Ayni o’zgarishlar nafaqat iste’mol sektoriga, balki mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga sabab bo’lmoqda. Xususan: 2018-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 407,5 trln so`mni tashkil etdi


-rasm. 2019-yil yanvar-sentabr holatiga O`zbekiston Respulikasida aholi umumiy daromadlari tarkibi



Download 0,89 Mb.
bet19/21
Sana31.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#133875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ISTEMOLCHI TANLOVI NAZARIYASI Chiqariladigan

4-rasm. 2019-yil yanvar-sentabr holatiga O`zbekiston Respulikasida aholi umumiy daromadlari tarkibi

2019-yilning yanvar-sentabr oylarida aholi umumiy daromadlarining katta qismi yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarni o`z ichiga olgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan (jami umumiy daromadlarining 69,5%) shakllandi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 2,0%, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 3,4%, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 25,1%ni tashkil qildi.

Xulosa

Kirish qismda aytilganidek ishlab chiqarishning eng zarur, foydali yo`nalishlarini aniqlash uchun iste’molchilar xususiyatlarini bilish zarur bo`ladi, chunki ular bir vaqtning o`zida hamma narsaga erisha olmaydilar. Demak, asosiy iqtisodiy muammolardan biri bo`lgan – tanlov muammosidir. Iqtisodiy resurslarni cheklanganligi va insonlar ehtiyojlarining cheklanmaganligi fundamental iqtisodiy muammoni – tanlash muammosini keltirib chiqaradi.

Yuqoridagi ma`lumotlardan kelib chiqib shuni ta`kidlash mumkinki, iste`molchilar tovarlarni o`zlarining ehtiyojlari va budjet qobilyatlarini hisobga olgan holatda tanlashadi. Tushunarliki bu holatda tovarlarning sifati va narxi eng katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Iqtisodiyotda esa bu tanlovlarning ma’lum qonunyatlarini aniqlash ta`lab etiladi, bu ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi korxona va tashkilotlar uchun o’z faoliyatlarini shakillantirish va rivojlantirishda muhim faktor.

Iste’molchi tanlovining o`zgarishiga bir qatoq omillar ta’sir ko`rsatadi:



  1. tovar narxidagi o`zgarishlar;

  2. iste’molchining didi;

  3. iste’molchining daromadlari;

  4. bir-biriga bog`liq tovarlar narxi;

  5. kelajakda narx va daromadlarning o`zgarishi ehtimoli.

Insonlar moddiy jihatdan ikki yoki undan ortiq tovarlar orasidan muqobil tanlovni amalga oshirishi kerak bo’lganida yuqoridagi, chekli naflilik, almashtirish samarasi kabi omillarni bu qonunyatlarni bilmagan holatda ham qo’llashadi va tanlovni amalga oshirishadi. Masalan: o’qishga kirgan talaba o’zi uchun bir necha kerakli tovarlardan ya’ni shaxsiy kompyuter, mobil telefon, ayrim kiyim kechaklar orasidan eng naflisi va narx jihatdan qulayini tanlaydi. Bu nazariya doimo va hamma tomonidan qo’llaniladi, hech kim bundan qochib qutulolmaydi. Hatto eng qudratli tashkilotlar va shaxslar ham bu faktor bilan hisoblashadi.

Umuman olganda iste’molchilarning xatti-harakati tovarlarning foydalilik xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Kishilarning ehtiyojlari cheksiz bo`lishiga qaramasdan, ma’lum xil tovarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishlari mumkin. Iste’molchilar qancha ko`p miqdorda tovar xarid qilsalar, shu turdagi tovardan keyingi, qo`shimcha birlikda xarid qilish xohishi shuncha pasayadi. Buni avtomobil xaridi misolida ham ko`rishimiz mumkin. Agar bir kishining avtomobili bo`lmasa, uni xarid qilish uchun bo`lgan ehtiyoji juda kuchli, u bitta avtomobilga ega bo`lsa, ikkinchi xarid qilish ishtiyoqi kamroq, ikkita mashinasi bo`lsa, uchinchi yoki to`rtinchi mashina sotib olishga ishtiyoqi ancha past bo`ladi. Hattoki, butun avtoparkni sotib olishga qodir bo`lgan kishilar ham kamdan-kam hollarda 4 yoki 5 ta mashinaga ega. Tovarlarning pirovard foydaligining kamayib borishi qonuniga muvofiq, har bir keying birlik mahsulot ma’lum miqdordagi talabni qondiradi. Demak, tovar talabni qondirolsa, u foydali hisoblanadi.

Yana shuni ta’kidlab o`tish mumkinki, iste’molchi tanlovi nazariyasi quyidagi tahmin-mulohazalarga asoslanadi:


  • iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko`rish va turkumlashtirishga qodir;

  • iste’molchilarning xohish-istagining tarnzitivligi ya’ni, mutanosibligi;

  • to`yinmaslik.

Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, bozozr iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning faoliyati uchun iste’molchilarning tanlovi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Davlat Statistika Qo`mitasi ma’lumotlarida keltirilgan raqamlarga e’tibot beradigan bo`lsak, yildan yilga YaIM hajmi ortib borayotganligini ko`rishimiz mumkin. Buning natijasida esa iste’molchilarning tanlovi sohalari tobora kengayib borayotganining guvohi bo`lamiz.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish