Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

22 



library.ziyonet.uz/ 

 

Gʻam tuni koʻhi balosidin magar boʻlmish xalos, 



Kim meningdek koʻrguzur ruxsorai chui koh subh. 

Koʻhi balo — balo togʻi, ruxsora — yuz, koh — somon. Oshiq iztirob chekishdan, balo 

togʻining yukini tortishdan ranglari somonday sargʻaygan. Bu ahvol tongning boʻzarib 

oqarishi orqasidan quyosh nurlarining oltin (sariq) rangda koʻrina boshlashi bilan 

qiyoslangan. Aftidan, tong ham men kabi ayriliq gʻamining balosidan xalos boʻlibdi, 

chunki somonday sargʻaygan yuzini koʻrsatmoqda, deydi oshiq. Togʻ balosidan xalos 

boʻlish quyoshning togʻ ortidan chiqib kelishiga ishora hamda quyosh tunda ufq ortida

togʻlar keyinida bandi boʻladi, ertalab yana qutulib yoʻlga chiqadi, degan qadimiy 

tasavvurga vobasta tasvir bu. Navoiy subh (tong)ni bir shaxs sifatida jonlantirib, uni lirik 

qahramon holati bilan qiyoslashni davom ettirgan. 

 

«Balo» — ilohning imtihonlari, solik yoʻlida uchraydigan qiyinchiliklar, «balo togʻi» 



shunga muvofiq — tariqat yoʻlida uchraydigan imtihonlarning eng ogʻiri demak. Mazkur 

baytda koʻh va koh (tong va somon) soʻzlarini zid qoʻyish (tazod san’ati) ham bor. Oshiq 

oʻzining darddan yuzi sargʻayganini aytish bilan birga ilohiy qudrat, zoti azaliy va uning 

imtihon-balolarining behadligi oldida zarra misol kichik va haqir ekanini ham ta’kidlaydi. 

Shu tariqa, solikning maqomot sari intilishlaridagi ikkilanishlar, mushkilotlar, imtihonlar 

qiyinchiligi va ularni yengib oʻtish uchun irodani chiniqtirish ishtiyoqi aks etadi bu 

baytda. 

 

Sakkizinchi bayt: 



Subhidam bedoru giryon boʻl, agar fayz istasang, 

Kim sening uyqunga xandon oʻlmasun nogoh subh. 

Gʻazalning orifona mazmuni bu baytda yana ham ochiqroq ifodalangan subh ilohiy fayz 

timsoli ekanini shoir oʻz tili bilan bayon etgan. Bunday fayzga tunlari bedor oʻtirib, toat-

ibodat bilan shugʻullangan, iloh ishqida kuygan, oʻrtangan dardli odamlargina erishadilar. 

Navoiy davrida ilohtalab darveshlar, orif solihlar dunyo rohatidan voz kechib, ma’naviyat 

sirini kashf etish uchun kechalari uxlamay, zikr aytib chiqar, butun vujudlari, qalb-

shuurlarini shu maqsadga qaratib, sidqidildan mutlaq ruh sari iitilganlar. Natijada 

ularning koʻngillari ravshanlashib, zavqu surur topar, zehnlarida ma’rifat tongi 

yorishardi. Ma’naviyat olami oshiqlari Navoiy vasf etgan haqiqiy oshiqlardir, ular 

shoirning ideal obrazlari, ezgulik farishtalari edi. Shuning uchun u oriflar gʻoyasini jonu 

dildan targib etib, deydiki: agar ilohiy fayz istasang, erta saharda uyquni tark et, xudo 

yoʻlida bedor va giryon boʻlgin (baytda giryon va xandon — kulib va yiglash soʻzlari zid 

qoʻyilgan), gaflatda yotma, boʻlmasa, fayzdan benasib qolasan — toig seiing ahvolingga 

kuladi. Kamolot istagan odam tongday uygʻoq, tongday pok boʻlishi lozim. 

 

Va nihoyat, toʻqqizinchi bayt: 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish