Axorot xavfsizligi



Download 1,07 Mb.
bet5/10
Sana14.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#794836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI namuna Yuldashev Sardor

5.2.3. Tarmoq pog‘onasi


Ushbu pog‘onaning asosiy vazifasi turli topologiyali tarmoqlarda va turli tarmoq segmentlarida maʼlumotlar paketlarini vositachi uzellardan foydalangan holda yеtkazib berishdir. Ushbu vazifani hal qilish uchun tarmoq pog‘onasida o‘zining adreslash tizimi (tarmoq adresi) joriy etiladi hamda kompyuter tarmog‘ida maʼlumotlarni uzatish yo‘lini aniqlash uchun marshrutlash mexanizmi qo‘llaniladi.
Yangi adreslash tizimini joriy etish zarurati marshrutlashni taʼminlovchi tarmoq adresi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerakligi bilan izohlanadi. Ushbu adres tarmoq nomeri bilan bir qatorda xost nomerini ham o‘z ichiga oladi.
Bunday holda, agar yuboruvchi va qabul qiluvchi adreslarining birinchi qismlari bir-biriga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa (yaʼni, ularning tarmoq nomerlari birbiriga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa), u holda yuboruvchi va qabul qiluvchi bitta tarmoq segmentida joylashgan deb hisoblanadi va maʼlumot to‘g‘ridan-to‘g‘ri
(vositachilarsiz) uzatiladi.
Agar yuboruvchi va qabul qiluvchi turli tarmoqlarda joylashgan bo‘lsa, maʼlumot vositachi uzelga (shlyuz)ga uzatiladi, u yеrdan maʼlumot qabul qiluvchiga yoki keyingi vositachi uzelga yuboriladi.
Maʼlumotlar paketlarini uzatish yo‘llari tarmoq uzellarida saqlanadigan yoki baʼzi dinamik marshrutlash protokollari asosida avtomatik ravishda tuziladigan marshrutlash jadvallari asosida aniqlanadi.
Tarmoq pog‘onasi kompyuter tarmog‘ida tegishli protokollarni o‘rnatish va sozlash (IP, IPv6 va boshqalar) orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq pog‘onasida ishlaydigan apparat qurilmalariga marshrutizator kiradi.

5.2.4. Transport pog‘onasi


Ushbu pog‘ona ishonchsiz tarmoqda maʼlumotning kafolatli uzatilishini nazorat qiladi, yaʼni ishonchsiz tarmoq ustida 2 uzel o‘rtasidagi ishonchli aloqani taʼminlashga xizmat qiladi. Asosiy funksiyalari paketning buzilishi, yo‘qolib qolishi, dublikatining paydo bo‘lishi kabi uzatishdagi xatoliklarni to‘g‘rilash hisoblanadi.
Maʼlumotlarni paketlarga ajratadi. Har bir paketning sarlavha qismi bo‘lib, unda yuboruvchi IP-adresi va qabul qiluvchi IP-adresi yozilgan bo‘ladi.
Ushbu pog‘onada asosan 2 ta protokol TCP va UDP qo‘llaniladi. TCP protokolida yuboruvchi maʼlumotlar uzatganda, qabul qiluvchidan ushbu maʼlumotlar to‘liq yеtib kelganligi haqida xabar oladi, agar maʼlumot to‘liq yеtib kelmaganligi haqida xabar olsa, unda maʼlumotni qayta yuborishni amalga oshiriladi.
UDP protokoli maʼlumot qabul qiluvchiga to‘liq yеtib borganini tekshirish zarur bo‘lmagan holda foydalaniladi, yaʼni ushbu protokol maʼlumotlarni tarmoqqa uzataveradi, lekin ushbu maʼlumotlar qabul qiluvchiga yеtib bordimi yoki yo‘qmi, buni aniqlab o‘tirmaydi. Bu protokol maʼlumotlarni uzatishni minimal xarajatlar bilan tashkil etishga imkon beradi, bu odatiy kichik so‘rovlarni yuboradigan baʼzi tarmoq xizmatlari uchun muhim.
Bu pog‘onada tarmoq porti degan tushuncha mavjud. Tarmoq porti – mantiqiy port (fizik port emas) bo‘lib, u har bir IP-adres uchun mos ravishda 1 dan 2^16-1 tagacha bo‘ladi. Masalan 192.168.0.10 IP-adres xostga o‘rnatilgan bo‘lsa, unda 192.168.0.10:1, 192.168.0.10:2,…,192.168.0.10:65535, agar ushbu xostda yana bitta 172.20.0.20 IP-adres o‘rnatilgan bo‘lsa, unda 172.20.0.20:1, 172.20.0.20:2,…, 172.20.0.20:65535.
Tarmoq portlari 2 ta uzelning tarmoq dasturlari o‘rtasida aloqani identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. IP-adres orqali maʼlumot uzelgacha yеtib keladi. Uzelga yеtib kelgan maʼlumotni qayta ishlashga qaysi dasturga uzatish uchun aynan port qo‘llaniladi. Bundan kelib chiqadiki, paketlarda yuboruvchi va qabul qiluvchi IP-adreslaridan tashqari tarmoq porti ham yozilgan bo‘ladi. Masalan: 192.168.0.100:12020-192.168.0.10:80 – buning maʼnosi, maʼlumot 192.168.0.100 IP-adresli yuboruvchi uzelning 12020 porti orqali 192.168.0.10 uzelning 80 portiga uzatilmoqda, degani.
Albatta bu holda ushbu 2 ta uzelning mos portlarida qaysidir dastur jarayoni ishlab turgan bo‘ladi, aynan ushbu dasturlar aloqa qilayotgan bo‘ladi. Odatda qabul qiluvchi uzelda tarmoq dasturi ishga tushgandan keyin bir yoki bir nechta portni band qilib, ushbu portlarni tinglab turadi. Agarda tinglab turgan portiga xabar kelsa, dastur uni o‘qib olib qayta ishlaydi, kerak bo‘lsa javob qaytaradi, uzatuvchi xabarni qaysi porti orqali uzatgan bo‘lsa, ko‘pincha javob ham o‘sha portiga uzatiladi. Har bir portdan bir vaqtning o‘zida faqat bitta dastur foydalanishi mumkin.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish