Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

51 



library.ziyonet.uz/ 

 

Har qanday ulugʻ san’atkorning she’rida soʻz uning oʻzi aks ettiripshi istagan fikr va 



tuygʻudan bir necha hissa ortiq ma’nolarni ifodalaydi. Shuning uchun haqiqiy she’rning 

gʻoyaviy-badiiy tarkibida hamisha nimalardir sir boʻlib, allaqanday ma’no gavhari 

yashirinligicha qolaveradi. Eng zukko she’rshunosning ham tahlil imkoniyati cheklangan. 

Chunki u har qancha urinmasin, soʻzning majoziy mohiyatini barcha rang, ohang 

tovlanishlari bilan idrokdan oʻtkaza olmaydi. Birdaniga bir necha ramziy mazmunlarni 

tarkibiga birlashtira olgan she’r — chinakam she’r. Navoiyning gʻazali shu da’voning 

yorqin isbotidir. Uni oʻqigai bugungi oʻquvchi qanday xulosalarga keladi. Taxminan 

bunday: Shoirni «ulus» juda bezdirgan ekan-da, qanot chiqarib qochishni koʻzlabdi. Shoh 

unga iltifot koʻrsatganida, balkim u «xaloyiq suhbatidin mint gʻam»ga giriftor 

boʻlmasmidi. Bunga sabab oʻsha jaholatli zamon, adolatsiz feodal tuzum va h. k. 

Gʻazalning shaxs va zamon oʻrtasidagi ziddiyatlardan mulohaza qoʻzgʻagani yaxshi, 

albatta. Lekin bu shoirning qoʻliga qalam tutqazgan asosiy dard yoki bosh maqsad emas. 

 

Turkiy tasavvuf she’riitining buyuk vakili Yunus Emro husni mutlaq oshiqlari tilidan: 



Ishqing oldi mandan mani, 

Manga san keraksan, san! 

Jismim yonur kecha-kunduz, 

Manga san keraksan, san! 

—deb aytgan. Ilohiy «muhabbat bahrining gʻavvosi» boʻlgan yurak faqat tavhid zavqiga 

muhtojdir. Uni Haqdin boshqa «na borliq», na «yoʻqlik» — hech nima sevintirmaydi. U 

tahayyul va vahdat mayidan mast, halqu olamdan qochib, «koʻngul taxtining shohi»— 

Haq dargohiga uchmoq shavqida yonadi, Navoiy gʻazalida ham «Man»likdan kechib, 

«San»likka yuz burgan lirik qahramonning sirli kechinmalari, olami gʻayb sori parvozi 

tasvirlangan. 

Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yoʻl boʻrtoq, 

Bu yoʻlda salb etib oʻzlik yukin, oʻzni sabukbor et, 

— deydi Navoiy boshqa bir oʻrinda. Yuqoridagi gʻazal qahramoni «oʻzni sabukbor» eta 

olgani uchun ham «uchib qochmoq» niyatiii ochiq izhor qilgan: 

Parim boʻlsa uchub qochsam ulusdin to qaiotim bor, 

Qanotim kuysa uchmogʻdin, yugursam to hayotim bor. 

«Parim boʻlsa» demoq bilan odamda par paydo boʻla qolmaydi. «Uchub qochsam» 

deyish ulusdan qutulish chorasi emas. «Qanotim kuysa...» Darvoqe, qanot iimadan 

kuyadi? Quyosh otashidanmi? Yoʻq, husn quyoshining nuridan. Navbatdagi baytni oʻqib 

anglaymizki, lirik «Men» «Parim boʻlsa uchub qochsam...» deya asossiz soʻzlamagan 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish