Biz yaxshi bilamizki, ayol baxtli bo‘lsa, uning oilasi ham, u yashayotgan jamiyat ham baxtli bo‘ladi, butun olam nurga to‘ladi».
Farzand so‘zi «ayolning shodligi, baxti», degan ma’noni bildiradi, deydilar. Buni Baxtiyor Ona monumenti tasdiqlab turibdi. Baxtiyor ona yuzini oftobga tutganicha, bolasini bag‘riga bosib o‘tiribdi. Sog‘lom, durkun o‘g‘lining yuz-ko‘zlariga to‘ymay tikilayapti, lablari tabassumda. O‘g‘loni bilan so‘zsiz so‘zlashayotir. Eng pokiza orzularini so‘zlari bilan emas, ko‘zlari bilan aytayotir. Unga buyuk va munavvar kelajak tilayotir. Farzand bundan sarxush. Baxtiyor Onaning ohanrabo ko‘zlaridan, chiroyli yuzlaridan nur emayotir go‘yo.
Yosh kelin-kuyovlar unga mustahkam oila qurishga ahdu paymon qilmoqdalar go‘yo. Baxtiyor ona minglab baxtiyor kelin-kuyovlarning fotosuratlarida muhrlanmoqda. Bu suratlar solingan albomlar ularning bolalariga, nevaralariga o‘tadi. Nevaralar ham voyaga yetib, uning qoshiga keladilar. Demak, Baxtiyor ona yosh oilalarga baxt ulashib, abadiy yashaydi.
Onalarimiz, opa-singillarimiz salomatligini, turmush sharoitlari, kayfiyatlarini ko‘tarish, ularni e’zozlash, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash mustaqil O‘zbekistonimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Mustahkam oila yili sharofati bilan bu xayrli ishda yanada yuqori marraga chiqamiz. Chunki Prezidentimiz ma’ruzalarida «...har qaysi oilaning yukini hech nolimasdan, hayotga shukrona qilib, o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan, oila qo‘rg‘onining ham chiroyi, ham charog‘boni bo‘lgan ayol zotining, opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish »masalasi ko‘ndalang qo‘yildi. Kimdir bugun uyidan chiqayotib, ayoliga aytgan shirin so‘zidan mamnun bo‘ldi. Kimdir kecha ayoliga qattiqroq gapirib qo‘yganini esladi. Xijolat bo‘ldi...
«Ommaviy madaniyat» ayol siymosini reklama vositasiga aylantirdi. Bundaylarga ayolning qalbi, insoniy qimmati, yuksak Onalik martabasi kerak emas. Ularga ayol yosh va go‘zal bo‘lsa, bas. O‘zbeklar esa ayolni nozik qalbli, mehribon INSON, Ona, opa, xola, qizim, kennoyi, singlim deb izzatlaydi. Umrida birinchi bor ko‘rayotgan bo‘lsa ham.
O‘zbekona murojaatda qondoshlik, harorat, lutf bor. Opa, xola, qizim, kennoyi, singlim, degan murojaatda «Siz mening opamsiz, xolamsiz, qizimsiz, singlimsiz, kennoyimsiz. Men sizga begona emasman. Xuddi ukangizdek, akangizdek, qayningizdek yordam berishga tayyorman», degan ma’naviy burch bor.
Ona ro‘zg‘orda ota bilan farzandlarni birlashtiradi. U ota bilan farzandlar bir-birlaridan iymanib, ochiq aytolmaydigan gaplarni yetkazuvchi diplomat. Advokat. Tilmoch. Tarjimon.
Ona — har qanday maqtovlardan yuqori turuvchi siymo. Shuning uchun Ona so‘zi qo‘shilgan so‘zlar ham muqaddaslashadi — Ona Vatan. Ona zamin. Ona yurt. Ona tuproq. Ona tili. Vatan himoyachilari ona — Vatanimga sodiqman, deb qasamyod qilishadi. Onaning qo‘lidagi nonni tishlab, Vatan himoyasiga otlanishadi. Onaizor ularni har minut, har soat, har kuni kutgan. Kutadi. Qaytmasa, farzand dog‘ida onaday kuyadigan mushtipar qani?
Poytaxtimizdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |