Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007



Download 2,99 Mb.
bet44/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Kappatsizmni tuzatish. K tovushini hosil qilishda bolaga ta-ta-ta bo‘g‘inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi. Bunda til orqa tomon surilgan sari ka-ka-ka bo‘g‘ini eshitiladi. K tovushi artikulyatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz k tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, gaplar, she’rlarni ayttirish yordamida mustahkamlanib boriladi.
Q tovushini hosil qilishda asosan taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Buning uchun bola qarg‘aning qag‘illashiga (qa-qa-qa), tomoqning qattiq qirishga taqlid qilishi lozim. Bu jarayonni logoped avval bolaga ko‘rsatib beradi, so‘ng bola logopedga taqlid qilib, uni qaytaradi. Bu usul orqali hosil qilingan q tovushi avval bo‘g‘inlarda, so‘ng so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda mustahkamlanadi.
Parakappatsizmda k, q tovushlari t va x tovushlariga almashtirilishi nazarda tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari k, q va t, k, q va x tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi.
Xitizmni tuzatish. X tovushini hosil qilishda bolaga sa-sa-sa bo‘g‘inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga bir oz itariladi. Bunda avvalo sya, so‘ngra til biroz ichkariroq itarilganda, xa bo‘g‘ini eshitiladi. X tovushining artikulyatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz x tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, gaplarda va she’rlarda mustahkamlanadi.
Paraxitizmda x tovushi t va k tovushlariga almashtirilishi nazarda tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari x va t, x va k tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi.
Gammatsizmni tuzatish. G tovushini hosil qilishda bolaga da-da-da bo‘g‘inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi. G tovushi artikulyatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz g tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda mustahkamlanadi.
Ғ tovushini hosil qilishda avval taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya etiladi.
Bunda bola «tomoq chayish», «mashinaning g‘irillashi» (g‘-g‘-g‘) va g‘ozlarning «g‘ag‘illashiga» taqlid qiladi. Bu jarayon avval logoped tomonidan ko‘rsatilib beriladi, so‘ng bola logopedga taqlid qilib, uni qaytaradi. Agarda taqlid qilish usuli orqali g‘ tovushi hosil bo‘lmasa, unda g‘ tovushi quyidagi usul bilan hosil qilish tavsiya etiladi. Logoped boladan x tovushini aniq talaffuz etishni so‘raydi (x tovushi bola nutqida bo‘lsa) va x tovushini talaffuz qilish vaqtida ovoz qo‘shib talaffuz qilish buyuriladi, bunda x tovushi o‘rniga g‘ tovushi hosil bo‘ladi. 1. Hosil bo‘lgan g‘ tovushi bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, gaplarda va she’rlarda mustahkamlanadi.
Paragammatsizmda g tovushi d va t tovushlariga, g‘ tovushi q tovushlariga almashtirilishini nazarda tutib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari g va d, g va t, g‘ va q tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish