Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
9
library.ziyonet.uz/
T
IMSOLLAR
T
IMSOLI
Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta’limotini yaxshi bilmay
turib, Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy
teranligʻi bilan toʻliq holda toʻgʻri, haqqoiiy yoritib berish mushkul. Oʻttizinchi
yillardayoq Oybek bunga e’tiborii qaratgan edi. Ammo, nazarimda, bu masala hamon hal
boʻlmasdan dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hozir ham ulugʻ shoir asarlarini
«kerakli» va «keraksiz» qismlarga ajratish, orifona maemundagi she’rlarini nashrlardan
soqit qilib, el koʻzidan yashirish, «payqamasdan» tadqiqotlarga kiritmaslikka moyillik
davom etmoqda. Ba’zan esa, soʻfiyona ma’nolarni anglab yetmaganimiz sababli,
Navoiyning ramziy ibora-istioralarini haminqadar talqin etib, oʻquvchilarni chalgʻitib
kelmoqdamiz. Bu hol Navoiy dahosini, olamining bepoyonligi va ulugʻvorligini
muazzam salohiyati ham koʻrkamligi bilan idrok etishga xalaqit beradi. Vaholanki,
Navoiy merosi — yaxlit bir adabiy borliq, bebaho ma’naviy xaziia. Va yana muhimi
shundaki, shoirniig oʻlmas gumanizm bilan koʻkargan hayotbaxsh gʻoyalari «dunyoviy»
asarlarida qanday porlab tursa, biz bir chekkaga olib qoʻymoqchi boʻlgan «ilohiy»
asarlarida ham shunday kuch bilan nur taratib turadi. Zotan, ular zohiriy jihatdan
shunday, aslida esa, botiniy ma’nolari mohiyatiga koʻra bir xil falsafiy-tasavvufiy
qarashlar silsilasiga borib taqaladigan oʻzaro uzviy aloqador asarlar boʻlib, birini
ikkinchisisiz tushunish qiyin. Bas, shunday ekan, shoir asarlarida uchraydigan ishq, may,
mayxona, xarobot, soqiy, sogʻar, qadah, xum, koʻngil, mahbub singari koʻpdan koʻp
kinoya-timsollar, ramziy ma’noli soʻzlar va ular zaminida yotgan yashirin ma'nolar asrori
hamda uning ijodi yaxlit bir butunlikda olib tekshirilib, olam va odam haqidagi
mushohada-muloxazalari ichida sharhlansagina, mazmuni kerakli darajada ochiq
oydinlashishi mumkin. Masalan, quyidagi gʻazalni olaylik:
Kamand uchiga yetkurmas gʻamu andesha ayyori,
Viyik chokmish magar mayxona tomin sun’ me’mori.
Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast oʻldum,
Suvalmishdur magar may loyidin mayxoia devori.
Toʻla kub ogʻzi may, xurshidedur, goʻyo teng ochilmish
Chekardi bu iki xurshid davrin sun’ pargori.
May ichmish xonaqah shayxi, xarobot ahli aysh aylang,
Ki, chiqmish bahya urgʻon xirqasidin mablagʻi kori.
Koʻringan mosivo budi emas, balki namudidur,
May ustida hubobu mavj shaklining namudori.
Hubobu mavj may tahrikidin zohirdurur, lekin
Do'stlaringiz bilan baham: |