vaziyatda umuminsoniy qadriyatlar tizimiga yoki alohida olingan katta ijtimoiy jamoalarning
qadriyatlariga qarama-qarshi bo‘lgan alohida g‘oyalar va qarashlar tizimi shakllanishi
mumkin.
Tarixda terrorizm dunyoviy va diniy sohalarda ham siyosiy kurashning eng keskin vositasi
sifatida yetarli darajada keng qo‘llanildi. Ayniqsa terrorizm ko‘proq darajada jamiyatning bir
holatdan ikkinchisiga o‘tish davrida, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik sharoitida
qo‘llanilgan va qo‘llanilmoqda.
Hozirgi zamon terrorizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri alohida amaliyotdan
ommaviy, jamoaviy tarzdagi oldindan yaxshi rejalashtirilgan va tashkil etilgan saviyaga
o‘tishdir. Terror endi ayrim olingan mutaassib bir kishining ishi bo‘lmay qoldi. Hozirgi
vaqtda u bilan keng tarmoq otgan, katta moliyaviy, insoniy, texnik zahiralarga ega bo‘lgan
qudratli tashkilotlar shug‘ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas.
Bu yerda XX asrning 90-yillaridan boshlab «Xizb-ut-tahrir», «Islom ozodlik partiyasi»,
«O‘zbekiston islomiy harakati», «Tojikistonning islomiy uyg‘onish harakati» (90-yillargacha
ham) kabi terroristik tashkilotlar va boshqalar faol ish olib bormoqdalar. O‘zlarining maqsadi
sifatida ular mintaqada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni ag‘darib tashlab, diniy davlatni barpo
qilish ekanligini e'lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al-Qoida» kabi terroristik
tashkilotlar bilan bevosita aloqa bog‘lagandirlar. Ularning faoliyati tashqi kuchlarning
yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalarga asoslandir. Ularning sa'y-xarakatlari
tufayli bir qator terroristik aktlar ro‘y berdiki, ularning natijasida ko‘plab qurbonlar, moddiy
zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi kuzatiladi.
Terrorizm bilan kurashning dunyoda to‘plangan tajribasi shuni ko‘rstadiki, yangi
terroristik harakatlarning oldini olish maqsadida shunga e'tibor qaratish juda muhimki,
bunday harakatlar yo‘li bilan davlatni ular ko‘zlagan maqsadlar sari amal qilishga majbur
qilishga terroristlarda hyech qanday umid qoldirmaslik lozim. Terrorsitlarni o‘z
qilmishlarining be'mani va behuda ekanligini o‘ylab ko‘rishga majbur qilish lozimki, toki ular
o‘z talablarini tanqidiy ravishda o‘ylab ko‘rsinlar va xalqaro terrorizm jabhasida olib
borilayotgan kurashda ekstremistik yo‘lning hujumkorlik mohiyatini to‘g‘ri
ekanligiga shubha
qilsinlar. Terrorizmning namoyon bo‘lishiga va uning ijtimoiy asosiga barham berish-bugungi
kunning eng dolzarb muammosidir. Faqat shugina ayrim olingan har bir davlatning,
mintaqaning va umumiy xavfsizlikning milliy xavfsizligini ta'minlay oladi.
O‘zbekiston Respublikasi dunyoda birinchilardan bo‘lib, xalqaro terrorizmning milliy va
xalqaro xavfsizlik uchun xatarli tahdid ekanligini anglab, mo‘tabar xalqaro tashkilotlarning,
birinchi navbatda Birlashgan millatlar tashkilotining tribunasidan foydalanib xalqaro
hamjamiyatning diqqat-e'tiborini
bu umumiy muammoga qaratdi
451
.
451
Каримов И.А. Ѝзбекистон Президентининг Бирлашга миллатлар ташкилотининг 1993 йил 28
сентябрдаги 48-нчи сессиясида сѝзлаган нутқи. Т., «Ѝзбекистон», 1993. Каримов И.А. Миллий
хавфсизликдан умумий хавфсизлик сари. Бирлашган Миллатлар ташкилоти Бош Ассамблеясининг 50-
йиллик юбилейи муносабати билан 1995 йилнинг 24 сентябридаги тантанали мажлисида сѝзлаган нутқи//
Иқтисод
ва статистика, 1995, №10