Terlash Terlash, ter chiqishi – organizmni sovitadigan fiziologik mexanizmlarning biri. Terlashda suv-tuz balansi saqlanadi (q. Moddalar almashinuvi) va teri yuzasidan ter ajraladi.Terlash uzluksiz, asosan, reflektor tarzda boʻladi. Terlash refleksi retseptorlari teri, shilliq padalar va mushaklarda, terlash markazi bosh miya, gipotalamus, uzunchoq va orqa miyada joylashgan.Termoregulyatsiyada, ayniqsa, yuqori haroratda ogʻir mehnat qilinganda, terlashning ahamiyati katta. Havo harorati yuqori boʻlganda terlash organizmni issiqlab ketishdan saqlaydi. Odam tinch tuganida harorat normal boʻlganda T. bilinmaydi, lekin teridan suvning bugʻlanishi va T. hisobiga sezilmaydigan darajada namlikning yoʻqolishi kuzatiladi (organizm bir kecha-kunduzda oʻrta hisobda 500 ml ga yaqin suv yoʻqotadi).Atrof muhitning harorati koʻtarilishi bilan ter bezlari va boshqa(lar) bezlar faoliyatining kuchayishi hisobiga odam koʻp terlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |