Ayupova M. Yu



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

I BO’LIM 
 
LOGOPEDIYA FANINING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI 
 
 
I BOB. LOGOPEDIYA FANINING MAQSADI, VAZIFALARI. 
LOGOPEDIYA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. 
LOGOPEDIYANING METODOLOGIK ASOSLARI. 
FAN SIFATIDA LOGOPEDIYANING TAMOYIL VA METODLARI.
 
Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida 
nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. 
Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari 
tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‘shadilar. 
«Logopediya» termini grekcha 
logos
(so‘z, nutq), 
peydeo
(tarbiyalayman, 
o‘qitaman)
 
so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, tarjimada to‘g‘ri «nutqni tarbiyalash» 
ma’nosini anglatadi. 
Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan 
shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‘rganish ob’ekti 
– nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan biroz 
bo‘lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi. 
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar 
logopediyasi, o‘smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo‘linadi. 
 
Logopediya fanining maqsadi, vazifalari 
 
Logopediyaning
asosiy 
maqsadi 
nutqida nuqsoni bor shaxslarni o‘qitish, 
tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish
Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm va 
chuqur insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs 
sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi. 
I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o‘zaro ta’sir 
haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi nazariyalari, 
P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta’limoti, ruhiy funksiyalarni dinamik 
tarzda cheklash haqidagi ta’limot (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, A.R. Luriya) va nutq 
faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik nazariyalari haqidagi ta’limot 
logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik asosidir. 
I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik 
funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o‘zida namoyon etadi. Bu esa signallarning 
signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. 
Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi 
signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga soluvchi ta’siri namoyon bo‘ladi. So‘z 
alohida xususiyatning signali, umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va 
ikkinchi signal tizimlari orasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq 


buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida 
samarali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi. 
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1.
Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o‘rganish. 
2.
Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. 
3.
Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‘z-o‘zidan va biror maqsadga qaratilgan 
rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida 
yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, 
o‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash. 
4.
Rivojlanishida turli xil farqlar bo‘lgan bolalarda (eshitish, ko‘rish, fikrlash 
qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning 
shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o‘rganish. 
5.
Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va 
alomatlarini aniqlash. 
6.
Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish. 
7.
Nutq buzilishlarini tartibga solish. 
8.
Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari va 
vositalarini ishlab chiqish. 
9.
Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 
10.
Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 
Logopediyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy 
yo‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni – nutq buzilishlarini o‘rganish, 
hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini 
ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va 
bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga 
chambarchas bog‘langandir. 
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 
1)
fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni 
o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, 
tilShunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda 
ish olib borishga jalb etish; 
2)
nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va 
amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni 
ta’minlash; 
3)
nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga 
oshirish; 
4)
nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar 
targ‘ibotini olib borish. 
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir kuchini belgilaydi. 
Logopedik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni 
tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik 
qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta’sir etuvchi 
harakatlarni bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlan-
tirish; Shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda 
bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi. 


Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to‘g‘rilash bilan bir qatorda 
psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U 
pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo‘lgan shaxsni har tomonlama kamol 
toptirish imkonini beradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish