Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

uchinchi shakli 
dinamik kinestetik praksisning yetarli 
emasligi bilan bog’liq. Bu bosh miyaning dominant yarimsharlari qobig’ining motor 


sohasining 
pastki 
bo’limlari 
jarohatlanishida 
kuzatiladi. 
Kinestetik 
praksis 
kamchiliklarida murakkab affrikat tovushlarining talaffuzi qiyinlashadi. 
Topshiriq bo’yicha harakatlarni ketma-ketlikda bajarishda qiyinchiliklar namoyon 
bo’ladi. 
Qobiqli 
dizartriyaning 
ikkinchi 
va 
uchinchi 
shakllarida 
tovushlarni 
mustahkamlashda qiyinchiliklar kuzatiladi. 
Ekstrapiramidali dizartriya 
(qobiq osti dizartriya). 
Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va differensial harakatlarni bajarish imkonini 
beruvchi tayyorgarlik foniniavtomatik tarzda yaratadi. U mushaklarning tonusini, 
mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va harakatchanligi boshqarishda alohida 
o’rin tutadi va harakat aktlarini emotsional ifodali, avtomatik tarzda bajarishni 
ta’minlaydi. 
Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi: 
– nutqiy mushaklarda mushak tonusini o’zgarish; 
– zo’riqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar);
– nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari;
– emotsional – harakat innervatsiya kamchiliklari. 
Ekstrapiramidali dizartriyada artikulyatsiya apparati mushaklarining harakatlari 
hajmi psevdobulbar dizartriyadan farqli ravishda yetarlicha rivojlangan bo’ladi. Bola 
doimo o’zgaruvchi mushaklar tonusi va zo’riqishli harakatlar ta’sirida artikulyatsiya 
holatini his etishga va bajarishga qiynaladi. Shuning uchun, ekstrapiramidali 
dizartriyada ko’p hollarda kinestetik dispraksiya kuzatiladi. Nutq mushaklarini tinch 
turgan holatida mushaklarning yengil tebranishi (dispgoniya) yoki uning ma’lum 
ma’noda pasayishi (gipotoniya) kuzatilishi mumkin. His-hayajonli, ta’sirchan holatlarda 
nutqiy bayonni amalga oshirishda urinishlarda mushaklar tonusini va zo’riqishli 
harakatlarning ortishi kuzatiladi. Til tuguncha bo’lib, ildizi tomon tortiladi, juda tez 
zo’riqadi, tortiladi. Ovoz apparati va nafas mushaklari tonusining ortishi tovushni 
ixtiyoriy tarzda chiqishini yo’qotadi va bola bittagina tovushni ham talaffuz eta 
olmaydi. Mushak tonusining yaqqol namoyon bo’lgan kamchiliklarida nutq noaniq, 
tushunarsiz, ovoz manqalarining ega bo’lib, nutqning ma’no tomonida, uning 
intonatsiyail-ohangli tuzilishida, tempida kamchiliklar kuzatiladi. Nutqning emotsional 
belgilari namoyon bo’lmaydi, nutq monoton, bir xil bo’ladi. Ovozni «O’chib qolib», 
tushunarsiz ming’illashga o’tishini kuzatish mumkin. 
Ekstrapiramidali dizartriyaning xususiyatlari – bu tovush talaffuzini turg’un va bir 
xil 
ko’rinishdagi 
kamchiliklarining 
kuzatilmasligi, 
Shuningdek, 
tovushlarni 
mustahkamlash jarayonining qiyinchilik bilan amalga oshirilishidir. 
Ekstrapiramidali dizartriya ayrim hollarda neyrosensor karlik kabi eshitish 
kamchiliklari bilan birgalikda keladi. Bunda avvalo, balanda tonlarni eshitish 
zararlanadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish