Gipotonus disfoniya (afoniya)-ovoz boylamlari muskullari tonusining pasayishi natijasida ovozning buzilishidir. Bunda ovoz buzilishining asosiy sabablari: ovoz boylamlari muskullarining zo‘riqib taranglashuvi, kasallik vaqtida ovozga yuklama tushishi, o‘tkir respirator-virusli infeksion kasalliklar; organizmda vitamin yetishmovchiligi; gormonal disfunksiya organizmning turli xil surunkali kasalliklari. Bemorlar ovozning tezda charchashidan, xirillashidan shikoyat qiladilar. Traxeya va hiqildoq bilvosita laringoskopiya qilinganda shilliq qavatda hech qanday yallig‘lanish belgilari kuzatilmaydi. Ovoz boylamlari harakatchan, tonusi pasaygan, fonatsiyada yoriq taranglashgan oval holatda qoladi, ba’zida orqa qismi uchburchak shaklida bo‘ladi.
Gipertonus disfoniya (afoniya)- bu ovoz boylamlarining muskul tonusining oshishi bilan ovozning buzilishi tushuniladi. Gipertonus disfoniya afoniya ko‘proq shovqinli joyda ovozga zo‘r berib gapirganda, baqirib gapirganda kelib chiqadi. Bunday ovoz buzilish mexanizmi qorin muskullarining taranglashuviga, diafragmaning to‘lqinsimon harakatlanishiga yuz va buyin muskullarining taranglashuviga olib keladi. Bemorlar bo‘yin hiqildoqdagi og‘riq noqulaylikni his qilish ovozning tez charchashi xirillashidan shikoyat qiladilar. Bilvosita laringoskopiya qilinganda fonatsiya vaqtida ovoz boylamlari bir biriga qattiq bo‘lib birikib turgan ko‘rinadi. Burmalarning cheti shishi natijasida ular bir-biriga tegib, ishqalanib shilliq ajratadi.
Mutatsiya davrida himoyalovchi tartibga rioya qilmaslik oqibatida ovoz apparati yuklamasini orttirish hiqildiq ichki muskullari faoliyatining gipogipertonus ko‘rinishidagi buzilishlariga olib keladi.
Ovozni tiklash bo‘yicha logopedik mashg‘ulotlar kursining mazmuni
Ye. S. Almazova ovozni tiklash buyicha logopedik mashg‘ulotlar kursini ikki bosqichga ajratadi:
I bosqich – logopedik mashg‘ulotlarning tayyorlov bosqichi; II bosqich – logopedik mashg‘ulotlarning asosiy bosqichi.
I. Logopedik mashg‘ulotlarning tayyorlov bosqichi
Bola ovozini tiklash bo‘yicha ishni boshlashdan avval bola haqidagi anamneztik ma’lumotlarni olish, shuningdek, klinik psixologo-pedagogik va logopedik tekshirishlarning natijalarini bir tizimga solish va umumlashtirish lozimdir. Bolaning ovozi va nutqi magnit lentasiga, nafas olishi esa kimografga yoki elektroensefalografga yozib olinadi.
Bo‘g‘iz kasalliklariga ega bo‘lgan bolalarga organizmning astenik holati bo‘g‘izning nervmuskul apparatining tuzilishida va funksiyasida turli o‘zgarishlar, emotsional-iroda sferasining buzilishlari, nutq taraqqiyotining sustlashishi va ovoz funksiyasining uzoq davom etuvchi buzilishlari kuzatiladi. Bu ma’lumotlar bolaning rivojlanish xususiyatlarini ochishga, boshlang‘ich nuqtasi psixoterapiya bo‘lgan ovozni tiklash ishining yo‘llarini va vositalari-ni ishlab chiqishga imkon beradi.
Psixoterapiyaning maqsadi — bolaning ongini, faolligini, irodasini, ovozni tiklash jarayoniga jalb qilishdir. Psixoterapiya bola shaxsining qayta tarbiyalanishga bola shaxsining qiyinchiliklarini yengish va tezroq sog‘ayish uchun kurashishga yordam beradi va faollashtiradi. Psixoterapiya bolaga uning yoshini, kasallikning borishini, bolaning shaxs xususiyatlarini, uning nutqi va ovozdagi buzilishlarning xarakterini hisobga olgan holda individual yondoshishga undaydi.
Psixoterapiya suhbat shaklida olib boriladi. Suhbat davomida bolaning shikoyatlari aniqlanadi, qiziqish doirasi qobiliyatlari o‘z nuqsoniga munosabati haqida tasavvurga ega bo‘linadi, shaxsiy va ish yuzasidan kontakt o‘rnatiladi.
Uzoq davom etadigan va og‘ir bo‘g‘iz kasalliklari bilan og‘rigan bolalar bir marta yoki ko‘p marta suhbat shaklida olib boriladigan faol va bir maqsadga yo‘naltirilgan psixoterapiyaga muhtoj bo‘ladilar.
Psixoterapiya bola shaxsining sog‘ayishini va tiklovchi ta’limning muvaffakiyatini ta’minlovchi tadbirdir.
Psixoterapiya bilan bir vaqtda artikulyatsion gimnastika ham olib boriladi. Fonatsiya jarayonida artikulyatsiyaga alohida ahamiyat beriladi. Shu jarayonda ovoz tembri aniqlanadi, undosh va unli tovushlar shakllanadi. Bundan tashqari, artikulyatsiya qanchalik aniq va yaxshiroq bo‘lsa, un paychalarining funksiyasi shuncha aniq va bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Yuqori rezonator trubkaning faoliyati buzilganda harakatlar o‘zining koordinatsion aniqligini yo‘qotadi, bo‘shashgan, beso‘naqay bo‘lib qoladi, bu hol bolalarda ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |