Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi. - Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi.
- Ikkinchi jarayonda aylanma mablag`lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste`mol jarayoniga o`tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o`tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo`naltiriladi va jarayon takrorlanadi.
- Ushbu jarayonda aylanma mablag`lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste`molchilar talabini qondiradi.
- Aylanma mablag`larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog`liqdir. Shu sababli aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.
Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin. - Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin.
- Umuman aylanma mablag`larga ta`sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.
- Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o`zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne`matlar bilan ta`minlovchilarni dislokatsiyasi, ya`ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin.
- Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo`llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-vositachilik bo`g`inlarini qisqartirish kabilar kiradi.
- Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog`liq bo`lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo`jaligi kabilar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |