Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон
журнали.
2019 йил, 1-сон
1
Ayupov Ravshan Hamdamovich – Тоshkent
Moliya instituti, «Ekonometrika va raqamli
iqtisodiyot»
kafedrasi
professori,Тоshkent
Moliya instituti, tel: 93.596-28-74
Mannanova Shoxida Gaybullaeva - Тоshkent
Moliya instituti, «Ekonometrika va raqamli
iqtisodiyot» kafedrasi katta o’qituvchisi, tel:
93.511-21-67
MOLIYAVIY BOSHQARUVADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VA BLOKCHEYNDAN FOYDALANISH
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonini amalga
oshirish uchun raqamli texnologiyalar va blokcheynni respublikamiz davlat
iqtisodiyoti tarmoqlarida ishlatilishining ilmiy asoslari, shu jumladan,
kraudsorsing, kraudfonding, blokcheyn texnologiyalari va kriptovalyutalarni
rivojlantirishning afzalliklari hamda risklari tahlil qilingan va bu yo’nalishda
amalga oshirilishi zarur bo’lgan bir qancha taklif-mulohazalar va hulosalar
berlgan.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются преимущества и недостатки
развития цифровых технологий и блокировок в национальной экономике
страны, в том числе развитие межбюджетных, межбюджетных,
блокирующих технологий и криптовалют, ряд предложений и выводов.
ANNOTATION
This article analyzes the advantages and disadvantages of the development
of digital technology and blocking in the national economy of the country,
including the development of cross-budget, cross-budget, blocking technologies
and cryptovultures, a number of suggestions and conclusions.
Raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha zamonaviy
texnologiyalar hayotimizga tezkorlik bilan kirib kelmoqda va shiddat bilan
rivojlanmoqda. Shuning uchun ham respublikamiz taraqqiyotini yanada
jadallashtirish maqsadida rahbariyatimiz bir qancha
muhim qarorlarni qabul
qildi. Masalan,
Prezidentimiz 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim
ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida O’bekistonda
raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi:
“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini
Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон
журнали.
2019 йил, 1-сон
2
ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab
chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini hayotga
tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30
foizga o’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli
halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun
Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l
haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada
axborot havfsizligini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur”. Ushbu muroja’at bilan bog’liq
ravishda shuni aytish mumkinki, postindustrial yoki information jamiyatga
xizmatlar sektori mamlakat yalpi milli daromadning 60% dan ortig’ini tashkil
qiladigan davlatlar kiradi. Bu davlatlarda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi
tarmorlarni moliyalashtirish miqdori keyingi o’ttiz yilda 130 martadan ko’proq
ortdi.
Informatsion innovatsiyalarning tarkib toptirish
uchun dunyo miqyosida
faoliyat ko’rsatuvchi global kompaniyalarda quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz
mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba
va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion
texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib
beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi
innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab
bo’ladi. Yangi texnologiyalarning barcha sohalarga
kirib kelishi davlat
boshqaruvining va iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda.
Natijada yangi davlat va nodavlat elektron hizmat turlari paydo bo’ldi, yangi
bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga
transformatsiya qilina boshlandi.
Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu
jumladan, e-economy,
digital economy, internet economy, network ecomnomy
va virtual economy. Agarda BCG (