Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo`lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan mablag`lar ham kiritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo`llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma mablag`lar» termenlari o`rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo`lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag`lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Aylanma mablag`lar o`z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo`lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo`lgan pul ta`minotidir.
Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi.
Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi.
Aylanma mablag`larning manbalari bo`lib korxonaning o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb etilgan mablag`lar hisoblanadi.
Korxonani tashkil topishda aylanma mablag`lar uning tasischilari mablag`i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to`ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag`lar (passivlar) hisobidan to`ldiriladi.
Aylanma mablag`lar asosiy fondlardan farqli bo`lib, ular muomala jarayoni bir siklida to`la iste`mol qilinadi va o`z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to`la o`tkazadi.