5.1-rasm. OSI modeli pog‘onalari orasidagi aloqalar
Aslida har bir pog‘ona qo‘shni pog‘onalari bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkin: yuqori va pastki. Yuboruvchi kompyuterdagi maʼlumotlar har bir pog‘ona protokollari dasturlari yordamida barcha pog‘onalardan vertikal ravishda o‘tishi kerak. (5.1-rasmda “–––––”chiziq bilan ko‘rsatilgan aloqa).
Maʼlumotlar tarmoq orqali uzatilishi uchun bo‘laklarga ajratiladi. Maʼlumotlar bo‘laklari pog‘onalardan o‘tib borgan sari unga har bir pog‘onaning boshqaruv xabarlari yaʼni maʼlumot oldidan sarlavha va oxiridan esa qo‘shimcha qo‘shiladi (5.2-rasm). Oxirida maʼlumot 7 ta sarlavha va qo‘shimcha bilan birgalikda fizik muhit orqali qabul qiluvchiga uzatiladi.
Qabul qiluvchi tomonda maʼlumot barcha pog‘onalardan teskari tartibda o‘tadi. Har bir pog‘ona protokoli mos boshqaruv xabarlarni o‘qiydi, o‘ziga tegishli boshqaruv xabarlarini o‘chirib qolgan qismini o‘zidan yuqori pog‘onaga uzatadi. Maʼlumot amaliy pog‘onadan o‘tganda, barcha boshqaruv xabarlari maʼlumotdan o‘chirilgan bo‘ladi va maʼlumot asl shakliga qaytadi.
5.2-rasm. maʼlumotlarning OSI pog‘onalaridan o‘tganda unga har bir pog‘ona boshqaruv xabarlarining qo‘shilishi 5.2.1. Fizik pog‘ona
Ushbu pog‘onada maʼlumot bitlarini fizik kanallar orqali uzatish usullari, tarmoq komponentlarining xarakteristikalari aniqlanadi. Tarmoq komponentlarining xarakteristikalari: uzatish vositasi turi (kabel, radio to‘lqin), fizik tarmoq interfeyslari turlari, tarmoq topologiyalari, chastota va boshqalar.
Fizik pog‘onada tarmoq qurilmalarida apparat shaklda amalga oshiriladi. Fizik pog‘ona texnik vositalariga kabellar, ulagichlar, kommutatsiya panellari, repiterlar, konsentratorlar, media konvertorlar kiradi.
5.2.2. Kanal pog‘onasi
Ushbu pog‘onada asosiy topologiya tarmoqlarida maʼlumotlar kadrlari (freymlari)ni yеtkazib berish amalga oshiriladi, bu uchun uzatish vositasining mavjudligi tekshiriladi, kadr tayyorlanadi va uzatishda xatolar aniqlansa ular tuzatiladi. Kadr – maʼlumot bitlari, yuboruvchi va qabul qiluvchining MACadreslarini o‘z ichiga olgan kanal pog‘onasining maʼlumot birligi. Shuningdek protokolga qarab, kadrning yaxlitligini tekshirish uchun nazorat summasi, tarmoq protokoli yorlig‘i va h.k. bo‘lishi mumkin.
Kanal pog‘onasini to‘g‘ri tushunish uchun quyidagilarni anglab olish kerak:
Maʼlumotlarni uzatish kadrlarda (freymlarda) amalga oshiriladi.
Kadrlarni yеtkazib berish faqat asosiy topologiya tarmoqlarida va bitta tarmoq segmenti ichida amalga oshiriladi, yaʼni yеtkazib berish oraliq vositachi uzellardan foydalanmasdan amalga oshiriladi.
Fizik adres tushunchasi paydo bo‘ladi, uzatiladigan kadrlarni yеtkazib berish uchun ishlatiladigan MAC-adres.
Kanal pog‘onasi tarmoq qurilmalarining dasturiy taʼminotida (tarmoq adapterlari, kommutatorlar, modemlar va boshqalar), shu jumladan OT-lar uchun tarmoq adapteri drayverida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |