Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

e’tiborga olsak, jon jismga qarama-qarshi oʻlaroq doimo harakatdagi narsa deb qaralgani 



ma’lum boʻladi. Shuning uchun u jism bilan kurashadi, oʻz asli — mutlaq ruhga borib 

qoʻshilishga intiladi, deya talqin qilingan. «Jonim ogʻzimga keldi», «jon rishtasi», «joni 

kirdi» qabilidagi xalq iboralari ham shu tasavvurlar ta’sirida tugʻilgan. Mazkur 

tasavvurlar, shu bilan birga, abadiy hayot haqidagi, Masih (Iso), Xizr toʻgʻrisidagi 

armonli rivoyatlarning yaratilishiga ham sabab boʻlgan. Goʻyo Masih oʻz nafasi bilan 

oʻlgan odamni tiriltirar, Xizr boʻlsa obi hayot — tiriklik suvini topib ichgani uchun 

mangu yashab, odamlarni ezgulik manbaiga yetaklar emish... 

 

Alisher Navoiy tasvirlagan oshiqning sevgan yori xuddi shunday nafasli kishi, uning 



lablari oʻlikka ham jon bagʻishlay oladi, bu lablardan oʻpgan oshiq abadiy hayot topadi. 

Faqat bu emas. Jonon lablarining har biri alohida-alohida sehr koʻrsatish qudratiga ega va 

sohirlik ishida ular gʻoyat inoq-ittifoqdirlar. Qisqasi, gʻazalning ushbu rivoyatga 

asoslangan birinchi baytining mazmuni bunday: «Jonginam, lablaringning har biri oʻlgan 

odamni tiriltirishda jon oʻrnidadir, ular ikkovi bu ishda juda inoqdirlar». Baytdagi 

«jonon» soʻzining inoq, ittifoqdan tashqari, yana bir — jonga jon, jon berib jon olish 

degan qadimiy ma’nosi ham bor. Masalan, urushda fidoyilik koʻrsatgan kishilarga 

nisbatan shunday deyilgan. Navoiy gazalga bu ma’noni ham singdira olgan: jononning 

ikki labi oshiqqa jon bagʻishlashda bir-biri bilan tortishib, bahslashadi — biri jon olsa, 

ikkinchisi jon ato etadi. Ha, bu yor diydoriga mushtoq, koʻngli muhabbat bodasi-la 

limmo-lim odam uchun tabiiy holdir. Oshiq jonon yodida shunchalik aziyat chekadiki, 

oʻzining bor-yoʻqligini unutib qoʻyadi, biroq jonon huzuri, visol uni qayta oʻziga 

keltiradi, tiriltiradi. Visol lahzasidagi bu ruhiy holat, qoniqish, yor lablaridan olingan 

boʻsaning lazzati jonga beqiyos huzur bagʻishlaydi. Jon jonon bilan qovushib, yoʻq-yoʻq, 

birlashib ketadi. Ular orasida hech qanday farq qolmaydi: jon — jononga, jonon esa — 

jonga aylanadi. Ya’ni: «Jonim jonondan shu darajada toʻyib qoniqdiki, qaysisi jon, qaysi 

biri jonon ekanini bilmay qoldim — jon boʻlsa, jonon qani, jonon boʻlsa, jon qani?» 

Birinchi baytning bevosita davomi boʻlmish ikkinchi baytiing mazmuni shundan iborat. 

 

Muhabbat qiyomida oshiqning «budu nobudu teng boʻlib» qolishi, jonon jilvasida erib 



ketishi Navoiy ijodida koʻp marotaba uchraydigan xush tasvirlardan. Chunonchi, shoir 

boshqa bir gʻazalida bunday deydi: «Yor budi ichra nobud oʻlgʻamenkim, oʻrtada 

oʻzgalikdan demakim, oʻzlikdan osor qolmagʻay». Ishq tariqati shuki, agar bu yoʻlga 

kirgan odam haqiqiy oshiq boʻlsa, u oʻzini ma’shuqaning bir boʻlagiga aylantirishi, orada 

«u» — «men» degan farqlanishga oʻrin qoldirmasligi kerak. Axir, visol chogʻida yuz 

beradigan muhabbat qiyomi «Oʻzni unutish va mahbubdan ayri tasavvur qilmaslikdir» 

(Shoh Inoyatullo, «Kashful mahjub», 19-bet). Bu oshiqni beqaror orziqib kutgan dam, 

uning uchun oliy mukofot. Chunki oshiqning koʻngli va joni tinimsiz ravishda jononga 

qarab intiladi, jononsiz yashashni doʻzax azobi deb biladi. Zotan, jononsiz jonning unga 

keragi yoʻq. Jononsiz jon tanni ham qiynoq va uqubatlar girdobiga soladi. 

 

Jonning doimiy suratda jononga talpinishi, visolga tashnaligini insonning oʻz Idealiga, 



butun fayzu fazilati, pok axloqi, ichki ma’naviy dunyosining koʻrkam, nurafshonligi bilan 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish