Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007



Download 2,99 Mb.
bet72/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

SENSOR ALALIYA


Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarim yuqori doirasining jarohatlanishi bilan bog‘liq, nutq-eshituv analizatori ishining natijasi bo‘lgan nutqni tushunishidagi kamchiliklar hisoblanadi. Bu esa nutq qo‘zg‘atuvchilarni tahlil va tarkibiy buzilishga, predmet va tovushli obraz o‘rtasidagi bog‘liqligining shakllanmasligiga olib keladi. Bola o‘ziga qaratilgan nutqni eshitadi, ammo tushunmaydi.
Jarangli so‘z ta’siri ostida yuzaga keluvchi qo‘zg‘alish, miya to‘qimalarining rivojlanmaganligi sababli boshqa analizatorlarga tarqalmaydi va barcha so‘z bilan bog‘liq murakkab dinamik strukturaga qo‘zg‘almaydi.
Sensor alaliyada birlamchi nutqiy tovush tahlilini amalga oshiruvchi nutq eshituv analizatorining ildizi (Geshel halqasi) faoliyatini og‘ir analitik-sintetik buzilishlari kuzatiladi. Bunday bolalarda fonematik idrok shakllanmaydi, fonemalar differensiallashmaydi va so‘z yaxlit idrok eshitilmaydi, akustik, gnostik jarayonlar rivojlanmaydi va nutqiy tovushlarni idrok etish qobiliyati pasaygan bo‘ladi.
Sensor alaliya motor alaliyaga nisbatan kam o‘rganilgan. Bu holat ma’lum ma’noda sensor alaliyani amaliyotda juda kam o‘rganish bilan bog‘liq. Sensor alaliyani mustaqil nutq buzilishi sifatida ko‘rinishi haqida hozirgi kunda ham ayrim mualliflar aniq bir fikr ayta olmaydilar.
Nutqiy tushunishning yetishmasligi yoki yo‘qligida, eng avvalo, odamning eshitish holati haqida savol tug‘iladi. Bir necha marotaba o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pgina hollarda sensor alaliyali bolalarda tonal (jismoniy) eshituvning sezilarsiz pasayishi mavjud, biroq u nutqiy tushunishning rivojlanishini tormozlashi uchun unchalik jiddiy emas.
N.N. Traugotning ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lum bolalar 6 m uzoqlikda (bu normal eshitishda o‘rtacha balandlikda nutqni idrok etishning me’yoriy darajasi) o‘zlariga qaratilgan nutqni tushunadilar, lekin eshitganlarini ma’nosini tushunmaydilar, bu bolalarda aqliy zaiflik belgilari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sensor alaliyada nutq pasayishining kuzatilishi mumkin, lekin bu nutqiy rivojlanmaganlikda asosiy rolь o‘ynamaydi.
Yu.A. Florenskayaning ko‘rsatishicha sensor alaliyada (sensor-akustik sindromida) akustik ta’sirlanmaslikning alohida holati va eshituv funksiyasining toliqishi mavjud. Bu eshituv reaksiyalarining turg‘un emasligiga, eshituv differensatsiyalarining hosil bo‘lishidagi qiyinchiliklarga, eshituv analizi va sintezining sifatsizligiga olib keladi.
Sensor alaliyada bolalarni eshitish qobiliyatini tekshirish juda murakkabdir. Maxsus elektroakustik apparatida tekshirilganida, eshituvning turg‘un emasligi aniqlangan: bir xil chastotali va balandlikdagi signallar goh idrok qilinadi, goh qilinmaydi. Sensor alaliyada eshituv diqqati va idrokining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning sekinlashgani turg‘un emasligi eshitish holatini to‘g‘ri baholashga to‘sqinlik qiladi. Ixtiyoriy eshituv diqqatida ham kamchiliklar kuzatiladi: bolalar eshitmaydilar, tez charchaydilar, chalg‘iydilar, tovush ohangiga qiziqishni tez yo‘qotadilar va h.k.
Audiometrik tekshiruv, qachonki uni bir necha marotaba o‘tkazilsa va bola vaziyatga ko‘nikib, vazifalarni to‘g‘ri tushuna boshlasagina birmuncha asosli bo‘ladi.
Bolaning eshitish qobiliyati haqida yakuniy xulosalar, faqatgina 8 – 10 tekshirishlardan olingan ma’lumotlar, audiogrammalarni taqqoslash natijasida keltiriladi.
Eshituv analizatori tovush o‘tkazish funksiyasining saqlangan holatida bolalarda fazoda tovushni o‘rnini bilish qobiliyatining yo‘qligi aniqlanadi, eshituv xotirasining buzilishi, tovush ta’sirlovchilariga loqaydlik kuzatiladi. Tushunish, qiziqish va javob olish uchun murojaat qilingan signal (kattalar nutqi) juda zaif bo‘lib chiqadi. Diqqatning uyg‘onmasligi va uning tez toliqishi – yetishmovchilik sur’atidagi o‘ziga xos ko‘rinishlardir.
N.N. Traugott, S.I. Kaydanova (1975) sensor alaliyali bolalarda yuqori chastotali ovozga eshituvning pasayishi va tonal (nutqiy bo‘lmagan) hamda nutqiy eshituv buzilishining o‘ziga xosligini ko‘rsatadilar: bola uchun yetarli balandlikdagi tovush ta’sirlovchilariga shartli aloqalar hosil bo‘lishi bolalarda qiyinlashgan.
Normal rivojlanishida tushunish Shundan boshlanadi: idrok qilinayotgan so‘zlarni farqlash sodir bo‘ladi, ularni tanish amalga oshadi, bunda nerv aloqalari ishlab chiqiladi. Buning sharofati bilan turli tovush birikmalari so‘zda bog‘lanadi. Tovushlar so‘zda ma’lum tartibda talaffuz qilinadi va idrok qilinadi. Jaranglash va mazmun orasida aloqa o‘rnatiladi, aloqalar tizimi ishlanadi. Ko‘ruv, sezgi va boshqa histuyg‘ular bilan tovushlar kompleksi assotsiatsiyasi asta-sekin yuzaga keladi va mustahkamlanadi.
Sensor alaliyada predmet (harakat) va uni ta’riflovchi so‘z o‘rtasida bog‘liqlik shakllanmaydi. Bu holatni tadqiqotchilar tutashuvi akupatiya deb nomlaydilar. Sensor alaliyada eshituvning sifatsizligini tadqiqotchilar bosh miya po‘stlog‘i to‘qimalarining jarohatlangan yoki rivojlanmagan o‘choqlarining kattaligi bilan, bola miyasida tor o‘choqli xarakterdagi jarohatning yo‘qligi bilan tushuntiradilar.
Ayrim hollarda sensor alaliyalik bolalar asossiz ravishda kar va zaif eshituvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasalarga yuboriladilar. N.N. Traugott (1940) maxsus maktablarda 200 ta kar o‘quvchilarni tekshirib, ularning ichidan 8 ta noto‘g‘ri tasniflangan sensor alaliyalik bolalarni ajratib ko‘rsatadi.
Sensor alaliyada nutqni tushunishdagi buzilishlar, eshitish pasayishi natijasida kelib chiqadigan kamchiliklardan farq qiladi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, odatda, zaif eshituvchilar idrokida turg‘un va doimiy kamchilik kuzatiladi. Sensor buzilishlar esa idrokning turg‘un bo‘lmagan buzilishlari bilan farqlanadi. Bolalar bir xil balandlikdagi nutqiy signallarni goh eshitadilar, goh eshitmaydilar. Bu bolaning qo‘zg‘aluvchanligi yoki tormozlanganligidan ruhiy faolligi, atrof-muhit ta’siri, tekshirish paytidagi sharoit, signallarni berish usuli va qator boshqa omillar bilan bog‘liq. Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi yetilmagan miya to‘qimalari ish qobiliyatini pasaytiradi. Bunda oliy nerv jarayonlari normal kecholmaydi. Gohida bolalar atrofdagilar nutqini ertalab yaxshiroq idrok etadi – tungi uyqudan so‘ng miya po‘stlog‘i ish funksiyasi yuqori, kechga borib toliquvchanlikning o‘sishiga qarab nutqni tushunish yomonlashadi. Boshqa hollarda bolalar nutqni kechki payt yaxshi idrok etadilar, ko‘rinishidan, ertalab tormozlanish tungi uyqudan so‘ng hali ham o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo‘ladi, kechga borib esa, mashqlarga qarab idrok birmuncha yaxshilanadi, miya to‘qimalari misoli ishga kirishadi.
Murojaat qilingan nutq balandligini ko‘tarish zaif eshituvchi bolalar tushunishini yaxshilaydi va sensor alaliyali bolalarda qayta samaraga erishiladi. 1. Haddan tashqari kuchli ta’sirlovchilar bosh miya po‘stlog‘ida haddan tashqari himoyalovchi tormozlanishni keltirib chiqaradi va bunda to‘qimalarning rivojlanmaganligi funksional blokada holatiga tushadi, tormozlanuvchi jarayon oshadi, to‘qimalar faoliyatdan o‘chadi. Sensor yetishmovchilikka ega bolalar, odatda, birmuncha sekin, tinch nutqni shovqinli, baland nutqga qaraganda yaxshiroq idrok qiladilar. Eshitish apparatlaridan foydalanish zaif eshituvchilar idrokini yaxshilaydi va sensor alaliyada idrokning yaxshilanishiga olib kelmaydi.
Sensor alaliyali bolalar eshituvi haqida bir xil fikrlar bo‘lmasa ham, alohida tadqiqotchilarda shu narsa o‘rnatilgan: chastotaning barcha diapazonlarida eshituvning sezilarsiz pasayishi, eshituv diqqati va idrokining yuqori darajada toliqishi kuzatiladi.
Sensor alaliyada idrok qilish imkoniyati tovush ta’sirlovchilarining kirish tempi, ular orasidagi intervalning borligi, tovushlar sifatiga (idrok uchun ko‘rsatiluvchi) bog‘liqdir. Toza ovozlar, odatda, yomonroq idrok qilinadi.
Sensor alaliyada zaif eshituvchilardan farqli ravishda giperakuziyalar kuzatiladi (giperakuziya – atrofidagilar uchun befarq bo‘lgan tovushlarga sezgirlikning oshishi).
Masalan, chakillab tomayotgan suv ovozi, eshik g‘irchillashi va h.k. Zaif eshituvchi bolalar bu signallarni idrok etmaydilar. Toliqish, ta’sirlanish, psixik buzilish, yuqori nevrozik holatidan tashqari sog‘lom odamlar bunday tovushlarni eshitadilar, biroq ularga beparvo qaraydilar, ularga ta’sirlanmaydilar. Sensor alaliyali bolalar bunday tovushlarni keskin idrok qiladi, ularga salbiy reaksiya ko‘rsatadilar: bezovtaladilar, yig‘laydilar, quloq va bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar va h.k.lar. Bu bolada eshituvning saqlanganligi ortiqcha guvoh bo‘ladi va odatlanmagan jaranglashlar gohida miya po‘stlog‘ining yetilmagan to‘qimalari uchun haddan tashqari kuchli ta’sirlovchi bo‘lishining ko‘rsatkichidir. Gohida istalgan balandlikdagi notanish tovushlarga sensor alaliyali bolalar butunlay ta’sirlanmaydilar.
Sensor alaliyali bolalar alohida bo‘g‘inlarni, tovush birikmalarini, so‘z va qisqa iboralarni maxsus o‘rgatishsiz spontan takrorlashi mumkin, chunonchi ularni takrorlash turg‘un bo‘lmasa ham. Og‘ir darajadagi eshitishi buzilgan bolalar atrof-muhitdan so‘z va iboralarni mustaqil oddiy ololmaydilar. Sensor alaliyada tovushlarga taqlid qilish doimiy emas va ko‘p holda vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Sensor buzilish bolalarning predmet va uning nomi orasidagi aloqani hosil qilolmasligi, ular tomonidan eshitilgan va talaffuz etilgan so‘zlarning predmetli nisbati shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. Bolaning passiv lug‘ati turg‘un emas va faol lug‘atdan sezilarli orqada qoladi. Ko‘pincha bola istalgan vaziyatda predmetni nomlaydi va faqat tanlangan ma’lum sharoitlarda uning nomini bilib oladi. Eshituvi buzilgan bolalarda maxsus ta’lim natijasida so‘z va predmet o‘rtasidagi aloqa tez o‘rnatiladi va bu aloqa turg‘undir.
Zaif eshituvchi va sensor alaliyali bolalarning ovozi turlichadir. Zaif eshituvchi bolalar ovozi jarangdor emas, ovoz balandligi va ohangi hissiy ma’no kasb etmaydi. Sensor alaliyada esa ovoz me’yorda bo‘lib, tovush va so‘zlarni me’yoriy ohang va modulyatsiyaga ko‘ra bayon etadilar.
Zaif eshituvchi bolalar sensor alaliyali bolalarga nisbatan muloqotga tez kiradilar.
Yuqorida keltirilgan va boshqa belgilar bolalardagi nutq buzilishlarni to‘g‘ri tasniflash imkonini beradi, to‘g‘ri tashxis esa korreksion tarbiyaviy ta’sir tizimida samarali metodik vositalarni to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish