04n uchinchi bob
Ichkaridan quvilganlar boigan xunuk voqeaning
≪mazasini≫ tatib ko`rmoqchi boidilarmi, negadir, tarqalgilari
kelmayapti. Qibla mahallaningbolalari birlashib Egamberdini
g`irromlikda ayblasha boshlashdi. Soy mahalla bolalari:
. Kaltak yedilaiingmi, endi dumlaringni likillatmay jimgina
ketaveringlar, . deyishyapti.
. Egam g`irromlik qildi.
. Chalib yiqitdi.
. To`g`ri qildi, bopladi.
. Soy mahalla bolalari zo`r, hammangni yiqitadi, . deya
bir.birlarini gij.gijlashayapti. Shayton hammalarining ichiga
asta.sekin kirib borayotganga o`xshaydi, urishasan, bo`sh
kelmaysan, deyotganga o`xshaydi.
. Egam, qaytadan mushtlashasanmi.. deb so`radi bir bola.
. Butun mahallang bilan kel, . degan javobni berdi
Egamberdi.
Arzimagan gap, arzimagan narsa bahona boiib ikki
mahalla bolalarining jiqqamusht bo`lib urishgan paytlari ko4p
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
boigan. Qiziq, bunaqa paytlarda katta odamlar ham ko`pam
aralashavermaydi, goho tomoshabin boiib o`tirishaveradi.
Egamberdi simto`rni yerga qo`yib, ikki.uch odim o`rtaroqqa
chiqdi. ≪Kim boisang ham o`rtaga chiq≫, degan gapni baland
ovoz bilan aytdi. Bugun u sobiq raisning ikki o`gii bilan
mushtlashdi, galma.galdan ikkovini ham urdi. Yetimchasan,
deb kamsitganlari, o`g`risan deb xo`rlaganliklari uchun urdi.
Qiziq feii bor uning: o`zini hech qachon kamsitishlariga yoi
qo`ymaydi, kamsitgan bola bilan to kechirim so`ramaguncha
olishaveradi. Qibla mahalla bolalari darozgina bir o`smirni
itarib o`rtaga chiqarishdi.da:
. Egam bilan sen mushtlashasan, mahallani himoya qilasan.
. Men maktabdan haydalgan bola bilan mushtlashib
obro`yimni to`kmayman, ahmoqmasman.
Ehtiroslar qizib borayapti, hayajonlar oshib borayapti.
Tarafkash boiib kelgan bolalarning ichiga kirib olgan kattakichik
shaytonlar tez boi, bo`sh kelma, deb qistab ham
turishibdi... Xayriyat, shu vaqtda Fotima.Zuhro opa.singillar
qayerdandir paydo boiishib, to`planganlarni nari.beri
itarishib, o`rtaga kirib kela boshladilar. Tomoshani yaqindan,
yaxshiroq ko`ramiz, ertaga malctabga borib rosa maqtanamiz,
deb davrani torroq olgan yosh bolalar Fotima bilan Zuhro qiz
ularni chetga qancha itarib.surmasin, davrani battarroq qisib
kela boshlashdi. Fotima qiz shaddodroq, ham jahldorroq
emasmi, bir.ikki bolani qattiqroq itarib yuborgan ekan, ikkovi
ham yerga orqasi bilan tushdi.da, bor ovozlarini chiqarib
dodlab yuborishdi. Qiz boladagi bunday jur`at Qibla mahalla
bolalarining hamiyatini qo`zg`ab yubordi shekilli:
. Mahallamizning bolalarini urishyapti, . deya qichqirdi
bir bola. Tamom, har birining ichidagi mudray boshlagan haligi
shaytonu shaytonbachchalar tengdan bosh ko`tardi. Yigitchayigitcha
bilan, oksmir o`smir bilan, bolakay bolakay bilan
mushtlashib ketishdi. ≪Tekin tomoshani≫ ko`ramiz deb qiziqib
kelgan qizlar ham bor ekan, hammalari birlashib Fotima bilan
qo`rquvdan 3airagi duk.duk urib turgan Zuhro qizga hamla
qilib qolishdi. Keyin, ko`cha hali qorong`i emasmi, Qibla
mahalla qaysi.yu, Soy mahallaning bolasi qaysi, buni ham
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
ajrata olmay qoldilar. Qaysidir bolaga o`qituvchisi ikki baho
qo`ygan bo`lsa, alamini qarshisida turgan boladan olayapti,
sigirigayaxshi ovqat bermay daladan och qolib kelgani uchun
onasidan kaltak yegan yana bir bola alamini boshqa bir
boladan olayapti...
To`satdan uchastka nozirining dahshat bilan churillagan
hushtagi ovozi eshitilib qoldi. Hushtak bir emas, ikki bora,
uzoq.uzoq churilladi, g`azab bilan, nafrat bilan, ichi to`la
vahima bilan churilladi. Kim qayoqqa qochayotganligi bilinmay
qoldi. Ko`z yumib ochguncha ko`cha o`rtasida Egamberdi bilan
Karimberdi.yu oyoqlari ostidagi simto`rlarda tinmay
urinayotgan quyonlar qoldi, xolos. Uchastka nozirining
bezorilar, hammangni qamataman, degan ovozigina
eshitilayapti, xolos. Xayriyat, Fotima bilan Zuhro qiz qochib
ketishmagan ekan. ≪Furqat aka, janjalni Qibla mahalla bolalari
boshlashdi, boshqatdan mushtlashamiz, deb urishni
o`shalarning o`zlari boshlashdi≫, degan gaplarni aytishdi.
≪Yana hammadan oldin G`ulomning akasi Isroil boshladi≫
degan axborotni ham qo`shimcha qilishdi. Uchastka noziri
hayajonlarini goh bosib, goh bosolmay yengil.engil qaltirab
turgan Egamberdi bilan Karimberdigayaqinlashib:
. O`h.o`, azamatlar, mashmashani yana boshlabsizlar.da,
. deya do`q urgan bo`ldi.
Javob qizlardan qaytdi.
. Furqat aka, janjalni Isroil boshladi deyapmiz.ku. Uchastka
noziri qizlarga, ularning yolvorib aytmoqchi bo`lgan gapiga
unchalik e`tibor bermadi. Engashib ovoq ostidagi simto`rlarda
pitirlab turgan quyonlardan birini ko`tarib:
. O`g`irlangan quyonlar shularmi. . deb so`radi.
Egamberdi bilan Karimberdi bir ovoz bo`lib
≪o`g`irlaganimiz yo`q, velosipedimizni garovga qo`yib keldik≫,
degan gapni ikki.uch bor aytishdi. Yo`q, uchastka noziri bu
gaplarga quloq solmayapti, aftini g`alatiroq bujmaytirib:
. Egam, Karim sen ikkovlaring ilgari ham quyon o`g`irlagan
edilaring, . deb gap boshladi.
. Yolg`on.
. Tuhmat, . deyishyapti yigitchalar.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Uchastka noziri bir so`zli yigit ekan, gap shu, senlar
okg`irlab kelgansanlar, buni ertalab muhokama qilamiz, deb
simto`rdagi quyonlarni ko`tarib yigitlarni oldiga solib okz
idorasi tomon olib keta boshladi. Idorasiga borib nima
deyishini, nima qilishini bilmay turgan o`smirlarni, kichikroq
bir xonaga qamadi.da:
. Muhokama eitalab boiadi. . deb eshikni ustidan qulflab ketdi.
Ikki o`rtoq bir.birlariga g`amgin tikilganlaricha, o`tiradigan
joy ham yo`q ekan, uzoq tik turib qolishdi. Egamberdi qo`lini
musht qilib, tishini g`ijirlatib.g`ijirlatib qo`yyapti. Uchastka
noziridan esa darak yo`q.
Kutilmaganda deraza orqasidan Fotimaning:
. Uylaringga xabar beraylikmi. . degan vahima toia ovozi
eshitildi. Egamberdi nima deyishini bilolmay turardi.
Karimberdi, xayriyat, o`zini yo`qotmagan ekan, past ovoz bilan
≪kerak emas, bilmaganlari yaxshi≫, deyajavob qaytardi.
. Boimasa ovqat olib kelaylikmi. . degan ovoz eshtildi
tashqaridan.
. Eshik qulf.ku, ovqatni qayerdan uzatasizlar.
. Eshikka nomigagina qulf solingan ekan, qulf likanglab
osilib turibdi.
. Uchastka noziri.chi.
. To`yga olib ketishdi.
. To`yga..
. Hamdam akanikida to4y boiayapti.
. Bor ovqatni tezroq olib kelinglar, . mazmunida qisqagina
savol.javoblar bo`lib o`tdi.
Ovqat olib kelishdi. Shosha.pisha yeyishdi ham. Qizlarga
qayta.qayta rahmatlar ham aytishdi. Karimberdi gapga uncha
aralashmas, zimdan Zuhro qizning nigohini axtarar,
Egamberdi boisa hozirgi kayfiyatiga hech mos kelmaydigan
qiziq.qiziq so`zlarni aytar: ≪quyonlarimiz ko`payib millioner
bo`lib ketsak Fotima, senga eshitayapsanmi senga deyapman,
mana bu Karimberdidan ko`zini uzmay o`tirgan Zuhroga, xudo
xohlasa ikkovlaringga bir xil quyonlarimning terisidan palto
tiktirib beraman≫, degan gaplarni shunchaki ko`ngil ko`tarish
uchun unchalik yuki boimagan so`zlarni aytar edi...
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |