tagiga chizing va bu qo‘shimchalar qo‘shilgan asos qismning qaysi so‘z turkumlariga mansubligini ayting.
3-topshiriq. -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari yordamida yasalgan ravishlar qatorini tuzing.
Berilgan topshiriqlar o’quvchilarning yangi olgan bilimlarini mustahkamlaydi va keying oladigan biimlariga tayanch bo’ladi.
Ravish so’z turkumida ba’zi muammoli vaziyatlar ham mavjud. Ravishning yasalishi mavzusini tushuntirish davomida o’qituvchi ba’zi istisnolarni: tarkibida yasovchi qo’shimchalar bo’lsa ham tarkibiy qismga ajralmaydigan ravishlar haqida ma’lumot berib o’tib ketgan bo’lishlari kerak. 447-mashqda ayni shu istisnolarni qay darajada yodda saqlab qolganliklari qo’l keladi. Mashqda berilgan ravishlarni trkibiy qismga ajralish va ajralmasligiga ko’ra guruhlarga ajratish topshiriq qilib berilgan. 448-mashqda esa gaplar berilgan va ularda ishtirok etgan ravishlarni toppish va ularni shu paytgacha o’tgan mazular yuzasidan izohlash talab qilingan. Bu o’quvchilarga o’tilgan mavzularni yana takrorlash imkonini beradi. 450-mashq ham mustaqil ijodiylik talab qilindigan va ikki taraflama baholanadigan mashq, chunki matn tuzish va tuzgan matnida ravishlarni qatnashtirish vazifa qilib berilgan. Bu topshiriq uyga vazifa. Navbati kelgan mavzu ravishlarning ma’no turlariga bag’ishlanadi. Shu kungacha o’tilgan mustaqil so’z turkumlarida bo’lgani kabi ravish so’z turkumida ham ma’no guruhlari mavjud va ular haqida ayni shu mavzuda so’z boradi. Oldingi so’z turkumlarida mavjud ma’no guruhlari bilan solishtirib yangi mavzuni tushuntirish ikki taraflama natija beradi: 1) yangi mavzuni tushuntirish; 2) o’tilgan mavzularni yana bir qayta yodga olish.
“Ravishlar ma’nosiga ko‘ra holat, payt, o‘rin, miqdor-daraja, maqsad-sabab ravishlariga bo‘linadi. Ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo‘rttaga, qasddan kabi ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanib, ularning miqdori u qadar ko‘p emas”. Ushbu ma’lumotlar o’quvchilar yodda saqlashi kerak bo’lgan ma’lumotlar. Bundan tashqari darslikda berilmagan boshqa ravishlarni iloji boricha topib, o’quvchilarga tushuntirish olinadigan samarani yanada oshiradi. 4451-453-mashqlarni mavzuga mo’ljallangan mashqlar bo’lib, ularda berilgan ravishlar qaysi ma’noviy guruhga mansub ekanini topish kerak. Uyga vazifa sifatida 454-mashq berilgan. Bu mashqda ham ijodiylik asosida “Yurtimiz posbonlari” mavzusida ravishlar ishtirokida matn tuzish vazifa qilingan. Keying mavzu: holat ravishlari. Bu mavzuda oldingi mavzuda o’rganilgan ravishning ma’no guruhlaridan biri bo’lgan holat ravishi atroflicha o’rganiladi. Keyingi 3 mavzuda ham ravishning ma’noviy guruhlari alohida mavzu sifatida o’qitiladi. Mavzuga oid berilgan mashqlar o’quvchilar yosiga monand berilgan va eng e’tiborli jihati shuki, bu darslik tugagaunga qadar o’quvchilarda mustaqil holda matn tuzish malakalari rivojlanadi.
O‘zbek tili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko‘ra to‘g‘ri, o‘rinli va samarali foydalanish malaka va ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi o‘ta muhim vazifa bo‘lib turgan bir sharoitda bu fanning o‘qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda «Ona tili»ni o‘quv fani sifatida o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, jamiyatimiz, xalqimiz, millatimiz ravnaqining kelajagi,uning gullab-yashnashi bugun maktab partasida o‘tirgan yoshlarning mustaqil turmushga, nutqiy faoliyatga, yuksak madaniyat bilan so‘zlasha olishga qay darajada tayyorlashaniga bog‘liq. Chunki so‘z qudrati insoniyat tarixida hamma vaqt yuksak qudratga ega bo‘lgan. Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ortib boradi. Madaniy hayotning rivoji avvalo jamiyat a’zolarining madaniy so‘zlashuvga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi bilan belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktab ona tili kursi zimmasiga tushadi. Ijtimoiy o‘zgarishlar, shaxs tarbiyasiga munosabat, jamiyatning shaxsga nisbatan talablari bilan birgalikda jahon tilshunosligi fani va ona tilining tadrisi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi; tilni imkoniyat, nutqni esa shu imkoniyatning sharoit va maqsadga mos ravishda yuzaga chiqishi deb o‘rganuvchi sistem tilshunoslik nazariyasi rivojlandi, ilg‘or davlatlarning ko‘pida ona tilidan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi. Ona tili mashg‘ulotlari bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishning bosh omiliga aylantirildi. O‘rta umumiy ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishning mavjud ahvoli ta’lim mazvunini yangilashni hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi. Yangi iqtisodiy munosabatlar har qanday faoliyatni uning beradigan pirovard iqtisodiy natijasi bilan baholashni talab etadi. Jumladan, ta’limga sarflanadigan moddiy xarajatlar ta’limning natijasi bilan qoplanib qolmay, balki sarf bo‘lgan xarajatlardan ko‘proq moddiy manfaat kelishi lozim. Bu – ta’limning barcha bo‘g‘inlari va sohalari, jumladan, ona tili ta’limi uchun qo‘yiladigan umumiy, zamonaviy, iqtisodiy va ma’naviy talabdir. Maktabda ona tilini fan sifatida o‘qitish qanday moddiy manfaat berishi mumkin, qanday qilib ona tili ta’limini moddiy jihatdan manfaatli, foydali qilish mumkin? «Ona tili fani moddiy manfaat keltirmaydi» degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki ona tili ta’limi natijasida o‘quvchi DTS talablari darajasida muayyan malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi va bu ko‘nikma hamda malakalarning davr talablariga mosligi bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlar-moddiy manfaat ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Ona tili fanining moddiy ko‘rsatkichlari bolalarning imlo savodxonligi, so‘z boyligi va undanfoydalanish mahorati, mustaqil ijodiy fikrlay olishi, fikr mahsulini maqsadga muvofiq ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qila olishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Maktabda ona tilini fan sifatida o‘qitmay turib, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Chunki ona tili fani o‘quvchilarni milliy til va uning tarixi, boy madaniy o‘tmishi bilan tanishtiradi, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf - odatlarimizni qadrlashga o‘rgatadi. Ona tili avlodlarni avlodlarga bog‘lovchi zanjirdir. Agar yozuv, yozma nutq bo‘lmaganda edi, madaniy boyliklarimiz, fan, texnika va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlarimizni avlodlardan avlodlarga o‘tkaza olmagan bo‘lardik.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’limto‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida: «Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi»,–deyilgan. O‘quvchining bilim saviyasiga qo‘yiladigan talab esa, ta’lim jarayoni oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy talab bilan belgilanadi. Shunday ekan, Davlat ta’lim standartlari, shu jumladan, ona tili Davlat ta’lim standarti ham ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talablardan kelib chiqqan holda belgilab berilgan. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini flkrlashga, o‘zgalar flkrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil flkrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. Ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o‘rtasida bajaradigan ana shu vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o‘z
faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo‘ladilar. Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsabuyumlar, voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z fikrlarini bir-birlariga ma’lum qiladilar. Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar o‘rtasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro‘yobgachiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o‘zlashtirib olish emasalan, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrniog‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash malakalariniegallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o‘rgatish bilan birga, uning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorlarini ham o‘rgatadi. Shunday qilib, ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holdaona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan–savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda DTS talabiga ko‘ra ona tili ta’limining mazmuni :
–o‘quvchining fikrlash salohiyatini,aqliy rivojlanishini, mantiqiy
tafakkurini o‘stirish;
–o‘z-o‘zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o‘z fikri va his-tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o‘rgatish.
Shunday qilib, UO‘T maktablarining 5–9-sinflarida o‘qitiladigan “Ona tili” o‘quv fani o‘quvchilarda:
o‘zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo‘yicha nutqning og‘zaki va yozma shakllaridan keng va to‘g‘ri foydalanish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berishni;
o‘zbek tilidan to‘g‘ri talaffuz, imlo va punktuatsiyaning asosiy qoidalarini o‘zlashtirib olishni;
ona tilining xazinasi bo‘lmish turli lug‘atlardan foydalana olishni;
o‘z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda, turli shakllarda ifodalayolish ko‘nikmalarini hosil qilishni;
muayyan bir xabarni yoki ma’lumotni turli shakllarda bera olish yo‘llarini;
kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan ish qog‘ozlarini yuritish ko‘nikmalarini;
yosh va malaka darajasiga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy, siyosiyasarlarni o‘rganib, ular haqidagi fikr-mulohazasini, shaxsiy munosabatini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri bayon eta olish ko‘nikmasini;
moddiy borliqni o‘rganish vauni tafakkur birliklarida ifodalashda, jamiyat a’zolari orasida muloqot o‘rnatishda ona tili va boshqa tillarning beqiyos ahamiyatini his etish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumot va amaliy ko‘nikmalar berishni asosiy vazifa qilib oladi.9
Ravish mavzusini o'rganishda, bu so'z turkumining morfologik jihatdan o'zgarmasligi, ko'proq feilarga bog'lanib, harakat, holat, ba’zan belgining belgisini bildiruvchi mustaqil so'z ekanligi haqida ma’lumot beriladi: 1. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda... (H.O.) Shahzod bolalar suhbatini nihoyatda diqqat bilan eshitdi. U ko'pgina shaharlarda bo'ldi. Yigitchasiga ishlab, mo‘maygina pul topa boshladi. Ichkarini ayollar uchun hozirladi. Ravish kelishiklar bilan turlanmaydi, shaxs-sonda tuslanmaydi, ko‘pincha, fe’lga bog'lanib, gapda hoi vazifasida keladi. Maxsus so'z yasovchi qo'shimchalarga (-cha, -ona, -larcha, -lab ) ega, shakl yasovchi qo'shimchalarni qabul qiiish ham uning grammatik belgisidir: yigitchasiga ishlab, mo'maygina pul topa boshladi.“ U ancha shaharlarda bo'ldi, hech birini o 'z diyoriga o'xshatmadi” ,— gapida ravish otga bog'lanib sifatlovchi vazifasini bajarsa, b a’zan otlasliib (ichkarini ayollar uchun hozirladi), otga xos sintaktik vazifalarni bajarib kelishini talabalar ongiga yetkazish, ularning shunday til hodisalarini amaliyotda qo'llay olishlariga erishish til o'qitish metodikasining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.O'z semantik va grammatik xususiyatlariga ko'ra ravish sanaluvchi (hozir, doim, darrov, erta, zo 'rg 'a, sal kabi) so'zlar, shuningdek, qo'shim cha orqali boshqa so'z turkumlaridan yasalgan ravishlarni (yigitchasiga, botirlarcha, ataylab ...) talabalar oson ajratadilar. Ammo boshqa so'z turkumlaridan ravishga ko'chgan so'zlarni aniqlashda ba’zan xatolikka yo'l qo'yilishini hisobga olib, bunday ravishlar izohi ko'proq amaliy mashg'ulotlarda berilgani ma’qul. 1.Bolta tushguncha, kunda dam oladi.
2. Vazifani kunda takrorla.
3. Ichkaridan hazin kuy eshitildi.
4. Hovli ichkarisidan bolalar yugurib chiqdi.
Talabalar 1-gapdagi kunda so'zi ot, 4-gapdagi hovli ichkarisidan “ot+ko'm akchi” , 2-gapdagi kunda so'zi ravish. 3-gapdagi ichkaridan so'zi ravish ekanligi haqida m a’lumot oladilar.Ravishlarning ma’no guruhlari ustida ishlash. Jadvalda berilgan ravishlarning ma’no guruhlari ustida ishlash ham talabalar lug'atini boyitishning asosiy manbai hisoblanadi. Xususan, berilgan holat ravishlari (sekin, zo'rg'a, qo'qqisdan); unda-bunda, quyida, uzoqda kabi o'rin ravishlari; bugun, hozir, tunda, hamisha kabi payt ravishlari; ataylab, qasddan, noiloj kabi sabab va maqsad ravishlari; oz, qisman, juda. g'oyat kabi miqdor-daraja ravishlariga m a’nodosh va uyadoshlar tanlash, har bir guruhdagi so'zlarning m a’no nozikligi ustida ishlash, bu so'zlar yordamida gap tuzish va matn yaratish kabi amaliy ishlardan foydalanish mumkin.
Ravishlarning yasalishi ustida ishlash. Ravishlarning yasalishini o'rganish jarayonida ularning yasovchi qo‘shimchalar va so'zlarni qo'shish orqali hosil bo'lishiga e ’tibor qaratiladi. Birinchi yasalish, morfologik usul bo'lib, -lay (-layin), butunlay, - dek (-day) qushday, oydek, -ona(fidokorona), - siz(to'xtovsiz), - ligicha (xomligicha), - lab (yaxshilab), - cha (yangicha), - larcha (alplarcha),- n,(- in) yashirin, - ligicha (butunligicha), - an (asosan), - chang (sarpoychang), - incha (ko'pincha) kabi qo‘shimchalar yordamida ravishlar hosil qilinadi. Ikkinchi yasalish, sintaktik usul, bunda asosan, qo'shma va juft ravishlar yasaladi: u, bu, shu, oimoshlari bilan ishlatiladigan ravishlar: u yoqqa, bu yerga, shu yerda; -har, hech, hamma oimoshlari bilan ishlatiladigan ravishlar: har vaqt, hech qachon, bir talay; allaqachon, allavaqt, unda-bunda kabi, alia + so'roq olmoshi (allakim) alia + ot (allavaqt) kabi.
Juft ravishlar: yaqin m a’noli so'zlardan: ochiq-sochiq, eson-omon; zid ma’noli so'zlardan, takroriy ravishlardan hosil bo'ladi: erta-kech, yurtma-yurt, tez-tez , kula-kula..,
Ravishlar sifat so'z turkumi kabi darajalanishi mumkin.Masalan: tez, tezroq, juda tez, bag'oyat tez, jadal ishladi...v.h. Tez yurib kelayotgan yigitcha bizni ко'rib, qadamini yanada jadallatdi. Ravish ma’no guruhini o'rganish jarayonida talabalar so'z boyligini oshirish quyidagi uch yo'nalishda olib borilishi mumkin. 1. O‘rin-payt, holat, tarz m a’no guruhlariga xos ravishlardan namunalar berish va mazkur ro'yxatni mustaqil davom ettirish.Namuna: endi, orqa, ancha, keskin, awal, o'ng, picha, bosiq.
2. Berilgan ravishlarga ma’nodoshlar, uyadoshlar va zid ma’noli so'zlar topish, Ulardan so'z birikmalari hosil qiiish:Namuna: arang-zo‘rg ‘a tez-sekin bosiq-vazmin о ‘ng-chapyuqori-past orqa-old
3. Qo'shma va juft ravishlar hosil qilish. benihoya qiyin , har doim; ancha-muncha, baland-past
4. “sifat + ligicha”, “son + lab”, “sifat + larcha” so‘z qoliplari asosida ravishlar hosil qilish va ular m a’nosini sharhlash ham nutq mahoratini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Hosil qilingan yasama ravishlar yordamida so‘z birikmasi, gaplar qurish, matn yaratish singari ijodiy amaliy ishlar talaba lug‘atini boyitishga, nutqiy mahoratni oshirishga yordam beradi.
5. Berilgan ravishlar asosida matn tuzish ustida ishlash ham yaxshi samara beradi.Ravishlarning yasalishini o ‘rganish jarayonida -larcha, -lab, -ona, -an , -chasiga, -ligicha, -lay, -incha qo'shimchalari yordamida so'zlar hosil qilish, berilgan so‘zlardan qo‘shma va juft ravishlar (biroz, hardam, ochiq-oydin, yalab-yulqab) yasab, ular yordamida so‘z birikmalari hosil qilish (soddaligicha qolmoq, yigitchasiga gapirmoq, biroz kechikmoq, yalab-yulqab ko'rishmoq...), badiiy bo'yoqdor gaplar qurish singari amaliy- ijodiy ishlar o‘quvchi nutqini ravishlar bilan boyitishga yordam beradi.Mazkur mavzuni o'rganishda ajratib va qo‘shib yoziladigan qo‘shma ravishlar, juft va takror ravishJar imlosiga e’tibor berish, ularni alohida- alohida guruhlarga ajratish, har bir guaihni mustaqil davom ettirish kabi amaliy-ijodiy ishlar talabalarning imlo savodxonligini oshirish va nutqiy rivojlanishini ta’minlash uchun muhimdir.Xulosa shuki, ravish so‘z turkumini o'rganishda talabalar so'z boyligini oshirish imkoniyatlari benihoya ko'p. O'rganilayotgan o'quv materiali- ning o'ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, mavjud intellektual hamda stilistik imkoniyatlarni hisobga olgan holda ulardan o'rinli va unumli foydalana olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |