Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

10 



library.ziyonet.uz/ 

 

Sukun topgʻon vujudi, maydin oʻzga qaydadur bori? 



Quyosh aksimudur hayvon suyida yo koʻrunmishdur 

Ravonoso may ichra soqin gulchehra ruxsori. 

Fano dayrin koʻngul istarki, bir-bir piri dayr elga 

Tutarda boda, shoyad, jur’aye sungay bizing sori. 

Navosidin fano chun hosil oʻldi, qilgasen ey ishk, 

Navoiy rishtai jonin muganniy udining tori. 

Xoʻsh, bu gʻazalda qanday gʻoya ifodalangan? May va uningʻ mohiyatlarini ta’riflashdan 

murod nima? 

 

Oʻz-oʻzidan ayonki, Navoiy zikr etgan may biz tasavvur qilgan yoxud bilgan ichimlik 



emas. Shoir sira ham buni nazarda tutmagan. Bil’aks, oʻta taqvodor va poqdomon 

boʻlgan Navoiy zamonasining ishratparast, mayxoʻr kishilarini qahru gʻazab bilan tanqid 

ostiga olib, sharobni «ummul chabois», ya’ni barcha yomonliklar, falokatlar onasi deb 

e’lon qilgan. «Hayrat-ul abror» dostonida boʻlsa, badmastlarning masxarali hajviy 

qiyofasini yaratib, ularni elga sharmanda etgan. Ushbu gʻazalda shoir mayni ilohiy ishq 

— ma’rifat, donish ishtiyoqining avji qiyomi, Yor jamoli mushohadasidan oshiq dilida 

paydo boʻlgan kuchli zavq — ilhomning, behad xursandlik, sururning ramziy ifodachisi 

sifatida qoʻllagan. Xumor boʻlish, mayparastlik ham bu yerda shunga muvofiq. Bu buyuk 

nur chashmasidan huzurlanish, visol bexudligi, hayot tabiat zeboligi hamda aql va 

tafakkur yetmaydigan, ammo koʻngil bilan his etiladigan Mutlaq ruh moʻ’jizoti jilvasidan 

bahramandlik va shunga talpinish sarxushligidir. Chunki Navoiy e’tiqod qoʻygan falsafiy 

ta’limotga binoan, olam azaliy va abadiy yagona ruhning oʻz-oʻzini sevib, oʻz jamolini 

tomosha qilish istagidan paydo boʻlgai koʻzgudir. Virlamchi qudrat porlashidan taralgan 

nur bu koʻzguda aks etadi, ya’ni moddiy dunyodagi jamiki mavjudot va mahluqot — 

zarradan quyoshgacha, yeru koʻk, sobutu sayyora shu iur bilan yoritiladi, shu nur tufayli 

harakatlanadi, muayyan uygʻunlik ichra rivojlanib turadi. Bu ilohiy tajallini shoirlar may 

timsolida qabul qilganlar. Moddiy dunyo esa, shu tasavvur boʻyicha, jom yoki qadahdir. 

Dunyoning rango-rang tovlaiishlari, oʻzgarish, yangilanishlar, tabiatning turfa siru asrori, 

hodisa-ashyolari, bahoriy uygʻonish, chunonchi, daraxtlarning koʻkarib, gullab meva 

bogʻlashi, dashtu daraning oʻt-oʻlan bilan qoplanishi, qushlariing mast boʻlib sayrashi, 

boringki, hayotning barcha nash’u namosi, gurkirab koʻringan iafosat toʻfoni shu may 

ummonining mavjlanishi, koʻpirishi deb tushuntirilgan. Inson ham mazkur koʻzguning 

bir boʻlagi, lekin ruhi mutlaq eng koʻp aks etgan hilqat. Chunki u xoliqiyatning sarvari va 

ganji gavhari, ya’ni «ikki olam iste’dodiiing jamuljami» (Bedil). Inson ruhi shu bois 

tinimsiz ravishda oʻz manbaiga qarab intiladi. Bu intilish dunyoning oʻzini idrok etish va 

oʻz-oʻzini anglab yetish orqali sodir boʻlgani sababli inson olam hodisalari goʻzalligini 

mushohada etib, cheksiz hayratlaiadi. Hayrat esa ashyo-hodisalarni bilib olish qiziqishini 

kuchaytiradi. Shu tariqa, kishi mohiyat-haqiqatni bilish ishtiyoqi bilan yonib, borgan sari 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish