Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Asosiy falsafiy yo‘nalishlar



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   290
Bog'liq
falsafa

Asosiy falsafiy yo‘nalishlar 
Turli  falsafiy  yo‘nalishlarni  har  xil  asoslar:  yetakchi  falsafiy  muammolar  (ibtido 
muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik 
meros va bashqalarga munosabat bo‘yicha guruhlashtirish mumkin. 
Falsafiy  yo‘nalishlar  dunyo  ibtidosining  tabiati  to‘g‘risidagi  masalada  u  moddiy  yoki 
g‘oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm
ko‘pchilik  substansiyalardan  iborat  plyuralizm  deb  e'tirof  etiladiganlarga  bo‘linadi.  Falsafa 
tarixida  dualizmning  eng  mashhur  vakili  fransuz  faylasufi  R.Dekart  (1596-1650), 
plyuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits (1646-1716) bo‘lgan. 
Monizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm ruhiy 
ibtidoga  qadar  ham  va  unga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  mavjud  bo‘lgan  tabiat,  moddiy 
substansiya birlamchiligidan kelib chiqadi. Materializmning o‘zi turli xususiy tarixiy shakl va 
oqimlarga bo‘linadi: qadimgi, hamma narsa tabiiy «unsurlar»dan biri, ya'ni suv (Fales), havo 
(Anaksimen), olov (Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklarning 
qadimgi  hind  maktabi,  Empedokl),  suv,  havo,  olov,  tuproq  va  metallga  (qadimgi  xitoy 
falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi oddiy materializm; Yangi davr metafizik materializmi 
(Gobbs,  Lokk);  antropologik  materializm  (L.  Feyerbax,  N.  Chernishevskiy);  dialektik 
materializm  (K.  Marks,  F.  Engels);  ilmiy  materializm  (G.  Feygl,  J.  Smart);  emerjentistik 
materializm (J. Margolis, M.Bunge) va hokazolar. Izchil materializm (materialistik monizm), 
materializmning  u  yoki  bu  shaklda  ilohiy  turtki  –  deizm  yoki  tabiat  bilan  olloh  aynan  bir  – 
panteizm degan g‘oyani ilgari suruvchi shakllar to‘g‘risida ham gapirish mumkin. 


Idealizm  ruh  va  ong  birlamchiligidan,  shaxsiy  ong  (sub'ektiv  idealizm)  yoki  shaxsdan 
tashqari  ruhning  mutlaq  g‘oyaligi  (ob'ektiv  idealizm)dan  kelib  chiqadi.  Xitoy  faylasufi  Van 
Yan-Min  (1472-1528),  ingliz  yepiskopi  D.  Berkli  (1685-1753),  «esse-percipl»  (lat.mavjud 
bo‘lmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte (1762-1814) 
sub'ektiv  idealizmning  yirik  namoyandalari  edilar.  Empiriokrititsizm,  neopozitivizm, 
neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar sub'ektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. 
Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va vedantizm, yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347 
yillar),  xitoy  faylasufi  Chju  Si  (1130-1200),  nemis  faylasuflari  Shelling  (1775-1854),  Xegel 
(1770-1831), neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari ob'ektiv idealizmga mansubdir. 
Agar  dunyoni  bilish  mumkinligi  to‘g‘risidagi  masalani  oladigan  bo‘lsak,  undagi 
faylasuflar  haqiqiy  bilimga  erishish  mumkinligini  e'tirof  etuvchi  va  uni  inkor  qiluvchilarga 
bo‘linadi.  Uni  inkor  qiluvchilar  yo‘nalishi  agnostitsizm  degan  nom  oldi  va  D.Yum  (1711-
1776)  hamda  I.Kant(1724-1804)  bu  yo‘nalishning  taniqli  vakillaridir.  Agnostitsizm 
elementlari  hozirgi  tizimlar  (neopozitivizm,  kritik  realizm)da  ham  uchraydi.  Haqiqatga 
erishish mumkinligini e'tirof etuvchilar orasida bilish (sensualizm), idrok (ratsionalizm), diniy 
vahiy  yoki  so‘fiy  his  qilish  (irratsionalizm)  kabi  yo‘nalishlarni  ham  ajratish  mumkin. 
Sensualizm va ratsionalizmning ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud. 
Falsafiy yo‘nalishlarni bilish usullariga ko‘ra, empirizmratsionalizm va irratsionalizmga 
bo‘lish mumkin.  
Dialektika  (tafakkur  metodini  narsa  va  hodisalarni  o‘zaro  bog‘liqlikda  va  rivojlanishda 
deb  qarovchi)yoki  metafizika  (tafakkur  metodini  narsa  va  hodisalar  umumiy  bog‘liqlikdan 
tashqarida, o‘z-o‘zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi deb qarovchi) mavqyeiga ega faylasuflar 
ham farqlanadi. 
Falsafiy  yo‘nalishlar  asosiy  mavzusi  bo‘yicha  nisbatan  tor  ixtisoslashishga,  masalan, 
gnoseologiya,  antropologiya,  aksiologiya,  ontologiya  muammolari  kabilarga  mo‘ljallangan 
oqim  va  maktablarga  bo‘linadi.  Masalan,  «lingvistik  falsafa»  tabiiy  tilni  tahlil  qilishga 
(J.Ostin,  J.Uizdom,  P.Stroson),  «texnika  falsafasi»  hozirgi  dunyodagi  texnika  fenomeniga 
(A.Xuning,  F.Rapp),  «istorisizm»  maktabi  esa  (V.  Diltey,  R.  Kollingvud)  tarixiy  bilim 
muammolariga yo‘naltirilgan va hokazolar. 
Falsafiy yo‘nalishlar klassik merosga munosabat bo‘yicha ilgarigi klassik tizim g‘oyalarini 
tiklab,  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  neoklassik  oqim  (neokantchilik,  neotomizm, 
neoxegelchilik  va  boshqalar),  ularni  to‘liq  qaytadan  ko‘rib  chiqish  va  ularni  rad  etishga 
asoslangan  antiklassik  oqim  (pozitivizm,  nitssheanchilik,  tasavvuf)  va  tanqidni  sintezlash  va 
klassik  meros  an'analarini  davom    ettirishga  yo‘naltirilgan  neoklassik  oqim  (marksizm, 
ekzistensializm va boshqalar)ga bo‘linadi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish