Ayupov Ravshan Hamdamovich – Тоshkent Moliya instituti, «Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot»



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#654565
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy boshqaruvada raqamli texnologiyalar va blokcheyndan foydalanish

Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 
журнали.
2019 йил, 1-сон 

mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko’lami, faoliyat turi va kattaligidan qat’iy 
nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar yig’ish texnologiyasi 
bo’lgan kraudfundung barcha turdagi kompaniyalar uchun katta ahamiyatga ega 
bo’lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Eng ommabop kraudfundung 
platformalar hisoblangan
planeta.ru
va 
Boombaster
2012 yilda tashkil 
qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib 
ketgan. 
Boombaster
tomonidan 1,5 mingta loyihaga 330 mln rubl yigilgani qayd 
etilgan. Ammo taniqli xorijiy kraudfunding platforma 
Kickstarter
tomonidan 3 
mlrd dollar mablag’ yig’ilib, 126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga 
oshirilgan /4/.
Biz taqdim etilgan maqolada chuqur o’rganishimiz kerak bo’lgan hamda 
davlat 
boshqaruvi 
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan raqamli 
texnologiyalardan biri blokcheyn texnologiyasi bo’lib, u nafaqat virtual pullar 
bo’yicha operatsiyalarni amalga oshira oladi, balki u yangi turdagi davlat 
hizmatlari arxitekturasi ham bo’la oladi. Raqamli iqtisodiyotning kelajakda
rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo miqyosida yanada ommabop 
bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham kelajak davlat moliyaviy 
boshqaruvi uchun alohida ahamiyatga molik bo’lib, virtual iqtisodiyot uchun 
yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar yaratmoqda.
Ma’lumotlarni bulutli uslubiyatda saqlash va on-line texnologiyalardan 
foydalanish ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda operatsion harajatlarni 
keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan, hozirgi kunda 
Amazon
bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan 90 dollarga 
tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanada pasayishini 
bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda keng 
miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va o’rta 
biznes ham bemalol foydalana oladi. Virtual reallik (
virtual reality, VR
) va 
qo’shimcha virtual reallik (
augmented reality, AR
) texnologiyalarining 
rivojlanishi ham kelajak trendlaridan biri bo’lib, ularning davlat boshqaruvi 
hamda ishlab chiqarishga bo’lgan ta’siri borgan sari salmoqli bo’lib bormoqda. 
Bunday texnologiyalar ishchi va xizmatchilarga mashina va mexanizmlarning 
ichki tuzilishini ko’rish hamda ularning faoliyatini kuzatish imkonini beradilar. 
Masalan, 
Gigi Capital
kompaniyasining baholashicha, AR bozorining hajmi 
2016 yilda 1 mlrd dollar bo’lgan bo’lsa, 2020 yilga kelib 90 mlrd ga etishi 
mumkin ekan.
Goldman Sachs
ning bashoratlariga ko’ra esa virtual reallik dasturiy 
ta’minotining sotuv hajmi 2025 yilga kelib 9 mlrd dollarga etar ekan /3/. 
Raqamli iqtisod davlat moliyaviy boshqaruvi sohasida ham bir qancha ajoyib 


Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 
журнали.
2019 йил, 1-сон 

imkoniytalar yaratdiki, ularsiz zamonaviy iqtisodiyotning barcha yangi usul va 
uslubiyatlarini ishlatish, raqobatli bozorda muvaffaqiyatga erishish va 
zamonaviy moliyaviy boshqaruv usullaridan samarali foydalanish mumkin 
bo’lmay qoldi. Masalan, quyidagi savollarga javob berish zamonaviy moliyaviy 
boshqaruvda hal qiluvchi faktorlardan biri bo’lib qolishi mumkin: internet davlat 
moliyaviy boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etadi, qanday qilib davlat 
boshqaruvida omma (
crowd
) effektiga erishish mumkin, kraudsorserlarning 
motivlari nimalardan iborat va ularni qanday qilib qiziqtirish mumkin, nega 
hilma-xillik yaxshiroq natija beradi va boshqalar.
Shunday va shunga o’xshash bir qancha sabablarga ko’ra, davlat 
boshqaruvchilari oldida kraudsorsing hamda kraudfondingning mohiyati va 
uning iqtisodiy ma’nosini o’rganish, kraud-loyihaning mexanizmi va amalga 
oshirilishini tushunish, investitsion rejaning byudjetini aniqlash, tarmoq 
kraudsorsingining 
hususiyatlarini 
ochib 
berish 
va 
ushbu 
moliyaviy 
texnologiyani mamlakatimiz davlat va nodavlat tashkilotlari amaliyotiga tadbiq 
etish masalasi paydo bo’ldi. Kraudsorsing mehnizmini davlat boshqaruvi 
faoliyatifga tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo’lish uchun kraudsorsingning 
quyidagi keng ma’nodagi al’ternativ aniqlanuvini qabul qilishimizga to’g’ri 
keladi: “
Kraudsorsing platformasi vositasida aholini tashvishlantirayotgan 
masala va muammolarni tushunish, mahsulot yoki qandaydir hizmatga 
qo’shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish 
hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yohud 
yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma’nodagi 
kraudsorsing deb ataladi
”.
Chegaralangan ma’noda esa kraudsorsingni sinergetik effektga olib 
keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda dunyoning turli 
nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga asoslangan yangi 
interfaol boshqarish mexanizmi sifatida ham tushunish mumkin. Bunda milliy, 
irqiy, bilim darajasi, professional mahorat kabilar bo’yicha insonlar bir-biridan 
farq qilinmaydilar. Sinergetik samaraga esa kraud-loyihalarga jalb qilingan 
insonlarning turli-tumanligi asosida erishiladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida 
loyiha, mahsulot yoki hizmat turi tushunilishi mumkin. Bunda bir yaqqol misol 
sifatida Rossiyaning 2010 yilda asos solingan 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish