orqa miya chegarasida piramida yo’li o’ng va chap tomonlari tolalarining katta qismi
bir-birini kesib o’tadi va orqa miyaning periferik harakatlantiruvchi
neyronlar
hujayralrida tugaydi.
Agar periferik paralichda barcha ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar buzilsa,
markaziy spastik paralichda avvalo ixtiyoriy harakatlar zararlanadi, ixtiyorsiz harakatlar
esa saqlanishi mumkin. Piramida yo’llari tolalari kontakt yo’lini hosil qiladi. Shuning
uchun ularning shikastlanishida asosan bitta ko’p hollarda ikkita qo’l-oyoq qismi
harakati eng nozik va differensiallangan qo’l barmoqlarining harakati buziladi.
Piramida yo’lining bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi yadrolariga po’stloq
impulslarini tashuvchi tomonlariga kartikonuklear yoki kartiko – bulbar deyiladi.
Ularning shikastlanishida yuzaga keluvchi mus-kullar paralichi markaziy spastik
paralich xususiyatiga ega. Sust bulbar paralichlardan farq qilib, bu paralichlar
psevdobulbar
deyiladi.
Bosh miya nervining ko’pchilik harakatlantiruvchi
yadrolarining ikki yoqlama
po’stloq innervatsiyasi Shuni aniqlab beradiki, kartikonuklear yo’llarning bir yoqlama
zararlanishi chaynash, yutish, tovush hosil bo’lishida jiddiy funksional chetga chiqishini
keltirib chiqarmaydi. Bunday buzilish ko’rtikonuklear yo’llarining ikki yoqlama
shikastlanishda sodir bo’ladi. Bunda til muskuli va yuzning pastki qismi muskulining
markaziy spastik paralichi e’tiborga olinmaydi, bu muskullar miyaning qarama-qarshi
yarim sharidan keluvchi kirtikonukleor tolalar bilan innervatsiya qilinadi. Ammo
psevdobulbar
dizartriya simptomlari, shuningdek, chaynash, yutish va tovush hosil
bo’lishining buzilishi, odatda, til osti va yuz nervlarining ikki yoqlama paralichi
mavjudligi natijasida rivojlanadi.
Shuninig uchun bir yoqlama miya markazining zararlanishi psevdobulbar
dizartriyani chaqirishi mumkinmi degan savolga ko’p mualliflar yo’q
deb javob
beradilar.
Psevdobulbar paralichning klinik ko’rinishining muskullar tonusi va tilning faol
harakatini tekshirib borish misolida kuzatishimiz mumkin. Agar bemorning og’zi ochib
ko’rilganda til muskullar atrofiyasi yo’qligini ko’rish mumkin. Til, odatda, orqaga
tortilgan, o’rta qismi ko’tarilgan va yutqinga kirish yo’lini berkitib turgan bo’ladi.
Odatda, bemorlar tilini og’iz bo’shlig’idan chiqara olmaydilar.
Tilni oldinga chiqarib qilinadigan harakatdan til uchini burunga qarata
chiqarilgandagi harakat kuchliroq buziladi. Bemor talab qilinayotgan harakatni tilning
oldingi qismini pastki lab va pastki jag’ bilan passiv ko’tarishi hisobiga bajarish
mumkin. Bunda til taranglashgan bo’lib, til uchi yuqoriga qayrilmaydi va yuqorigi lab
terisiga tegmaydi, tez holdan toyish sodir bo’ladi va til
sekin-asta yoki silkinishga
o’xshab og’iz bo’shlig’iga kirib ketadi.
Bemorlar uchun boshqa harakatlarga nisbatan til uchining iyakka qarata qiladigan
pastga harakati birmuncha osonroqdir. Biroq tilning eng pastki uchi pastga egilmaydi
va iyak terisiga tegmaydi. Tilning yon tomonga qiladigan harakati, ayniqsa og’iz
bo’shlig’idan chiqarilganda ham kichik amplituda bilan xarakterlanadi, buning ustiga til
butun massasi bo’ylab joylashadi, bunda taranglashgan til uchi yon tomonga harakat
qilmaydi.
Tilning paretik muskullari va shu bilan bir qatorda boshqa nutq apparatining
muskulli organlarining harakatining hajmi va kuchining bunday kamayishi albatta nutq
jarayonida namoyon bo’ladi. Kasallar ovozi kuchsiz, eshitilmas bo’ladi va so’nib
boradi. Bunda har doim birinchi bo’lib, nozik va murakkab
artikulyatsion tovushlar
zarar ko’radi.
Karlep /1960/ yutqin muskullarining spastik qisqarishlarida nutqiy paylarning
chetlari bilan bir-biriga zich taqalishi va juda kuchli harakatlangan bo’lishiga, nutqiy
bo’shliqdan yuqorida qo’shimcha shovqin paydo bo’lishiga e’tibor beradi. Shuning
uchun tovush faqatgina kuchsiz bo’lmay, bo’g’iq va xiralangan bo’ladi degan fikrga
keladi.
Til-yutqin, adashgan va til osti nervlarining paralichi yoki markaziy parezlarida
odamda asosiy rezoratorlar – yutqin va og’iz bo’shlig’ining rezonatorik hususiyatlari
tez, qattiq o’zgarib qoladi. Bo’yin, yutqin, tomoq, yumshoq tanglay va til
muskullarining spastik holati yutqinning rezonatorlik faoliyatiga yo’l bermaydi.
Spastik taranglashgan til og’iz bo’shlig’iga – tomoqning orqa devoriga suriladi, bu esa
ma’lum yomon holatlarga olib keladi.
Birinchidan, til o’zagining orqaga joylashishi
yutqin yo’lini bekitib, tomoq-yutqin bo’limining hosil bo’lishiga imkoniyat bermaydi.
Ikkinchidan, yutqinning ovoz to’lqinlarini to’plash va og’iz bo’shlig’iga berish
xossasini kamaytiradi va ovoz to’lqinlarini burundor modikulyatsiyasi uchun sharoit
yaratiladi.
Manqalikning kelib chiqishida yutqinning yuqori qismidagi muskullar spastikiliga
va yutqin-og’iz va yutqin-burun bo’shliqlari razmerining kattaliklari o’zgarishlarining
ahamiyatini Cereene /1957/ ko’rsatib o’tadi. Muallifning nuqtayi nazaridan bu faktorlar
havoning burun orqali to’g’ri chiqib ketishiga qaraganda ahamiyatliroqdir. Bu fikrni
Berry va Eisensein /1956/ ham tasdiqlashadi.
Psevdobulьbar dizartriya shartli ravishda 3 darajaga ajratiladi: yengil, o’rta, og’ir.
1.
Psevdobulьbar dizartriyaning yengil darajasi artikulyatsion nutq apparat
harakatlarida qo’pol buzilishlarning yo’qligi bilan xarakterlanadi.
Bunda asosiy
artikulyatsion qiyinchilik til, lablarda harakatni tez va aniq bajara olmasliklarida
seziladi. Bunday bolalarda talaffuz kamchiliklari asosida artikulyatsion harakatlarini
aniq tez bajara olmasliklari natijasida yuzaga keladi. Nutq birmuncha sekinlashgan
bo’ladi. Arti-kulyatsion jihatdan qiyin bG‘lgan tovushlar:
Do'stlaringiz bilan baham: