O`n ikkinchi bob
Ikki o`rtoq darvozalar qattiq yopilib, ko`chaga quvilgach,
nima qilishni, qayerga borishni bilmay, garang holatda ancha
mahal turib qolishdi. O`zini hamisha ishboshi hisoblab
yuradigan Egamberdi ≪o`rtoq, ishqilib xafamasmisan.≫ deb
ko`ngil so`ragan bo`ldi. Karimberdi sal kulimsirab, ozgina
jilmayib, ≪ey o`rtoq xursand bo`ladigan ish bo`layotgani yo`qku
≫, deb qo`ydi.
Yana ikki o`rtoq bir.birlariga qarab jim qolishdi. Jimlikni
Egamberdining o`zi buzdi:
. Birov bizni o`g`irlik qildi, deb aytgan bo`lsa kerak. O`gay
onam mendan o`ch olish uchun payt poylab yurardi. O`rtoq,
faqat sen xafa boima, meni tashlab ham ketma. Ko`rasan,
biz hali millioner boiib ketamiz. Esingdami, bitta jurnalni
birgalashib o`qigandik. O`shanda bitta hech kimning e`tiboriga
tushmaydigan cho`loq, kambag`al yigit zuluk boqib bora.bora
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
boyib ketganda, manaman degan boylarningqizi o`zlari sovchi
qo`yib, shu yigitga men tegaman, men tegaman, deya
janjallashib qolishgan ekan.
. Egam, qo`y endi bu gaplaringni. Bu kecha qayerda
yotishimizni o^laylik.
Maslahatlasha.maslahatlasha qishloq markazidagi guzarda,
Akrom kompyuterchining kompyuter xonasida bir kecha
tunashga qaror qilishdi. Karimberdi ketguncha bir narsalar
haqida chuqur xayol surib ketdi. Egamberdi boisa kim bilandir
urishmoqchidek qoiining mushtini yozmay borardi.
Xonkeldi qishlogida uyali telefon, qoi telefoni xizmati
uncha rivojlangan emas. O`zini tutib olgan daromadi ko`payib
borayotgan besh.o`n fermergina ulardan foydalanadi, xolos.
Ammo og`zaki telefon xudoga shukur, shundav rivojlanganki,
undan foydalanish shunday avj olganki, ta`riflariga so`z topa
olmaysiz. Xushxabarmi, shum niyatda aytilgan xunuk gapmi
ko`z yumib ochguncha qishloqning u chekkasidan bu
chekkasiga borib yetadi. Egamberdi bilan Karimberdilarning
savdo yarmarkasida ko`rgan.kechirganlari, so`qmoq voidan
yurib uylariga yetib kelguncha, o`sha yerda boigan
mashmashalar allaqachon uylariga ham, qishloqdagi eng
chekka uylarga ham borib yetgan edi. Eng yomoni u yerda
o`girlik yuz bergani yo`q edi, ammo ogizdan.ogizga o`tgan
yasama gaplar bu ijdri aybsiz yigitchani o`g`riga chiqarib
qo`ygan edi.
Ikkovlari sim katakdagi quyonlarini ko`tarib Akrom
akaning kompyuter xonasiga tortinibroq, uyalibroq kirib
borganlarida xonaning bir pallasida tomosha ko`rish uchun
dadalaridan pul undirib chiqqan yosh.yosh bolalar kompyuter
o`yinlariga berilib tomosha ko`rishar, xonaning boshqa bir
pallasida esa yosh.yosh o`smirlar, bo`y cho`zib qolgan
yigitchalar chet el videofllmlarini ko`rib o`tirishar edi.
To`satdan har tomondan savollar yogila ketdi:
. Egam, o`girlagan quyonlaring shumi.
. Quyon emas, semirgan yowoyi mushukka o4xshaydi.ku.
Karim sening qulog`ingni qiz bola tishlab olgan emish, shu
rostmi.
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
. Egam, sen quyon bermayman desa quyonchi bolani
tagingga bosib urganmishsan, shu to`g`rimi.
Egamberdi nafasini chiqarmay kulimsiragannamo jimgina
turardi. Karimberdi goh unisiga, goh bunisiga nimanidir
tushuntirmoqchi bo`layapti. Shu asnoda kutilmaganda, yana
bir dilisiyohlik boshlandi. Chet elning ma`ni.bema`ni
videolarini berilib tomosha qilib o`tirganlar orasida ashaddiy
quyonboqar deb nom chiqargan, hozir esa bitta ham quyoni
qolmay, quyonxonalari huvillab yotgan G`ulom g`uppaning
akasi Isroil ham o`tirgan ekan. Sekin o`rnidan turib, jimgina
turgan Egamberdigayaqinlashib:
. Yaxshi ko`rgan ukamni nega uyaltiryapsanlar, . deb
o`shqirgan bo`ldi, . bas qillaring maynavozchilikni, bu ukam
bitta to`rdagi quyonlarni menga olib kelgan, to`g`rimi, Egam.
Egamberdi indamadi, yuzidagi haligi jilmayish yana ham
kuchaygandek bo`ldi.
. Gapir uka, bitta to`r bizniki bo`ladi, shundaymi.
Hammaning e`tibori Egamberdi bilan Karimberdida,
ikkovlari bo`lsa qanday javob qaytarishni bilmay hayron bo`lib
turishibdi.
. O`tgan yili bizning bog`dan quyon o`g`irlagansan,
o`shaning o`rniga olib keldingmi bu quyonlarni.
. Daftarga almashtirganman o`sha quyonlaringni.
. Keyin kechasi borib quyonlarning eshigini ochib
yuborgansan, quyonlar dalaga tarqab ketgan.
. Yolg`on aytayapsan. Quyonxonaning eshigini tulkilar
timdalab ochgan.
. O`sha tulki tag`in sen bo`lmagin, uka.
. O`zing tulkisan Isroil. Nari tur quyonlarimga tegma.
Isroil quyon to`la to`rlardan birini qo`lga oldi. Egamberdi
tortib olmoqchi bo`ldi. Mushtlashib ketishdi. Ikkovi
mahallaning bolalari Qibla mahalla bolalari Isroil tomonga,
Soy mahalla bolalari Egamberdi bilan Karimberdi tomonga
bo`linishdi. Egamberdi kim bilan mushtlashsa darrov tagiga
bosib harakat qilardi, bu gai ham shunday bo`ldi. O`zidan bo`yi .
ham baland, jussasi ham katta, tanasi ham ancha og`ir Isroilni
bir amallab tagiga bosib, qorniga o`tirib, o`ng qo`li bilan
www.kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
Kitob.uz . Respublika bolalar kutubxonasi
yoqasini mahkam siqib oldi. Isroil harchand urinmasin,
oyoqlarini harchand tipirlatmasin tagidan chiqa olmayapti.
Yoqasini ham bo`shata olmayapti.
. Bas qil, oidirib qo`yasan, . deb videochi Akrom yugurib
keldi. Egamberdining qoiidan tortib Isroilning ustidan
tushirdi. Havo yetmaganidanmi, rangi oppoq oqarib ketgan
Isroil anchagacha behol turdi, keyin xo`mrayib:
. Sen o`g`rini shoshmay turgin, ta`ziringni beraman, . dedi
va davom etdi, . g`irrom ekansan, chalib yiqitding meni.
. Ukangni ham urganman, bor endi dadangni ham aytib
kel. O`sha raislikdan haydalgan dadangni ham bir boplayman.
Videochi Akr.om ≪endi hammang tarqal, hozir uchastka
noziri kelib katta.yu kichigingni so`roqqa tutib, mening
boshimga gkalva yog`dirasanlar≫, deb Egamberdi bilan
Karimberdini ham qoilariga to`rdagi quyonlarini berib itaraitaratashqariga
chiqarib qo`ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |