Kreditning ta’minlanganligi deganda qarz oluvchi aktivining qiymati va qarzni uzish bo‘yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov, kafolat, sug‘urta kabilar)ning kredit shartnomasida o‘z aksini topganini tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz oluvchi bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda bank ssudasini uzish uchun ahamiyatli bo‘lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa moliyaviy tanglik holatida mijozning o‘z majburiyatlarini bajarish kafolatini ta’minlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug‘urta ham bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik muammosi tug‘ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o‘ta muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |