Aylanma mablag'lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari. Kreditning ta`minoti va uning shakllari


Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga



Download 52,1 Kb.
bet11/12
Sana01.01.2022
Hajmi52,1 Kb.
#287683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aylanma mablag'lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari. Kreditning ta`minoti va uning shakllari

Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga

qarab mijozlarni sinflarga ajratish bo‘yicha talablar



Ko‘rsatkichlar

I sinf

II sinf

III sinf

1.

Qoplash koeffitsienti (Kq)

Kq³2,0

2,0>Kq³1,0

1,0>Kq

2.

Likvidlilik koeffitsienti (Kl)

Kl³1,5

1,5>Kl³1,0

1,0>Kl

3.

Muxtorlik koeffitsienti (Km)

Km³60%

60%>Km³30%

30%>Km

 

Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar xar xil kredit munosabatlari to‘za oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvchilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob rakami bo‘yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‘yicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.

2-sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofik shaklda ta’minlanishi (kafolat, garov, kafillik) sharoitida kredit beriladi., agar uning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy holda bo‘lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kreditlar berilmaydi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qilish, kredit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarin oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.

Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ular kamdan kam holatlarda va yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‘ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.      

Agarda tahlil bo‘yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffitsienti 0,5dan (kk<0,5) kichik bo‘lsa, likvid mablag‘lari juda kam bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa va uning o‘z mablag‘lari miqdori ham kam bo‘lsa, u nolikvid balansga ega bo‘lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4-sinfga kiritish mumkin va bunday korxonlarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.

Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati shundaki, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini baholashning yakuniy ko‘rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq ko‘rib chiqishda, hamda kreditga layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mijoz turli xil sinflarga taalluqli bo‘lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida tug‘ri xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim bo‘ladi.

 

 Kreditga layoqatlilikni baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari



YUqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikning asosiy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Korxonaning kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlariga  beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o‘z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo‘jalik sub’ektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo‘lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o‘z vaqtida bankka  to‘lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Biz aylanma mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida oldingi paragraflarimizda kengroq to‘xtalgan edik. Shu bois biz qisqacha bo‘lsada kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni keltirib o‘tmoqchimiz. Bu ko‘rsatkichlardan biri bu aylanma aktivlarning aylanish koeffitsienti hisoblanadi.

Aylanma mablag‘larning aylanishi koeffitsienti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo‘yilgan mablag‘larning pul mablag‘lariga aylanish tezligini harakterlab, u ma’lum davr(oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag‘lari necha marta aylanganligini ifodalaydi :

 

Realizatsiya qilingan mahsulot xajmi



Kob =––––––––––––––––––––––––––––––––––––

   aylanma mablag‘larning o‘rtacha xronologik qoldig‘i

 

Kob. ni hisoblash aylanishni prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi. Aylanma aktivlarning aylanishi koeffitsienti aylanma aktivlarning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o‘rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi.



     Shuningdek, aylanma aktivlarning kunlarda aylanishini  ham  hisoblash mumkin. Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining bir marta aylanishi (P-T-I/CH-T-P) uchun necha kun ketishini ko‘rsatadi.

 

(O kunlarda Aylanma mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i x 360 kun aylanishi)   



 Ak= –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––;

realizatsiya hajmi


      Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to‘lashi shuncha tez amalga oshiriladi.


Download 52,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish