Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   290
Bog'liq
falsafa

Diniy  terrorizm.  Islom  niqobidagi  terrorizm  –  an'anaviy  islom  dini  tarqalgan  regionlarga 
(Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika va h.) hamda oxirgi o‘n yilda musulmon diasporalari 
paydo bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Bu islom fundamentalizmi va ekstremizmini namoyon 
qilishni o‘ziga xos shaklidir. U G‘arbni o‘zida mujassam etadigan barcha narsalar bilan, uning 
hayot tarzi bilan bog‘liq va nihoyat, butundunyo islom xalifaligini o‘rnatishdir. Bu oqimning 
tipik ko‘rinishi: «Al-qoida», «Musulmon birodarlari», «Xizbiolloh», «Hamas», «Tolibon». 
Ko‘pchilik fikriga qarshi o‘laroq,  islom terrorizmidan tashqari boshqa diniy terrorizmlar 
ham  mavjud:  yahudiy,  katolik  (Olster),  protestant,  sikx,  induist  va  h.k.  Ammo  global  islom 
terrorizmiga  nisbatan  ularningg  kichik  mintaqaviy  faoliyatini  inobatga  olgan  holda  umumiy 
olganda ularga kam e'tibor beriladi. 
Terrorizmning  har  xil  ko‘riniщlari  bilan  kurash  dunyo  hamjamiyatining    eng  asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi.  


Ekstremizm  va  terrorizmga  yondoshishning  eng  ma'qul  yo‘llaridan  biri  bunday 
hodisalarga taalluqli bo‘lgan barcha muammolar doirasini ob'ektiv ravishda xolisona, haqiqiy 
ilmiy tahlil asosida idrok etishdir. 
Fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm, terrorizm qat'iy belgili aloqa bilan bog‘langan 
emaslar.  Mohiyat  jihatdan  ushbu  hodisalarning  har  birini  to‘laligicha,  bir-biriga  bog‘liq 
bo‘lmagan holda mustaqil ravishda o‘rganib chiqish mumkin. Negaki, ularning har biri o‘ziga 
xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  kelib  chiqish  xususiyatlari  va  amal  qilish  jihatlari  bilan  bir-
biridan  farq  qilishi  mumkin.  Biroq    muayyan  vaziyatlarda  ular  o‘zaro  aloqada  namoyon 
bo‘lishlari  mumkin.  Shuning  uchun  ham  fundamentalizm,  radikalizm,  ekstremizm  va 
terrorizm tushunchalari va hodisalari nisbatini nazariy va amaliy tahqiq qilish zaruriyati kelib 
chiqadi.    
Fundamentalizmni  ijtimoiy  fikrdagi  e'tiqodga  sodiq  oqim  sifatida  (albatta  diniy  bo‘lishi 
shart emas) qarab chiqish mumkinki, o‘zining asliy (o‘z nomini shundan olgan) qadriyatlar, 
g‘oyalar,  qandaydir  ta'limot  qoidalari.  Dunyoqarashlar,  mafkuraviy  ta'limotlarga  sodiqligini 
va uni qat'iy ravishda himoya qilajagini e'lon qiladi. Bunday ma'noda fundamentallik nafaqat 
islomda, balki har qanday dinda (xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va hokazo), hamda juda 
ko‘plab dunyoviy ta'limotlarda ham mavjuddir. 
Radikalizm  –  mafkuraviygina  emas,  balki  siyosiy  amaliyot  va  taktika  (ish  yuritish  tarzi) 
masalasiga  taalluqli  hodisadir.  Radikal  ruhdagi  kishilar  shuni  qat'iy  ravishda  targ‘ib 
qiladilarki, siyosiy kurashda (hamda mafkuraviy va hokazo) agar u zarur deb topilgan natijani 
bersa,  man'  etilgan  vosita  va  usullarning  bo‘lishi  mumkin  emas.  Radikalizmning  mantiqiy 
oqibati ekstremizmdir. 
Ekstremizm  (siyosiy, irqiy, diniy va hokazo) mintaqaviy va hatto umumiy xususiyat kasb 
etgan unchalik ham yangi hodisa bo‘lmasdan, unga qarshi kurash o‘zining muayyan tarixiga 
ega. Muayyan qarashlar, g‘oyalar, e'tiqodlar tizimi sifatidagi ekstremizmda o‘zining alohida 
xususiy yo‘nalishi bilan maydonga chiqqan diniy ekstremizm o‘z ifodasining turli shakllariga 
ega?  yetarli  darajada  tinchlik  va  nisbatan  demokratik  tarzdan  tortib,  zo‘ravonlik  va  oshkora 
terroristik shakllargacha. 
Ekstremizmni  qandaydir  g‘oyani  alohida  olingan  shaxs,  guruh,  partiya,  tashkilot 
tomonidan mutaqlashtirish natijasida, uni amlaga oshirishga undovchi o‘ziga xos o‘ta faollik 
sifatida  qarab  chiqish  mumkin.  Ekstremizmning  o‘zi  siyosiy,  mafkuraviy  yoki  ruhiy  hodisa 
sifatida  hamma  vaqt  ham  jinoyat  emas  va  har  vaqt  ham  jinoiy-huquqiy  boshqaruv 
me'yorlariga to‘g‘ri kelavermaydi. Ammo bu shu asnogacha to‘g‘ridirki, u hanuz zo‘ravonlik 
va tovlash usullarini qo‘llashdan tiyilib tursa. 
Terrorizm  –  radikalizm  va  ekstremizmning  eng  nihoiy  shakli  bo‘lib,  davlat  ma'muriy 
tizimlari  yoki  boshqa  ijtimoiy  ob'ektlarga  ekstremistik  guruhlar  talabini  bajarilishini 
ta'minlash  maqsadida  majburlash  va  ularga  tazyiq  ko‘rsatish  vositasi  sifatida  namoyon 
bo‘ladi.  Terroristik  amallar  turli  vositalar:  portlatish,  o‘t  qo‘yish,  siyosiy  arboblar  joniga 
suiqasd,  garovga  olish.  O‘g‘rilash  va  ommaviy  qirg‘in  qurollarini  qo‘llashga  (yadroviy, 
biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ekstremistik ruhdagi har bir 
guruh  ham  terroristik  bo‘lib  qolishi  shart  emas,  ammo  imkoniy  jihatdan  o‘zining  mantiqiy 
xotimasi sifatida ekstremizm terrorizmga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga ushbu mantiq 
juda  ham  o‘ziga  xosdir.  Terroristlar  talablarini  hukumat  yoki  boshqa    ma'muriy    tizimlar 
tomonidan  qondirilishi  hamma  vaqt  ham  terroristik  faollikning  kamayishiga  olib  kelmaydi. 
Terroristlar orasida hamisha shunday radikallar topiladiki, ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishidan 
qat'iy nazar terror taktikasini qo‘llashda davom etadilar. 
Qachonki,  jamiyatda  qandaydir  keskin  o‘zgarishlar  yuz  bersa,  bo‘layotgan  hodisalarga 
nisbatan  turli  qarashlar  paydo  bo‘ladi.  Tanlangan  yo‘lni  ma'qul  topmagan  opponetlar 
topiladiki,  ularning  ta'kidlashlaricha,  barcha  narsani  bunday  emas,  balki  boshqacha  qilmoq 
lozim.  Bunday  fikr  bilan  xayrixohlik  qiluvchi  kishilar  guruhi  ham  paydo  bo‘ladi.  Bunday 


vaziyatda umuminsoniy qadriyatlar tizimiga yoki alohida olingan katta ijtimoiy jamoalarning 
qadriyatlariga  qarama-qarshi  bo‘lgan  alohida  g‘oyalar  va  qarashlar  tizimi  shakllanishi 
mumkin. 
Tarixda terrorizm dunyoviy va diniy sohalarda ham siyosiy kurashning eng keskin vositasi 
sifatida yetarli darajada keng qo‘llanildi. Ayniqsa terrorizm ko‘proq darajada jamiyatning bir 
holatdan  ikkinchisiga  o‘tish  davrida,  siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  beqarorlik  sharoitida 
qo‘llanilgan va qo‘llanilmoqda. 
Hozirgi  zamon  terrorizmining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  alohida  amaliyotdan 
ommaviy,  jamoaviy  tarzdagi  oldindan  yaxshi  rejalashtirilgan  va  tashkil  etilgan  saviyaga 
o‘tishdir.  Terror  endi  ayrim  olingan  mutaassib  bir  kishining  ishi  bo‘lmay  qoldi.  Hozirgi 
vaqtda  u  bilan  keng  tarmoq  otgan,  katta  moliyaviy,  insoniy,  texnik  zahiralarga  ega  bo‘lgan 
qudratli tashkilotlar shug‘ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas. 
Bu  yerda  XX  asrning  90-yillaridan  boshlab  «Xizb-ut-tahrir»,  «Islom  ozodlik  partiyasi», 
«O‘zbekiston islomiy harakati», «Tojikistonning islomiy uyg‘onish harakati» (90-yillargacha 
ham) kabi terroristik tashkilotlar va boshqalar faol ish olib bormoqdalar. O‘zlarining maqsadi 
sifatida ular mintaqada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni ag‘darib tashlab, diniy davlatni barpo 
qilish ekanligini e'lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al-Qoida» kabi terroristik 
tashkilotlar  bilan  bevosita  aloqa  bog‘lagandirlar.  Ularning  faoliyati  tashqi  kuchlarning 
yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalarga asoslandir. Ularning sa'y-xarakatlari 
tufayli bir qator terroristik aktlar ro‘y berdiki, ularning natijasida ko‘plab qurbonlar, moddiy 
zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi kuzatiladi. 
Terrorizm  bilan  kurashning  dunyoda  to‘plangan  tajribasi  shuni  ko‘rstadiki,  yangi 
terroristik  harakatlarning  oldini  olish  maqsadida  shunga  e'tibor  qaratish  juda  muhimki, 
bunday  harakatlar  yo‘li  bilan  davlatni  ular  ko‘zlagan  maqsadlar  sari  amal  qilishga  majbur 
qilishga  terroristlarda  hyech  qanday  umid  qoldirmaslik  lozim.  Terrorsitlarni  o‘z 
qilmishlarining be'mani va behuda ekanligini o‘ylab ko‘rishga majbur qilish lozimki, toki ular 
o‘z  talablarini  tanqidiy  ravishda  o‘ylab  ko‘rsinlar  va  xalqaro  terrorizm  jabhasida  olib 
borilayotgan kurashda ekstremistik yo‘lning hujumkorlik mohiyatini to‘g‘ri ekanligiga shubha 
qilsinlar. Terrorizmning namoyon bo‘lishiga va uning ijtimoiy asosiga barham berish-bugungi 
kunning  eng  dolzarb  muammosidir.  Faqat  shugina  ayrim  olingan  har  bir  davlatning, 
mintaqaning va umumiy xavfsizlikning milliy xavfsizligini ta'minlay oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi dunyoda birinchilardan bo‘lib, xalqaro terrorizmning milliy va 
xalqaro  xavfsizlik  uchun  xatarli  tahdid  ekanligini  anglab,  mo‘tabar  xalqaro  tashkilotlarning, 
birinchi  navbatda  Birlashgan  millatlar  tashkilotining  tribunasidan  foydalanib  xalqaro 
hamjamiyatning diqqat-e'tiborini bu umumiy muammoga qaratdi
451

 
                                                 
451
 Каримов И.А. Ѝзбекистон Президентининг Бирлашга миллатлар ташкилотининг 1993 йил 28 
сентябрдаги 48-нчи сессиясида сѝзлаган нутқи. Т., «Ѝзбекистон», 1993. Каримов И.А. Миллий 
хавфсизликдан умумий хавфсизлик сари. Бирлашган Миллатлар ташкилоти Бош Ассамблеясининг 50-
йиллик юбилейи муносабати билан 1995 йилнинг 24 сентябридаги тантанали мажлисида сѝзлаган нутқи// 
Иқтисод ва статистика, 1995, №10  



Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish