bilan bog‘liq holda chegaralanishi alohida ahamiyatli sanaladi; nutqiy faoliyatning
(tinglash yoki o‘qish) retseptiv turlariga muvofiq buzilishlarning sensor yoki retseptiv
bosqichiga kiradigan chegaralanishlari muhim sanaladi; 4) nutqning paydo bo‘lishi yoki
uni idrok etishning u yoki bu bosqichida fikrni amalga oshiruvchi operatsiyalarning
buzilishi; 5) fikr bildirishni tayyorlash vositalarining buzilishi: bunda nutq aytish va til
birliklarining chegaralanishi muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki nutqning paydo
bo‘lishi yoki idrok etilishidagi har bosqichiga o‘z birlik yig‘indisi ahamiyatlidir,
saralash va quramalash vazifasi ularga nisbatan amalga oshiriladi.
U yoki bu nutq buzilishlarini tasniflashda ajratilgan mezonlardan har biri
tabaqalangan holda namoyon bo‘lishi mumkin, bu nutq buzilishlarining alohida
turlarida logopedik ta’sir etish uchun ahamiyatli bo‘lgan quyi turlarni aniqlashga
imkoniyat yaratadi.
Bunday tasniflashdagi tibbiy mezonga (etnopatogenetik mezon bilan birga)
aniqlashtiruvchilik
roli beriladi, ular nutq buzilishlaridagi pedagogik tasnifi uchun
yetakchi bo‘la olmaydi, vrach uchun esa ular tahlil vositasi hisoblanadi. Bu mezonlar
nutq buzilishlarining o‘zidan ko‘ra ko‘proq uning anatomik-fiziologik substraktini va
kelib chiqish sabablarini tushunishga yo‘naltirilgandir. Biror substraktning ma’lum
sabablari ta’siri natijasida buzilishi paytida nutq buzilishlarining turli ko‘rinishlarini
kuzatish mumkin. Aynan bir xildagi buzilishlar esa turli sabablar ta’sirida paydo
bo‘lishi mumkin. Lekin bu mezonlar ularni tasniflashda katta yordam berishi mumkin.
Psixologik-lingvistik
mezonlar asosida ajralgan, logopedik ta’sir etishning pedagogik
jarayoniga yo‘naltirilgan buzilishning u yoki bu ko‘rinishini to‘ldirganda, ular
nuqsonlarning tashqi ko‘rinishdagi o‘xshashliklarini quyidagilar asosida navbatdagi
tasniflashni amalga oshirish uchun imkon beradi: 1) nutqning buzilishi qaysi omillar
(ijtimoiy yoki biologik) bilan bog‘langani; 2) u qanday ko‘rinishda rivojlanmoqda
(organik yoki funksional); 3) nutqiy funksional tizimining qaysi bo‘g‘inida to‘xtab
qolmoqda (markaziy yoki tashqi); 4) markaziy yoki periferik nutq apparatining buzilishi
darajasi qandayligi; 5) uning boshlanish vaqti.
Bunday mezonlar asosida olingan ma’lumotlar
logoped uchun muhimdir, chunki
ular e’tiborni tuzatilishi lozim bo‘lgan anatomik-fiziologik mexanizm (buzilish negizi)
ga yo‘naltiradi va shu bilan birga logopedik ta’sir etishning muddati va uning ehtimol
tutilgan natijalarini oldindan aniqlash uchun zamin yaratadi. Bu ma’lumotlar logopedga,
Shuningdek, logopedik ta’sir qaysi hollarda nutq buzilishlarini bartaraf etishi uchun
yetarliligini, qaysi hollarda esa atroflicha tibbiy-pedagogik ta’sir etishni tashkil qilish
lozimligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: