Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,69 Mb.
bet133/233
Sana12.08.2021
Hajmi1,69 Mb.
#146272
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   233
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

Tushuncha predmetning muhim umumiy, zarur aloqalarini va xossalarini aks ettiradi. Inson tafakkur yordamida yagona narsalardan umumiy va muhim tomonlarini ajratib olishi mumkin. Tushunchalarda aks etadigan mohiyatni (umumiyni, zaruriyni va muhimni) bilish asosida kuzatiladigan sohadagi voqyealarning xususiyatini tushunish mumkin.

Tushunchalar, voqyelik hodisalari singari, doimiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Tushunchalar o‘zlari aks ettirgan ob'ektlarning o‘zi bitmas-tuganmasligi hamda doimiy rivojlanish va o‘zgarishda bo‘lganligi uchungina emas, balki ijtimoiy-tarixiy faoliyat rivojlanganligi uchun ham o‘zgaradi, shu faoliyat asosida tushunchalar paydo bo‘ladi. Voqyelikning harakatini faqat rivojlanayotgan tushunchalardagina ifodalash mumkin. Dialektikada tushunchalarning o‘zgaruvchanligi ularning barqarorligi bilan uyg‘unlashadi. Bularning hammasi o‘zaro bog‘liq tomonlar bo‘lib, bularsiz ilmiy tushuncha yo‘q. Fanning rivojlanishi ko‘rsatadiki, eski tushunchalarning yemirilishi va yangilarining paydo bo‘lishi yagona jarayondir: eski tushunchalar o‘ziga xos relyativizatsiyaga, nisbiylashuvga uchraydi va yangi tushunchalar jihatlariga aylanadi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, eski tushunchalar imorat qurilayotgan maydonda yordamchi havoza yog‘ochlar rolini o‘ynaydi: ular imoratlarning arxitekturasiga kirmaydi, va tayyor bino bu havozalardan bo‘shatilishi kerak bo‘ladi. Albatta, yangi tushunchalar qandaydir ma'noda eski tushunchalarning rivojlanishi bo‘ladi, yangilarni eskilarning davomchilari deb bilish mumkin. Yangi nazariya odatda eski g‘oyalar va tushunchalarning yangi faktlarga oddiy moslashuviga qaraganda ancha ko‘p narsani o‘z ichiga oladi, demak yangi nazariyani to‘la tushunish uchun undagi haqiqatda bor bo‘lgan yangi g‘oyalarga asoslanish, eski boshlang‘ich g‘oyalarga faqat tarixiy nuqtai nazardan qarash zarur. Bu yangi nazariyada bo‘lgan yangi g‘oyalarni ajrata bilish nazariya taraqqiyotining muhim bosqichidir.



Ilmiy tushunchalar yangi nazariya doirasida sharhlanganda ham yangi ma'no va mazmunga ega bo‘ladi. Masalan, nazariya yaratuvchi olim istasa-istamasa uning dastlabki tushunchalaridan foydalanishga, demak, ularni tegishli tarzda talqin qilishga majbur. Shu bilan birga, fan tarixi guvohlik berganidek, ilmiy nazariyaning asos soluvchi g‘oyalari nazariya yaratish vaqtida kamdan-kam to‘g‘ri talqin qilinadi. Ko‘pincha ularning dastlabki talqini noaniq va hatto noto‘g‘ri bo‘ladi, lekin ayni vaqtda u nazariyani ishlab chiqishdagi dastlabki qadam sifatida tarixan muqarrardir. U ilmiy nazariyaning qurilish havoza materiallari elementidir.

Har qanday nazariya, bu - tushunchalar tizimidir. Tushunchalar tizimida turli tuman aloqalar va bog‘likliklar mavjud bo‘lib, ular orasida barqaror invariantlar ajralib turadi. Tushunchalar orasidagi bu barqaror o‘zaro aloqalarda fan qonunlari ifodalanadi, bular esa tushunchalarning o‘zi bilan bir qatorda bilimlarni ifodalashning mustaqil va eng muhim formasidir.

Gipoteza, bu — haqiqiyligi aniqlanmagan ilmiy taxmin yoki farazdir. Gipoteza, bu – fanda o‘rtaga qo‘yilgan savolga javob berishga intilib, bildirilgan fikrlar tizimidir. Shu bilan birga bu fikrlar faktual emas balki nazariy xarakterga egadir. Fanda ko‘pincha shunday savollar paydo bo‘ladiki ularga javoblar faktlar to‘g‘risidagi fikrlar shaklida olinishi mumkin va ular eksperimental ma'lumotlar deb ataladi. Gipotezani ilgari surish boshqa bir bilish vaziyati bilan bog‘liq. Gipoteza shuning uchun zarurki, fikr bizning sezgi organlarimizning «ko‘rish maydoni» tugagan joyga kirib borishning birdan bir vositasidir. Gipoteza esa u yerda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani tasavvur qilishning birdan bir usulidir.

Gipoteza, bu – farazdir. Faraz to‘g‘ri va yanglish bo‘lishi mumkin. Gipoteza asoslash mexanizmi nuqtai nazaridan ham farazdir: faraz induktiv tarzda (faktlardan) ham, deduktiv tarzda ham chiqarilmaydi. Gipoteza, shunday qilib, alohida gnoseologik fenomendir. Aslida, har qanday tadqiqot, birinchi navbatda, fan oldiga qo‘yiladigan problemalarni hal etishdir. Bu problemalarni gipotezalarsiz hal etib bo‘lmaydi, zero ular tegishli faktlarni sinash uchun muayyan nazariy tizim asosida taxminiy izohlashga urinadi. Shuning uchun aytish mumkinki, umuman fandagi tadqiqot jarayoni gipotezalarni ilgari surish, baholash, tanlash, ishlab chiqarish va asoslashdan iborat.

Bu umumiy tadqiqot jarayonida gipotezalar ishlab chiqish, baholash va saralash bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi izlash bosqichi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. U butun tadqiqotning eng muhim va ijodiy qismidir. Gipotezalarni asoslash, tekshirish va tasdiqlash bosqichi ko‘pincha gipotezalardan mantiqiy xulosalar chiqarishdan hamda ularni mavjud empirik faktlar va ma'lumotlar bilan taqqoslashdan iborat bo‘ladi. Tekshirish imkoniyati nazariyaning tajriba bilan taqqoslana olish imkoniyatidir, ya'ni gipoteza hodisalarning bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ayrim asoslari to‘g‘risidagi tahmindir va undan chiqarilgan natijalarni tajriba bilan taqqoslash yo‘li bilangina tekshirib ko‘rilishi mumkin. Ayrim hollarda masalan, mavjud o‘lchov vositalarining yetarlicha aniq bo‘lmasligi yoki tekshiruv eksperimenti o‘tkazish uchun zarur sharoit yo‘qligi sababli aktual tekshirish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Biroq loaqal tekshirishning prinsipial imkoniyati albatta bo‘lmog‘i kerak.

Gipoteza qilish qobiliyati inson tafakkurining ijodiy kuchidan dalolat beradi. Biroq har qanday faraz yoki oddiy gumon, ilmiy gipoteza bo‘la olmaydi, chunki bema'ni, jiddiy asosi bo‘lmagan fantastik tahminlar ham bo‘lishi mumkin. Tahmin ilmiy gipoteza bo‘lishi uchun bir qator shartlarni qondirishi: ilmiy dunyoqarash prinsiplariga asoslanishi; fan aniqlagan qonunlarni hisobga olishi, ya'ni e'tirof etilgan ilmiy nazariyalarga mos kelishi; muayyan sohada mavjud bo‘lgan faktlarga tayanishi, ularni izohlab berishi va yangi faktlarni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ilmiy gipoteza oldiga qo‘yilgan muhim talab uni amaliy, eksperimental va umumiy empirik tekshirib ko‘rish mumkin bo‘lishligidir. Gipoteza yagona prinsipga asoslangan holda barcha aniqlangan faktlarni qo‘shimcha tahminlarsiz izohlashga layoqatli bo‘lishi kerak. Bu talab dunyoning birligi to‘g‘risidagi dialektik prinsipga muvofiq keladi.

Gipoteza praktikada tasdiqlangach, u ishonchli nazariyaga aylanadi. Lekin nazariya, bu - faqat ishonchli bilimgina emas, balki ob'ektiv qonunlarni bilishdir.

Faktlarni aniq bilishdan, hodisalarni, empirik tasvirlashdan farqli o‘laroq, nazariya mavjud faktlarni tushuntirish funksiyasini bajaradi. Nazariya shunday izoh beradiki, bunga ko‘ra mavjud faktlarni muayyan soha qonunlari va boshqa muhim aloqalarining mantiqan zarur oqibati deb tushunish, ya'ni hodisa va voqyealarni tasodif deb emas, balki ob'ektiv, zarur va qonuniyatli munosabatlarning namoyon bo‘lish formasi deb tushunish mumkin bo‘ladi. Ilmiy nazariya nisbatan birbutun konseptual tizim sifatida ko‘rinadi. Nazariya doirasida fan tushunchalari va qonunlarining tabiati ham ochiq-oydin ko‘rinadi.

Har bir ilmiy nazariya avval-boshdanoq turli ob'ektlar yoki vaziyatlarni ideallashtirib tuziladi. Nazariya tuzilishining o‘zi real voqyelikni muayyan tarzda soddalashtirishni ko‘zlaydi. Ideallashtiruvchi, soddalashtiruvchi sharoitlarni yo‘q qilib borish, bu – bizni dunyoni to‘la aks ettirishga yaqinlashtiradigan, ammo hyech qachon bunga erisha olmaydigan cheksiz jarayondir. Ob'ektiv, absolyut va nisbiy haqiqatlar dialektikasi nazariy bilimga xosdir. Ilmiy nazariyani ideal ob'ektlarning murakkab tizimi deb tasavvur qilish mumkin, chunki bu tizim tegishli voqyelik fragmentining o‘ziga xos modelidir. «Har qanday model singari matematik model ham, - deb yozadi akademik N. N. Moiseev, - u yoki bu jarayon yoki hodisa haqida tasavvur beradi. Modellarni tadqiq etish, tahlil qilish bizni ular haqida praktika uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlar bilan ta'minlaydi»323.

Ilmiy nazariya sistemalashtirilgan xarakterga ega bo‘lib, konseptual tizimni ifodalaydi. Uning boshlang‘ich elementlari muayyan tushunchalar, ular o‘rtasidagi nisbatlar va konstantalardir. Fan qonunlari bu tushunchalar tizimlarini birbutun holga keltiradi va tartibga soladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, fan qonunlari tegishli nazariy tizimlar tuzilmasini aks ettiradi. Shunga muvofiq, nazariya, bir tomondan, o‘z predmetiga tegishli qonunlar (agar ular kashf etilgan bo‘lsa) asosida yaratiladi, ikkinchi tomondan, yangi qonunlar kashf etilishiga olib boruvchi tadqiqotlarga yo‘llanma beradi.

Nazariya nafaqat bilimlar yig‘indisi, balki bilimlar tuzilishining, nazariy bilimni boyitishning muayyan mexanizmini o‘z ichiga oladi; ayrim tadqiqot dasturini gavdalantiradi, bu esa nazariyaga yagona bilim tizimi sifatida birbutunlik baxsh etadi. «Nazariyaga kelganda, - deb ta'kidlaydi Lui de Broyl, - uning vazifasi olingan natijalarni tasniflash va sintezlashdan, ularni oqilona tizimga solishdan iboratki, bu ma'lum narsani talqin qilishgagina emas, balki hali ma'lum bo‘lmagan narsani imkon qadar oldindan ko‘rishga ham imkon beradi»324.

Biz yuqorida aytganimizdek, fan hodisalarni izohlaydi, ularning mohiyatini ochib beradi va, demak, ularni tushunarli qiladi. Izohlash – hodisalar mohiyatini tushuntirish, ya'ni nima uchun hodisa shundayku, boshqacha emas degan savolga javob berishdir. Fanda izohlashning turli xillari: sababli, oqibatli (funksional), tuzilmaviy va boshqa xil izohlar ma'lum, bular mohiyatni ochish yo‘lidagi bosqichlardir, uning ayrim tomonlarini ochib beradi. Ob'ektning muhim xossalarini ochish – bu uning tuzilishi va funksiyasi muayyan qonunlarga bo‘ysunishini ko‘rsatishdir.

Nazariyaning boshqa bir muhim funksiyasi – oldindan aytish, bashorat qilish – uning izohlovchi funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. U yoki bu qonunni aniqlash ko‘pincha cheklangan – ham empirik, ham nazariy – bazisga asoslanadi. Uzuq-yuluq, chala-chulpa ma'lumotlarga tayanib narsalarning mohiyatiga kira olishda ham ilmiy faraz kuchi namoyon bo‘ladi. Shunga muvofiq ayrim o‘zaro aloqalarni aniqlash bu qonunni kashf etish uchun imkoniyat ochib beradi. Yangi kimyoviy elementlarni, Neptun planetasini, ko‘pdan-ko‘p elementar zarralar va ularning xossalarini oldindan aytish va fanning boshqa ko‘pgina kashfiyotlari nazariyaning oldindan aytuvchilik funksiyasining ulkan ahamiyatini xarakterlab beradi.

Qurshab turgan dunyo empirik bilishda ayrim faktlarning, fragmentlarning majmui sifatida ko‘rina boshlaydi. Ayni bir jarayon ko‘pincha o‘z rivojining turli bosqichlarida turli empirik qonunlar bilan tasvirlanadi. Ayni bir jarayonni izohlovchi tarqoq empirik qonunlarni unifikatsiya qilish uchun ularni avvaliga faraz va gipoteza shaklida ko‘ringan abstrakt nazariy qoidalar bilan bog‘lamoq zarur. Fanning keyingi rivoji aniqlangan empirik qonuniyatlarni izohlashga, fundamental prinsiplar tizimini aniqlashga ehtiyojni tug‘diradi, bular voqyelikning tekshirilayotgan sohasidagi hodisalarning barcha kuzatilayotgan turli-tumanligini yagona nuqtai nazardan izohlashga va mavjud bilimni ham, yangidan egallanadigan bilimni ham yagona tizilmaga birlashtirishga imkon beradi. Bu maxsus tushunchalar, nazariy konstruktlar, ideallashtirilgan ob'ektlarni ishlab chiqishni talab qiladi.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish