Xo‘jalik ob’ektlarinig o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
· ustav fondi;
· rezerv fondi;
· boshqa tashkil qilingan fondlar;
· o‘tgan va hisobot yillaridagi taqsimlanmagan foyda.
Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganligi 30% dan kam bo‘lmasligi kerak. Aylanma aktivlarining aylanish tezligi va korxona faoliyatidan kelib chiqqan holda bu ko‘rsatkich ozgina past bo‘lishi ham mumkin. Agar bu ko‘rsatkich 60% dan yuqori bo‘lsa, kredit bo‘yicha riskni minimal deb qarash mumkin.
YUqoridagi ko‘rsatkichlarning natijasi me’yoriy talablar bilan taqqoslanadi va korxonaning moliyaviy ahvoli aniqlanib, kredit berish mezonlari belgilanadi. Kredit berish bo‘yicha sinflarga ajratishda quyidagi talablar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |