Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
5-§. Oziq-ovqat muammosi 
 
Oziq-ovqat muammosi  hozirgi  paytda  o‘ta  dolzarb  bo‘lib  turibdi:  och qolayotganlar  soni 
1970  yilda  460  million  bo‘lgan  bo‘lsa,  1990  yilda  550  millionga  yetdi.  2000  yilga  bu 
ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%). 
Hisoblarga qaraganda me'yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov 
beriladigan yer to‘g‘ri kelishi lozim. Bu ko‘rsatkich esa hozirning o‘zidayoq me'yordan ikki 
baravar (2000 yilda u 2,5 baravar kam bo‘ldi, ya'ni 0,23 - 0,15ga, ya'ni to‘rt baravar kamaydi, 
shunda  ham  agar  ishlov  beriladigan  yerlar  soni  ilgarigi  miqdorda  qolsa).  Faqat  Osiyo  va 
Afrika mamlakatlarining o‘zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo‘lmoqda. 
Ochlik, garchi oziq-ovqat muammosining yaqqolroq namoyon etuvchi hodisa bo‘lsa ham, 
lekin  u  bu  muammoning  birdan-bir  ko‘rinishi  emas.  Muammoning  boshqa  tomoni  - 
rivojlangan mamalakatlardagi ortiqcha ovqat iste'mol qilishdir. 
Juda  ko‘plab  rivojlanayotgan  mamlakatlarning  aholisi  mutlaq  (oziq-ovqatning  umuman 
yetishmasligi)  yoki  nisbatan  (ovqatlanishning  ma'lum  bir  komponentlarining  -  oqsillari, 
vitaminlar,  minerallar,  yog‘lar,  uglevodlar  va  hakozo)  ochlikni  boshlaridan  kechirmoqdalar. 
Nisbiy  ochlikning  eng  keng  tarqalgan  shakllaridan  biri  -  oqsil  yetishmasligi.  Ko‘p  xalq  va 
elatlarning  past  bo‘yli  ekanligi  faqat  ularning  genetik  xususiyatlarigagina  bog‘liq  bo‘lmay, 
balki oziq-ovqat oqsilining yetishmasligi oqibatidir. Ayni paytda Harbiy yevropa va Shimoliy 
Amerika  xalqlarining  ovqatlanishida  oqsillar  ratsionning  70%ni  tashkil  etadi,  biroq  u  yerda 
ishlov berilmagan sabzavotlar va mevalarning yetishmasligi yaqqol kuzatiladi. 
Shunday  qilib  oziq-ovqat  muammosini  hal  qilishda  insoniyatning  turli  qismlari  oldida 
turlicha vazifalar turadi: 
rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun - bu yetarli ovqatlanish imkoniyatlarini qidirib 
topish  (dehqonchilikdan  va  chorvachilikdan  olinadigan  mahsulotlarni  ko‘paytirish,  yovvoyi 
tabiat va okean resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat importi va hokazo); 
rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun - ovqatlanish tarkibini o‘zgartirish (oqsillar, yog‘lar 
va qandni kamaytirish va tabiiy mahsulotlarni ko‘paytirish). 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish