Aytimbetov n. Bajardi: abdalova z


Kurs ishining dolzarbligi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana10.06.2023
Hajmi1,01 Mb.
#950542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ilmiy rahbar aytimbetov n. Bajardi abdalova z

Kurs ishining dolzarbligi:
Mamlakatimizda hayotning barcha sohalarida amalga 
oshirilayotgan islohotlarning taqdirida odamlar dunyoqarashining o`zgarishida, 
buyuk davlat barpo etishdek orzuyimizning ro`yobga chiqishida zamon talablariga 
javob beradigan kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatimizning 
yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda, ta’lim 
sistemasini uzluksiz ravishda takomillashtirishni va mutaxassislarning umumta’lim 
darajasini keskin oshirishni taqozo etadi. 
Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish hamda o`qitish 
metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimlarining oshirib borilishi 
o`qituvchidan o`z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka 
va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi. Mamlakatimiz yuksalishiga 
bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil bu ta’lim tarbiya tizimidir. Shu sababli 
yoshlarga ta`lim-tarbiya berishga iqtidorlilarini rag`batlantirish hamda qo`llab -
quvvatlashga katta e`tibor qaratilmoqda. Istiqlolimizning istiqboli buyuk kelajak 
yaratish yo`lidagi maqsadlarimiz, hatti-harakatlarimizning pirovard natijasi bevosita 
ta`lim tizimidagi isloxotlarimizga bog`liqdir. 
1.1. Yorug’lik haqida umumiy tushuncha 
Yorugʻlik — inson koʻzi sezadigan elektromagnit toʻlqinlardir. Spektrning 
infraqizil nurlanish va ultrabinafsha nurlanish sohalari ham yorugʻlik deb ataladi. 
Spektrning infraqizil nurlanish sohasi bilan rentgen nurlari orasida keskin chegara 
yoʻq. Turli yoritqichlar yorugʻlik o’zidan chiqaradi. Yorugʻlik o’zining toʻlqin 
xossasiga v a korpuskulyar xossaga ega. Baʼzi hodisalar (difraksiya, interferensiya, 
qutblanish)da yorugʻlikning toʻlqin xossalari va boshqa hodisalar (fotoeffekt, 
lyuminessensiya, atom va molekulalar spektrlari)da korpuskulyar xossasi namoyon 
boʻladi. Yorugʻlikning toʻlqin xossalarini va toʻlqinlar nazariyalarini, korpuskulyar 


xossasini kvant nazariya tavsiflab beradi; har ikkala xossasi bir-birini toʻldiradi. 
Yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton hamda toʻlqin nazariyasini X. 
Gyuygens, kvant nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan. Yorugʻlik qonuniyatlari 
optika oʻrganadi. Yorugʻlik bosimi, yaʼni mexanik taʼsiri borligini J. K. Maksvell 
nazariy isbotlagan. Yorugʻlikning issiqlik, elektr, fotokimyoviy va boshqa taʼsirlari 
mavjud. Baʼzi qoʻngʻizlar, oʻsimliklar, elementlar ham oʻzidan yorugʻlik chiqaradi. 
Yorugʻlik birliklari — yorugʻlik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, yorugʻlik 
oqimi va boshqa yorug’lik kattaliklari birliklari. Xalqaro birliklar tizimida yorugʻlik 
kuchi birligi sifatida kandela ishlatiladi. Yorugʻlik oqimi birligi qilib lyumen qabul 
qilingan. Sirtning yoritilishi sirtga tushayotgan yorugʻlik oqimi, yaʼni yorugʻlik 
kvanti zichligi bilan aniqlanadi. 1 sm
2
sirtga tushayotgan 1 lyumen yorugʻlik oqimi 
fot (f) bilan ifodalanadi. Fot bilan ham bir qatorda radfot (radiatsiya) ishlatiladi. 
Ravshanlik sirtga tik tushayotgan yorugʻlik kuchi bilan oʻlchanadi; ravshanlik birligi
stilb (sb). Fotometriyada yorugʻlik energiyasi joul, yorugʻlik oqimi vattlar bilan 
oʻlchanadi. Yorugʻlik bosimi yorugʻlikning uni qaytaruvchi va yutuvchi jismlarga, 
zarralarga, shuningdek, ayrim molekula hamda atomlarga koʻrsatadigan taʼsiri. 
Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619-yilda fizik olim I. Kepler 
kometa dumlarining quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini tushuntirish uchun 
ishlatgan edi. 1873-yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida yorugʻlik 
bosimi kattaligini hisoblab chiqdi. U eng kuchli yorugʻlik manbalari (quyosh, elektr 
yer) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar 
(konveksion toklar, radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli, Yorugʻlik 
bosimini sof holda oʻlchash murakkab ish. Uni birinchi marta 1899-yilda P. N. 
Lebedev tajribada aniqlagan. Olgan natijalari J. K. Maksvellning hisoblashlariga 
mos. U yorugʻlikning gazlarga beradigan bosimlarini aniq oʻlchash mumkinligini 
1908-yilda isbotladi. Dumli yulduzlar yorugʻlik bosimi taʼsirida paydo bo’ladi, deb 
taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi 
elektromagnit toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt 
yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi 
toʻlqinlar energiyasidan tashkil topadi. Yorugʻlik bosimi hajmlari bir-biridan jiddiy 


farq qiluvchi astrofizika va atom sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo boʻlishi 
bilan yorugʻlik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi. 
Yorugʻlik vektori—yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish yoʻnalishini 
aniqlab beruvchi yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada 
amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida yorugʻlikning hajm zichligi, yorugʻlik 
oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va boshqalar aniqlanadi. Yorugʻlik kvanti
foton energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant 
tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga koʻra, yorugʻlik 
moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas aniq miqdordagi 
ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida yutiladi. Bu 
ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib tushuntirish 
mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham shu nazariyalarga asoslangan. Yorugʻlik 
kuchi koʻrinuvchi nurlanish manbaining muayyan yoʻnalishda yorugʻlanishini 
ifodalaydigan yorugʻlik kattaligi. Yorugʻlik manbaidan fazoviy burchak birligi ꞷ da 
tarqalayotgan yorugʻlik oqimi 
ȹ 
ni ifodalaydi. Xalqaro birliklar tizimi SI da kandela 
(kd) yorugʻlik kuchi oʻlchov birligi qilib qabul qilingan. Yorugʻlik energiyasini 
sezishda, tabiiyki, koʻz alohida ahamiyatga ega. Inson koʻzining turli rangdagi 
yorugʻlikni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali oʻtayotgan 
Yorugʻlikning toʻlqin energiyasi emas, balki bu yorugʻlik energiyasining bevosita 
koʻzga taʼsir etib koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt 
birligi ichida oʻtadigan va koʻrish sezgisi bilan baholanadigan yorugʻlik energiyasi 
yorugʻlik oqimi deb ataladi, yaʼni 
ȹ
= ꞷ/t, bunda 
ȹ
-yorugʻlik oqimi; t-yorugʻlik 
tushayotgan vaqt oraligʻi; ꞷ-sirt orqali oʻtayotgan yaʼni fazoviy burchak. Agar ꞷ-
nuqtaviy manbadan barcha yoʻnalishlarda tarqalayotgan yorugʻlik energiyasini 
ifodalasa, 
ȹ
-toʻla yorugʻlik oqimini bildiradi. Yorugʻlik oqimining oʻlchov birligi 
qilib lyumen (lm) qabul qilingan [2].
Yorugʻlikning quyidagi xossalari ajratib koʻrsatiladi: 
• 
Intensivlik 
• 
Chastota 
• 
Qutblanish 


Yorugʻlik muammolari bilan fizikaning optika boʻlimi shugʻullanadi. 
Yorug’lik qator hodisalarda to'lqin xususiyatini nomoyon qiladi. Shuning uchun 
to'lqinlarga oid ba'zi ma'lumotlarni dastlab yaqqollik uchun mexanik to'lqin misolida 
ko'rib chiqamiz. 
To'lqin deganda tebranishlarining muhitda (bunga vakuum ham kiradi) 
tarqalish jarayoni tushuniladi. Yorug’lik to'lqinining tarqalish yo'nalishi nur deb 
ixtiyoriy vaqtda tebranishlar yetib kelgan muhit zarralarining geometrik o'rinlari 
to'lqin fronti deb ataladi. 
To'lqin frontini tebranish sodir bo'layotgan fazoning qismi va tebranish hali 
boshlanmagan qismini ajratib turuvchi chegaraviy sirt tarzida tasavvur qilish 
mumkin. To'lqin frontining shakli muhit xossalari, tebranish manbaining shakli va 
o'lchamlariga bog’liq. 
Bir jinsli va izotrop muhitda joylashgan nuqtaviy tebranish manbayidan 
tarqalayotgan to'lqinlarning fronti sferik shaklda bo'ladi. Bunday to'lqinlar sferik 
to'lqinlar deyiladi. Agar tebranish manbayi tekislik shakliga ega bo'lsa, manbaga 
yaqin soxalardagi to'lqinlar yassi to'lqinlar deyiladi. Tebranish nurga perpendikulyar 
bo'lsa, bunday to'lqinlar ham ko'ndalang to'lqinlar deyiladi. Yorug’lik to'lqinlari ham 
ko'ndalang to'lqindir.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish