Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

21 



library.ziyonet.uz/ 

 

ohim tutuniyu hajrim shiddatidan oʻzi ham qora rangga boʻyaladi». Dunyo ishlari, 



moddiy olam talablariga qarab yuraversang — tongni ham sezmaysan, ilohiy nur ham 

qorongʻilikni yorib oʻtolmaydi. 

 

Beshinchi bayt: 



Tiyra shomim daf’ qildi mehr zohir aylabon, 

Yaxshi bordi mehribonliklarda shay’illoh subh. 

«Mehr» bilan «mehribonlik» soʻzlari oʻzaro tajnis — soʻz oʻyinini tashkil etgan: 

mehrning bir ma’nosi quyosh, yana bir ma’nosi esa muhabbat, mehr. «Shay’illoh» — 

Allohning karomati, ne’mati demak. Baytning mazmuni: «Xudoning ne’mati boʻlgan 

tong mehribonlik koʻrsatib, yaxshi natija olib keldi, qorongʻi shomimni daf’ etib, 

quyoshni boshlab keldi». Va yana: «Vahdat nuri ziyosi — tong barakatidan kasrat — 

dunyo shugʻli koʻnglimdan ketdi, koʻnglim tozalandi, ilohiy nur chashmasi — quyoshga 

yetishish imkoni topildi». 

 

Oltinchi bayt: 



Xushdurur jomi sabuh, ey shayx, sen ham ichgasen 

Tutsa may soqiy boʻlib bir mehryuzlik mohe subh. 

Bu baytdagi «mehr» soʻzi boshqa ma’noda, ya’ni mashuqa sifati boʻlib kelgan. Shoir 

umumlashma tasvirlardan bir qadar aniqroq tasvirga koʻchadi, yuzi quyoshday porlagan 

sohibjamol soqiy haqida yozadi. Lekin bu bilan Navoiy gʻazalning orifona, botiniy 

ma’nolarini davom ettirishdan voz kechdi, deya olmaymiz. Aksincha, an’anaviy tamsillar 

— soqiy, jom, may soʻzlari shoir aynan ilohiy muhabbat haqida gapirayotganini bildirib 

turadi. Bu baytda yana bir an’anaviy obraz bor — bu shayx obrazi. Shayxni shoir bu 

oʻrinda taqvodor shaxs, zohid ma’nosida qoʻllagan, aslida esa shayx komil inson, piri 

murshid ma’nosida ham keladi. Mashhur soʻfilarning koʻpi shayx deb e’tirof etilgan. 

Navoiy oʻzlarini bilimdon hisoblab, oriflarning botiniy olamidan bexabar, zavqu 

shavqdan mahrum dunyoparast shayxlarni nazarda tutgan. Shunday qilib, baytning 

ma’nosi: «Ey taqvodor shayx, tong payti komil inson ma’naviyotdan soʻz boshlasa yoki 

Qur’on tilovat qilsa, ilohiy kashf zuhurroti, mushohada sarxushligida muhabbatga limmo-

lim yuragidan roz aytsa, sen ham quloq sol va sarxush boʻl, chunki tonggi suhbatning 

sururi oʻzgacha, lazzatli, benihoya va yoqimli». Nega bunday ma’no kelib chiqdi? 

Chunki, tasavvuf talqinida jom — «ilohiy tajalliyot mavji va bepoyon nurning porlashi» 

(Mir’ot-ul ushshoq»), soqiy — «fayz manbaikim, vujud zarrotini borliqning bodasidan 

sarxush qilgandir» («Mir’ot-ul ush-shoq»), may — «gʻalaboti ishq» (Sajjoddiy, 400), 

«ilohiy tajalliyot... («Mir’ot-ul ushshoq»), ya’ni: mehryuzlik soqiy — orif inson ilohiyot 

tajallisining fayzidan tongda boda tutsa, ey shayx, sen ham ichishing muqarrar. 

 

Yettinchi bayt: 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish