davlat hokimiyatining aniq, u yoki bu harakatlariga qarshi ijtimoiy-siyosiy norozilik asosida
shakllanadi.
Siyosiy terrorizm – siyosiy tizimning yo‘nalishini o‘zgartirishga har qanaqa terroristik
harakatdir. Bunda siyosiy terrorizmning haqiqiy ko‘rinishlari davlat rahbarlarining o‘ldirilishi
hisoblanadi: Djon Kennedi (1963 yil), Anvar Sadat (1981 yil), Indira Gandi (1984 yil), Radjiv
Gandi (1986 yil) va h.
Ijtimoiy terrorizm. Ijtimoiy terrorizm chuqur ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar asosida
shakllanadi. U 2 asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: chap (so‘l) terrorizm («revolyusion»,
«qizil») va o‘ng (reaksion, konservativ) terrorizm (kontrrevolyusion, fashistik oqim, «qora»
yoki «jigar rang»). Chap terroristlar ultrarevolyusion nazariyaga asoslanadilar (anarxizm,
trotskizm, maoizm va h.) va odatda hukmron tuzum bilan bog‘liq shaxslarni, ya'ni yirik davlat
arboblari, qurolli va huquq-tartibot tashkilotlarining hamda davlat havfsizligining hukmron
partiyalarining xizmatchilari va hokazolarni o‘zlariga yo‘qotishni asosiy maqsad qilib
qo‘yadilar. Chap oqimning tipik ko‘rinishi»: chor Rossiyasining eser va anarxistlari, «Qizil
brigada» (Italiya), Lotin Amerikadagi bir qator harakatlar («Sendero luminoso» va h.). O‘ng
terrorizm odatda hukmron tuzumning radikal himoya usullari bilan, yach'ni o‘ng, liberal,
demokratik ruhda bo‘lgan siyosiy arboblarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. O‘ng oqimning tipik
ko‘rinishi: chor Rossiyasining qoraguruhchilari, neofashistlar, AQShdagi Ku-Kluks-Klan,
Lotin Amerikadagi «o‘lim eskadroni» va h.
Etnik terrorizm. Etnik terrorizm radikal guruhlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, etnik
mayda millatlar vakillaridan iborat. U o‘ziga xos muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib,
bir necha shaklda namoyon bo‘ladi:
Etnoseparatistik terrorizm – avtonomiyani kengayishiga, suverenitetni himoya qilishga
yoki etnik mayda millatlar istiqomat qiluvchi hududlarga to‘la mustaqillikni berishga
kurashayotgan guruhlar tomonidan amalga oshirilladi. Bularga: ETA (bask terroristik
tashkiloti), IRA (Irlandiya respublika armiyasi), KMOF (Korsikaning milliy ozodlik fronti),
AMAA (Armanistonnning maxfiy arman armiyasi), ShTMRF (Sharqiy Turkistonning milliy-
revolyusion fronti), KIP (Kurd ishchi partiyasi) va h.
Milliy-ozodlik terrorizmi – bosib olingan va kolonial davlatlar xalqlarining agressor va
metropoliya davlatlari namoyondalariga qarshi amalga oshiriladi. U davlat suverenitetini
tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Terroristlarning asosiy nishonlari yuqori
pog‘onadagi amaldorlar va zobitlar (ofitserlar) hisoblanadi. Masalan, SSSR partizan va
maxfiy tashkilot a'zolarining terroristik aktlari va II jahon urushi davridagi yevropaning
fashistlarga qarshi olib borilgan terroristik aktlari (R.Geydrixning Chexiyada, gaulyaytor
Kubening Ukrainada va gaulyaytor Koxaning Belorussiyada o‘ldirilishi va h.), Aljir,
Hindixitoy davlatlarida antikolonial kurash va h.
Do'stlaringiz bilan baham: